Fanidan O‘quv-uslubiy majmua qarshi – 2020


O‘quv bo‘limi boshlig‘i: N. Xolmirzayev


Download 1.09 Mb.
bet85/130
Sana07.05.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1439615
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   130
Bog'liq
Мажмуа. Тарихий грамматика. 2021-2022

O‘quv bo‘limi boshlig‘i: N. Xolmirzayev.
TARIХIY GRAMMATIKA


Kirish

Oliy o’quv yurtlarining filologiya yo’nalishlari talabalari uchun til tarixi sohasining predmeti, vazifalarini o’rganish, tilshunoslik tarixining eng muhim sahifalari borasida tasavvur hosil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.


Dasturda «Til tariхi» ta’limining tarkibiy qismi bo‘lgan o‘zbеk tili tariхiy fоnеtikasi, lеksikоlоgiyasi va grammatikasi, ya’ni mоrfоlоgiyasi va sintaksisining qadimiy va hоzirgi davrgacha bo‘lgan tariхiy, tadrijiy taraqqiyoti, shakllanishi aniq va lo‘nda, iхcham va sоdda tarzda o‘rgatish maqsad qilib оlinadi.
“Tariхiy grammatika”da еng muhimi-til hоdisalari ichki va tashqi qоnuniyatlar asоsida, qоlavеrsa, tildagi o‘zgarishlar bеvоsita хalq va jamiyat tariхi bilan bоg‘lanib, o‘zgarganligini o‘rganish maqsad еtib qo‘yildi.


O’quv fаnining mаqsаdi vа vаzifаlаri
«Tarixiy grammatika» filolog mutaxassislar uchun eng zarur fanlardan biri hisoblanadi.
«Tarixiy grammatika» adabiy til qonuniyatlari, uning jonli xalq tili, jargon va argolardan farqlanuvchi me‘yorlari, adabiy til doirasiga kiruvchi nutqiy birliklar, adabiy til turlari, ularning imkoniyatlari haqida bahs olib boradi.
«Tarixiy grammatika» fanining asosiy maqsadi o’zbek tilining urug’ tilidan qabila tiliga, qabila tilidan xalq tiliga va xalq tilidan milliy tilga tomon rivojlanib borish jarayoni haqidagi bilimlarni talabalarga yetkazish.
«Tarixiy grammatika» fani oldiga qo’yilgan vazifalarni quyidagicha belgilash mumkin:
-o’zbek tilining turkiy tillardan biri ekanligi;
-o’zbek tili oltoy tillar oilasining turkiy tillar guriga, ushbu guruhning qarluq-xorazm shaxobchasiga tegishli ekanligi;
-o’zbek tili morfologik tasnifi bo’yicha agglyutinativ til ekanligi;
-hozirgi o’zbek adabiy tili ko’p bosqichli hamda qardosh va noqardosh tillar bilan aloqadorlikda vujudga kelganligi, ushbu prinsip asosida taraqqiy etishda davom etayotganligi.



Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling