Fanidan ma'ruzalar matni
Download 127.98 Kb.
|
13. Tarixiy atama maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- shayxulislom
- Mifti
- tanobona
- miltiq pili
- xiroj
Qozi-ul-kuzzot —qozikalon o'rinbosari bo'lgan.
Amirlikda ilohiyot ilmida erishgan yutuklari uchun maxsus 3 ta ilmiy unvon belgilangan. Ularning oliysi o'rok, keyingisi siidiir va oxirgisi sadr deb atalgan. Qo'qon xonligida diniy mansablarning eng oliysi shayxulislom bo'lib, uni 1818 yil Umarxon joriy etgan. Xoja—kalon fiqx olimining faxriy unvoni. Halifa — o'rinbosar (bu erda xonlikdagi turli tariqatlarning rahbarlariga nisbatan ishlatilgan). Mifti—fatvo beruvchi. Xivada ham shayxilislom, qozi kalon, rais kabi diniy mansablar mavjud bo'lgan. Soliq va majbiriyatlarni ifodalovchi tarixiy atamalar. Xonliklarning soliq va majburiyatlariga oid atamalari ham turlichadir. Buxoroda hosildan olinadigan soliq—xiroj deb atalib, uni yiguvchilar amin va qishloq oqsoqoli hisoblangan. Bog’lar, bedazorlar, poliz ekinlari uchun olingan soliq, turi tanobona yoki alaf pul deb atalgan. Zakot solig’i savdogarlar mollari umumiy miqdorining 40 dan 1 ni tashkil etgan. Xiva xonligida 25 xilga yaqin soliq turi bo'lgan. Salg’ut solig’i — erdan foydalanganlik uchun; alg’ut, alg’ut birla - to'la xo'jalikish qurollari, hovli va xokazolar uchun; miltiq pili— xonlik qo'shini uchun; tarozi pili, mirobona, darvozabon pili, mishrifona— hosil etilib, o'rim—yig’im oldidan er maydoni va hosil miqdorini aniqlab beruvchi amaldor uchun to'lanadigan; afanak pili solig’i - xonning farmoni va boshqa muhim xabarlarni etkazganlik uchun to'lanadigan solik; shuningdek ommaviy ishlardan ozod etilganlik uchun to'lanadigan soliq va ruhoniylar foydasiga berilishi lozim bo'lgan soliqlar ham mavjud edi. Qo'qon xonligida soliq Buxoro va Xivaga qaraganda ko'proq bo'lgan. Asosiysi dehqonchilik maxsulotlaridan olinadigan xiroj va hunarmandlar, savdogarlardan undiriladigan zakot bo'lgan. Manbalar va adabiyotlar: Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. T. 2000. Nabiev R.N. Iz istorii Kokandskogo xanstva. T., 1973. Yo’ldoshev M. Xiva xonligida feodal er egaligi va davlat tuzilishi. T., 1959. Xoliqova R. Amirlikdagi amalu unvonlar // Fan va turmush. 2000.№ 4. O’zbekistonning yangi tarixi 1 jild Turkiston Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. T.,2000. ХХ asr Xiva davlat hujjatlari. T.,1960. Download 127.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling