Fanidan ma'ruzalar matni
Download 127.98 Kb.
|
13. Tarixiy atama maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Depressiya
- Standardtlashtirish
- Embargo
- Protektsionizm
SHop-styuardlar — Angliyadagi fabrikalarda tsex etakchilari, korxonalarda ishchilar tomonidan saylanadigan vakillar. Turmush darajasini yuksaltirish uchun ommaviy ishchilar harakatining tashkilotchilari. SHop-styuardlarning xarakatlari tred— yunionlarnikidan ko'ra keskinroq edi.
Depressiya (lot. Depiessio - tushkunlik) - ortiqcha ishlab chiqarish inkirozidan so'ng ro'y beradigan iqtisodiy turgunlik, tovarlarga talab kamligi, ommaviy ishsizlik bilan tavsiflanadigan davr. Konsortsium (lot. Consortium — qatnashuv, uyushma) — bir necha bank yoki sanoat kompaniyalarining karzni birgalikda joylashtirish yoki umumiy qimmat turuvchi loyixani birgalikda amalga oshirish maqsadida vaqtinchalik kelishuv. Standardtlashtirish — xom—ashyo, ishlab chiqarish jarayonlarini, tayyor maxsulotlar va xokazolarga nisbatan davlat miqyosida yagona, qat'iy belgilangan me'yor va talablarni o'rnatish. Protektsionizm siyosati (lot. Protectio — himoya, yashirish) - ichki bozorni chet elliklardan eksportni oshirish va importni cheklash, katta bojxona soliqlarini belgilash va boshqa qator choralar vositasida himoya qilish siyosati. Embargo (isp, embargo - xibsga olish) - biror mamlakatdan maxsulotlar, valyuta olib chiqib ketishni yoki biror mamlakatga maxsulotlar, valyuta olib kirishni ta'qiqlab qo'yish, shuningdek, ajnabiy davlatga tegishli bo'lgan kemalar, yuklar va boshqa mulklarni ushlab turish. Urush vaqtida embargodan dushman davlatlarga qarshi iqtisodiy sanktsiya uchun foydalaniladi. Tinchlik vaqtida davlatlar turli mamlakatlarga iqtisodiy va moliyaviy tazyiq o'tqazish uchun embargodan foydalanadilar. Protektsionizm (fr. protectionnisme, lot. protectio dan — himoya, homiylik) - davlatning milliy xo'jalikni chet el raqobatidan muxofaza qilish yo'li bilan uni rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiy tadbirlar sistemasi. Bunga, masalan, chet el maxsulotlariga katta boj solish, o'z mamlakatining sanoatiga subsidiyalar berish va xokazolar kiradi. Mamlakatga keltiriladigan maxgulotlarga katta boj solib, burjua mamlakatlari ichkarisida monopol—yuqori baholarni saqlab qolishga va chet elga jahon bozoriga qaraganda ancha past baholarda mahsulot chiqarishga ko'maklashadi. Download 127.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling