Marketing operatsiyalari tadqiqoti - 1) marketing karorlarini ishlab chikish va kabul kilish tizimida foydalaniluvchi usullar (matematik dasturlashtirish, uyinlar nazariyasi, karorlar nazariyasi, tasvirlarni tanib olish nazariyasi va xokazo) yigindisi; 2) “boshqa usullar yordamida bundan xam yomon javob beriladigan amaliy savollarga yomon javob berish san’ati” (T.A.Saati, operatsiyalar tadqiqoti soxasidagi amerikalik mutaxassis)
Marketing rejasi - belgilangan marketing maksadlariga erishishda yordam berishi kutilayotgan chora-tadbirlarning ketma-ketlikda detalli ravishda ifodalanishi.
Marketing saloxiyati (potentsiali) - 1) korxona saloxiyatining ajralmas kismi; 2) tovar, narx kommunikatsiya va savdo siyosati, talabni urganish soxasida samarali marketing tadbirlarini rejalashtirish va utkazish xisobiga marketing tizimining korxonnaning doimiy raqobatbardoshligi, tovar va xizmatlarning bozordagi iktisodiy va ijtimoiy kon’yunkturasini ta’minlash kobiliyatlari majmui.
Marketing tadqiqoti dizayni - 1) marketing tadqiqoti jarayoni va modelini loyixalashtirish va tuzish; tadqiqotni utkazish, marketing axborotlarini izlab topish uchun ratsional rejalarni ishlab chikish. Kulda yoki axborot texnologiyalari yordamida amalga oshirilishi mumkin; 2) marketing tadqiqoti sub’ektlari xulk-atvorining uzgarish xolatlarini urganish va bashorat kilish buyicha ijodiy jarayon.
Marketing tizimi - bozor muxitining mustakil, foyda olish maksadida tovar va xizmatlarga talabni shakllantirish va rivojlantirish buyicha uzaro uzluksiz alokada buluvchi ijtimoiy-iktisodiy elementlar majmui. Marketing tizimi uz ichiga kuyidagilarni kiritadi; ishlab chikaruvchi firma, ta’minotchi firma, raqobatchi firma vositachi firma, iste’molchi (bozor).
Marketing tizimini axborot bilan ta’minlash - 1) marketing xujjatlarini rasmiylashtirish usullari va vositalari majmuasi, marketing tizimining xolati va xulk-atvori tugrisidagi ma’lumotlarni izlab topish, kodlashtirish va saklashni tashkil etish; 2) marketing tizimining normal faoliyat kursatishini ta’minlovchi kuyitizimlardan biri (tashkiliy, xukukiy, iktisodiy, texnik, dasturiy, matematik ta’minot va boshqalar); 3) marketing axborotlari manbai, uning asosida korxona menedjmenti turli xil boshqaruv karorlarini kabul kiladi; 4) ma’lumotlarni olish, ishlov berish, sistemalashtirish va ularni “iste’mol uchun tayyor” axborotga aylantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |