Fanidan ma'ruzalar matni


Download 127.98 Kb.
bet42/71
Sana06.02.2023
Hajmi127.98 Kb.
#1170861
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Puritanlar — Angliyada XVI asrning ikkinchi yarmida kelgan anglichan cherkovini katolitsizm qoldiqlaridan tozalashni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan diniy harakatning qatnashchilari. Puritanlarning diniy g’oyalari kal’vinizmning kuchli ta'siri ostida shakllandi. Puritanlarning sinfiy negizi:
1) boy savdo burjuaziyasi;
2) burjualashgan er egalari (yangi dvoryanlar) tashkil etdi,
Kal’vinizmning burjuacha moxiyati xech qaerda ingliz puritanchiligidagidek yaqqol namoyon bo'lmagan edi. XVI asr oxirida absolyutizmga qarshi puritanlarning diniy qoppozitsiyasppozitsiyaga aylandi.
Gadoylik ordenlari — katolik monarxlari ordenlari. Papalikning faol yordamida kambaralchilikni targ’ib qilish va a'zolarining taqvodorlik bilan hayot kechirishini namuna qilish orqali tez—tez tarqalib boraetgan eretiklikni bartaraf etish mumkin degan maqsad bilan XIII asrning birinchi yarmida tashkil etilgan edi. Gadoylik ordeni monarxlari uz nizomiga muvofiq shaxsiy mol—mulkka, uy-joyga ega bo'lmas va sadaqa orqaligina kun kechirar edilar. Kambag’allikda yashash axdiga hamma vaqt ham rioya qilinavermas edi. Gadoylik ordeni hozirgi kunda ham mavjud, ammo ular faqat nomigagina «gadoylik qiluvchilar» holos. 1964 yilda gadoylik qiluvchilarning ordenining barcha ko'rinishlarida 79.133 kishi bor edi.
Anafema — cherkovdan xaydash va la'natlash, Anafema — xristianlar cherkovi o'rta asrlar mobaynida va yangi davrda ba'zi ijtimoiy tafakkurga qarshi kurash uchun qo'llangan ijtimoiy va diniy terror qurolidir. Masalan, Rim papalari 1846 yildayok kommunistik fikrlarni anafema qildilar, so'ngra buni bir necha bor tasdikladilar. Rossiyada provoslaviya cherkovi dehqon qo'zg’olonlarining yo'lboshchilari Bolotnikov, Razin, Pugachyovni anafema qildi.
Messa — katolik lituriyasi (xristianlarning ertalab yoki peshin chogi cherkovda qiladigan ibodati).
Monarxomaxlar — XVI asrning ikkinchi yarmi va XVII asr boshlarida G’arbi Yevropada qirol absolyutizmiga qarshi chiqqan yozuvchi pulitsistlar. Monarxomaxlar podsho hokimiyatining ilohiy yo'l bilan kelib chiqqanligini inkor etganlar va suverenitet xalqqa tegishli bo'lib va u shartnoma bo'yicha hokimiyatni monarx ixtiyoriga beradi va u shartnomani buzgan takdirda uni taxtdan ag’darib tashlashi yoki uni xatto o'ldirish hukmiga ham ega deyishar edi. Monarxomaxlar «xalq deb xalq ommasini emas, balki yo burjuaziyani, yoki dvoryanlarni tushunishar edi».

Download 127.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling