Repatriatsiya (lot. Repatriate — vatanga kaytish) — urush yoki emigratsiya natijasida o'z mamlakatidan tashqarida qolgan harbiy asirlarni va grajdan shaxslarni vataniga qaytarish.
Repressalii (lot. Reprehendere — to'xtatib turish, to'xtatish, tanbeh berish) — xalqaro munosabatlarda biror davlat tomonidan o'zining xuquqlarini boshqa davlat buzganligiga javoban, ana shu davlatni o'zi qabul qilgan tadbirlarni bekor qilishga majbur qilish maqsadida qilingan tadbir yoki harakat.
Ratifikatsiya (lot. Ratus — tasdiklangan va fasere dan qilmok) — ahdlashuvchi davlatlarning muxtor vakillari tomonidan tuzilgan xalqaro shartnoma yoki bitimning olib davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiklanishi. Ratifikatsiya shartnomaga yuridik kuch beradi.
Prolongatsiya (fr. Prolongation, lot, Prolongare — chuzish, uzaytirish) - biron shartnoma, bitimning amal qilish muddatini cho'zish.
Denonsatsiya (fr Denoncer — e'lon k,ilish, bekor kilmok) — denonsatsiya qilish — bir davlat tomonidan ikkinchi davlatga o'zlari o'rtasida tuzilgan shartnoma yoki bitimning bekor qilinganligi to'g’risida xabar qilish.
Iqtisodiy mavzudagi tarixiy atamalar.
Restitutsiya (lot. Restitutio - tiklash) (xalqaro xuquqda) - urushayotgan davlat tomonidan dushman hududidan g’ayri qonuniy ravishda bosib olingan va olib chiqib ketilgan mulkni kaytarib berish. Restitutsiya tartibi tinchlik axdi yoki boshqa xuquqiy aktlar bilan belgilanadi.
Kontsessiya (lot Concessio - yon berish) - Davlatga tegishli tabiiy boyliklar, korxonalar va boshk.a ob'ektlarni xorijiy davlatlarga, kompaniyalar va ayrim shaxslarga ma'lum muddatga foydalanishga berish.
Investitsiya - sarmoyaning biron-bir korxona, ishga uzoq muddatga joylashtirish.
Inflyatsiya — qog’oz pullarning qadrsizlanish va real tovar taklifiga nisbatan muomalada ularning ko'payib ketishi bilan bog’liq bo'lgan qobiliyatning pasayish jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |