Fanidan ma'ruzalar matni
Download 127.98 Kb.
|
13. Tarixiy atama maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aparteid
- Natsizm
- Tred—yunionlar
- Neokolonializm
Antisemintizm — millatchilikning semit xalqi yahudiylarga qarshi qaratilgan ko'rinishlaridan biri.
Koalitsiya (lot. Coalitio, coales care dan — birlashish) — davlatlar, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va boshqa tashkilotlarning umumiy siyosiy, harbiy, iqtisodiy maqsadlarga erishish uchun tuzgan uyushmasi, ittifoqi, bitimi. Ikkinchi jahon urushi jarayonida antigitlerchi koalitsiya tashkil topdi. Aparteid (aparxeyd) — (afrikaane (bursk). Apartheid — alohida— alohida yashash) Janubiy Afrika Respublikasining hukmron reaktsion doiralari tomonidan Afrikaning tub aholisiga ko'proq, Hindistondan ko'chib kelgan kishilarga nisbatan olib borilayotgan shafqatsiz irqiy kamsitish va segregatsiya siyosati. Afrikaliklarni rezervatlarda (1959 yilda bantustanlar deb atala boshladi) yashashga majbur kdladilar, ular grajdanlik xukukidan maxrum qilganlar, ok tanlilarga qaraganda ancha kam ish haki olardilar va xokazo. Alohida — alohida yashash tartibini buzish jinoiy tartibda ta'qib qilinadi. BMT qabul qilgan bir kancha xujjatlarda aparteid insoniyatga nisbatan qilingan, xalqaro xuquq printsiplarini, jumladan, BMT Ustavi maqsadlari va printsiplarini buzuvchi, tinchlikka va xalqlar xavfsizligiga jiddiy taxdid soluvchi jinoyat deb e'lon qilindi. Natsizm — Germaniya fashizmining nomlaridan biri. Germaniya fashistlar natsional— sotsialistlar partiyasi nomidan kelib chiqqan. Kolloboronistlar (fr. Collaboration — hamkorlik) — Ikkinchi Jahon urushi davrida fashist bosqinchilari bilan hamkorlik qilgan shaxslar. Tred—yunionlar (ingl. Trade — xunar, kasb va union — birlashma) — ingliz kasaba uyushmalari harakatidagi oqim. Asosiy maqsadi hayotning shart—sharoitlarini yaxshilash uchun kurash. Neokolonializm — imperialistik davlatlar va monopoliyalarning imperializmning mustamlakachilik sistema barbod bulayotgan sharoitda mustamlaka qaramligidan ozod bo'lgan mamlakatlar ustidan yangi, ancha tadbirli usullar bilan o'z hukmronligini saqlab qolish va bu mamlakatlar xalqlarini ekspluatatsiya qilishga qaratilgan mustamlakachilik siyosati. Neokolonializm Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasidagi rivojlanayotgan mamlakatlarning xaqikiy mustaqillik tomon harakatiga, bu mamlakatlarda chet el monopoliyalari mulkining natsionalizatsiya qilinishiga va iqtisodiyotning davlat sektoriga aylaniiga to'sqinlik qiladi. Neokolonializm hukmronlikning uslublari rivojlanayotgan mamlakatlarga iqtisodiy va siyosiy shartlar asosida «yordam» berishni, teng xuquqli shartnomalar va bitimlar tuzishni, bu mamlakatlarni imperialistik davlatlar homiyligida turli blok va ittifoqlarga tortishni, mustaqil rivojlanish yo'liga o'tib olgan mamlakatlarning ichki ishlariga aralashish, ko'girchok rejimlar tuzishni va xokazolarni o'z ichiga oladi. Download 127.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling