Fanidan ma'ruzalar matni


Download 127.98 Kb.
bet64/71
Sana06.02.2023
Hajmi127.98 Kb.
#1170861
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

G’arbiy kommunizm — sovet davlatining fuqarolar urushi sharoitidagi ijtimoiy— iqtisodiy siyosatidir. Aholining boy qismi mol—mulkini olishni, yalpi mehnat majburiyati joriy etishni, yirik, o'rta va qisman kichik sanoatni tez sur'atlar bilan davlat ixtiyoriga o'tqazishni nazarda to'tardi. Tijorat ta'qiqlandi, qishloq xo'jalik maxsulotlarining ortiqcha qismini davlatga topshirish majburiyat qilib qo'yildi.
Natsionalizatsiya (lot. Natio — millat, xalq) — er, sanoat, transport aloqa, banklarni va xokazolarni xususiy mulkdan davlat mulkiga o'tishi. Natsionalizatsiya xarakteri mamlakatda mavjud bo'lgan ijtimoiy tuzum bilan belgilanadi. Kapitalistik natsionalizatsiya — natsionalizatsiya qilingan korxona, tarmok va xokazo burjua davlati mulkiga aylanadi. Kapitalizmning moxiyati buning natijasida o'zgarmaydi, chunki ekspluatatsiya kola beradi, burjua davlati esa, kapitalistlar majmui sifatida chiqaveradi Kapitalistik natsionalizatsiya monopolistik kapital manfaatlari yo'lida amalga oshiriladi, ko'pincha u monopolistik foydalarni ko'paytirish, iqtisodni militarizatsiyalash vositasiga aylanadi va hokazolar. Kapitalizm sharoitida odatda etarli darajada daromadli bo'lmagan yoki hatto zarar keltiradigan korxonalar, ishlab chiqarish tarmoklari natsionalizatsiya qilinadi. Korxona egalariga, odatda, kompensatsiya to'lanadi.
Integratsiya (lot. Integratio, integer dan — butun) — biror bir qism va elementlarni bir butunga birlashtirish, iqtisodda xo'jalik hayotini internatsionalizatsiyalashning oliy formasi bo'lib, bo'nga xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashtirish ob'ektiv ravishda sabab bo'ladi. U turli mamlakatlarning o'zaro yaqinlashuvida va ularning korxonalari, tarmoqlari va hatto milliy iqtisodning yagona xo'jalik organizmiga birlashuvida ifodalanadi, hamda bu protsessni tartibga solib turuvchi iqtisodiy siyosatdir.
Reparatsiya (lot, Reparatio — tiklash) — agressiya qilgan davlat tomonidan xujumga uchragan davlatga agressiya natijasida etkazilgan zararini qoplash uchun to'planadigan tovon. Reparatsiya miqdori tinchlik axdi yoki boshqa huquqiy aktlar bilan belgilanadi.

Download 127.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling