Fanidan ma'ruzalar matni
Download 127.98 Kb.
|
13. Tarixiy atama maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turnir
- Uniya
- Manbalar va adabiyotlar
Sezarepatizm — bir odam qo'lida ikkita oliy hokimiyat: dunyoviy (imperatorlik) va cherkov (papalik) hokimiyatning birlashuvi.
To'sib olish (G’ov tutish) — pomeshchiklar — er egalari tomonidan dehqonlarning jamoa erlarini bosib olish protsessi. Bu jarayon feodal qishloqlarga kapitalistik munosabatlarning kirib kelishi bilan bog’likdir. To'sib olishning klassik mamlakati Angliya edi. Angliyada To'sib olishning boshlanishi XV asrning oxiriga to'g’ri keladi. Bozorda jun narxining oshuvi kunchilikni rivojlantirishga, xaydaladigan erlarni ham yaylovga aylantirishga olib keladi va bu hol o'rab olishning kuchayishi uchun bir turtki bo'ldi. To'sib olish orqali erlarni bosib olishda pomeshchiklar va Angliya qishloqlarining to'q tabaqalari ishtirok etdilar. O'rab olish XVI asrdayoq qishloqlarning kuchli ravishda tabaqalashuviga va kambarallashuv, ersizlanishiga olib keldi. XVIII asrga kelib o'rab olish katta miqyoslarda olib borildi va dehqonlarning oilaviy ravishda erdan ayrilib qolishga olib keldi. Dehqonlar ommasi To'sib olishga kuchli qarshilik ko'rsatdilar. To'sib olish bir necha bor dehqonlar qo'zg’oloniga olib keldi. To'sib olish Angliyada dehqonlar sinfining batamom bo'linib ketishi va yollanma ishchilar juda katta sinfning vujudga kelishiga olib keldi. Turnir — o'rta asrlarda ko'pchilik Yevropa mamlakatlarida qo'llanib kelingan ritsarlar harbiy musobaqasi. Turnirlarda o'rta asr harbiy kuchlarining asosiy negizini tashkil etuvchi ritsarlarning jangovar sifatlari namoyish etilardi. Bu Turnirlar Frantsiyadan kelib chiqqan. Turnirlar feodal a'yonlarining keng ishtirokida ommaviy ravishda o'tkaziladi. Turnirning o'tkazilishi maxsus kodes yordamida tartibga solinib turilar va uning bajarilishi ustidan iroedlar nazorat qilib boradilar. XIII asrdan boshlab turnirlar qonli harakatga ega bula boshladi va ko'pincha to'qnashuvchilarning og’ir yaralanishi yoki xatto ulimi bilan tugar edi. XVI asrdan shaharliklar va dehqonlar ommasi ichidan yollanib tuzilgan piyoda o'qchilar paydo bo'lgach, otliq ritsarlar uz ahamiyatini yo'qotdi va turnir o'tqazish ham shu bilan birga barham topdi. Uniya (lot. — birlashma) — monarxiya davlatining bitta monarx hokimiyati ostida birlashuv formasi. Uniya ko'pincha nomustahkam xarakterda bo'lar, umumiy monarx hokimiyati esa nominal darajada bo'lar edi. Ayrim hollarda bitilgan shaxsiy uniyalar keyinchalik mustahkam birlashuvlarga yoki davlatning to'la ravishda bir — biriga qo'shilib ketishiga olib kelgan edi. CHerkovlar bo'linib ketganidan keyin Rim papaligida provoslav cherkovining bot rol’ uynashini saqlab qolgan xodda, ammo ibodat qilish va marosimlarni o'tqazish ona tilida olib borish sharti bilan provoslav cherkovini katolik cherkovi bilan birlashtirish uchun cherkov uniyalari tuzishga urinishlar ham bo'lgan Manbalar va adabiyotlar: V Fomchenko А. O’rta asrlar tarixidan izohli lug’at. T., 1979. Semenov V.P. O’rta asrlar tarixi. T., 1973. Entsiklopedicheskiy slovar. M., 1987. Istoricheskaya entsiklopediya. T. 1-12. M., 1962-1972. O’z.M.E. 1-2 jild. T., 2000. Mahmudov E. Tarixiy atamashunoslik. // Ma’ruzalar matni., 2002. Download 127.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling