Fanidan ma'ruzalar matni


Download 127.98 Kb.
bet55/71
Sana06.02.2023
Hajmi127.98 Kb.
#1170861
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   71
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Parij Kommunasi — 1871 yilning 18 martida Parijda Uchinchi respublika xukumatiga qarshi xalq inqilobi. Bunga bonapartchilar rejimi va 1870—71 yillardagi frantsuz—pruss urushida Frantsiyaning mag’lubiyati sabab bo'ldi. 28 martda e'lon qilingan Kommuna 28 mayga qadar yashagan.
Konfederatsiya (lot. confederatio — ittifoq, birlashma) — Davlat boshqaruv shakli bo'lib, konfederatsiyaga kirgan davlatlar o'z mustaqilligi, davlat boshqaruv organlarini saqlab qoladi. Konfederatsiyaga faqat ma'lum maqsadlar uchun birlashiladi (ya'ni harbiy, tashqi siyosat va xokazo). SHveytsariya tarixiy konfederatsiya shakliga misol bo'la oladi.
Federatsiya (so'nggi lot. Foederatio dan — ittifoq, birlashma) —davlat tuzilish formasi bo'lib, unda huquqiy jihatdan muayyan siyosiy mustaqillikka ega bo'lgan bir necha davlat tuzilishlari bitta ittifoq davlatini tashkil etadi. Federatsiya hududi federatsiyaga kirgan davlatlar hududidan tashkil topgan. Bu davlat tuzilishining xar biri o'z konstitutsiyasini qabul qilish huquqiga ega. Federatsiya bilan unga kirgan shtatlar, respublikalar, kantonlar o'rtasidagi vakolat yagona konstitutsiya bilan chegaralanib qo'yiladi. Federatsiyaning ittifoq birliklari o'zlarining huquqiy va sud sistemalariga egadir. Ko'pgina federatsiyada bir vaqtning o'zida yagona ittifoq grajdanligi va ittifoqdosh birliklar grajdanligi ham mavjuddir. Burjua federatsiya milliy — hududiy birlikni kat'iy hisobga olmagan holda tuziladi. Burjua federatsiyasi odatda bir necha davlat tuzilishining ittifoqi sifatida vujudga keladi (AQSH, GFR, Avstriya va xokazo).
Totalitarizm (lot. Totalis — butun, hammasi, to'la) — davlat boshqaruvining shakllaridan biri bo'lib, jamiyat hayotining barcha sohalari ustidan to'la davlat nazoratini o'rnatilganligi bilan xarakterlanadi. XX asrning 20— yillarida Germaniya va Italiya fashizmning rasmiy mafkurasiga aylandi.
Emigratsiya (lot. Emigrage dan olingan boshqa erga ko'chish) — iqtisodiy, siyosiy va boshqa sabablar bilan o'z vatanidan majburan yoki ixtiyoriy suratda boshqa mamlakatga ko'chib ketish. Hozirgi zamon kapitalistik jamiyatida emigratsiyaga asosan ishsizlik, (Masalan, 1978 yillarda G’arbiy Yevropa mamlakatlarida 12 millionga yaqin chet zllik ishchi bor edi.) iqtisodiy qiyinchiliklarni, milliy kamsitishlar, siyosiy ta'qiblar sabab bulmokda.
Brifing (ingl brifing) — aynan matbuot vakillarining instruktaji, qisqacha kengashi bo'lib, unda bu ish uchun maxsus vakil qilingan shaxslar muayyan masala bo'yicha xukumatning pozitsiyasini bayon qilib beradi yoki xalqaro munozaralarda, yigilishlarda, konferentsiyalarda ishtirok etayotgan tomonlarning bu anjumanlarining borishi to'g’risidagi, ularning qarashlarini bayon qilib beruvchi axborot va x.okazo.

Download 127.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling