7-mavzu. Yangi davrning tarixiy atamalari
Reja:
Yangi davrda vujudga kelgan siyosiy atamalar.
Iqtisodiy mavzuga oid atamalar.
Diplomatik mavzuga oid atamalar.
Ushbu davrning atamalarini tahlil qilib, shuni kuzatish mumkinki, ularning ko'pi yangi va eng yangi davrda paydo bo'lgan. Ularning ko'pchiligiga lotin, arab va yunon, shuningdek, g’arb va SHarq tillaridan o'zlashgan atamalardir.
Xalqaro atamalarni tarixiy atama sifatida kirib kelishiga xalqaro maydonda faol ishtirok etayotgan davlatlarning o'rni bilan baholash to'tri bo'lardi. Bu kabi atamalarga ingliz, golland, frantsuz, nemis, ital’yan tilidan kirib kelgan atamalarni kiritishimiz mumkin. Agar o'rta asrlarda ma'lum bir atama aniq ma'noni anglatgan bo'lsa,yangi va eng yangi davrga kelib ular kengrok ma'nodagi aniq tavsiflovchi xususiyatiga ega bo'ldi.
Hozirda qo'llanilayotgan atamalarning rivoji XIX va ayniksa, XX asrda davlatlar va xalqlarning siyosiy rivojlanishi bilan uzviy bog’liqdir Jamiyatning rivoji, masalan, urush va tinchlik muammolari, ilmiy—texnika inqilobi, ishlab chiqarishning jadal rivoji, kommunikatsiyalar, ruhiy dunyoning milliy jixatlarining rivoji, milliy uzligini tanish mamlakatlar va xalqlarning yaqinlashish elementlari bilan uygunlashgan holda ko'pgina tarixiy jarayonlarni uygunlashtirdi. Xuddi shu davrda ko'plab xalqlar umumbashariy muammolar — kolonializmlar, jahon urushlari va turli irhiy kamsitishlarga duch keldi. Totalitar, shovinistik, ekstremistik aqidalarga qarshi kurashni ifodalovchi atamalar ham aynan shu davrda paydo bo'ldi.
Xalqaro atamalarni tartibga keltirish va uni aniqlash ishlari ko'pgina mamlakatlar (AQSH, Frantsiya, Angliya)da olib boriladi. Turli xalqaro tashkilotlar (YUNESKO, Standartlashtirish bo'yicha xalqaro tashkilot, Xalqaro elektrotexnika komissiyasi va xokazo) turli tillardan olingan atamalarni muvofiklashtiradi.
Siyosiy mavzudagi tarixiy atamalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |