Fanidan o„quv-uslubiy majmua


Inflyatsiya, uning mohiyati va turlari


Download 0.98 Mb.
bet71/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

2.Inflyatsiya, uning mohiyati va turlari
Inflyatsiya makroiqtisodiy beqarorlikning ko‗rinishlaridan biri hisoblanadi.
Inflyatsiya tushunchasi birinchi marta g‗arbiy Amerikada, (1861-1865 yilllardagi fuqarolar urushi davrida) ishlatila boshlagan va qog‗oz pul muomalasining ko‗payib ketishi jarayonini bildirgan. Iqtisodiy adabiyotlarda inflyatsiya tushunchasi XX asrda, birinchi jahon urushidan keyin keng tarqaldi. Inflyatsiya – bu qog‗oz pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar narxlarining o‗sishidir.
Inflyatsiya bozor xo‗jaligining har xil sohalarida takror ishlab chiqarish nomutanosibliklari tug‗diradigan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir.
Qog‗oz pul tovarlarga, oltinga va o‗z qadrini, barqarorligini saqlab qolgan chet el valyutalariga nisbatan qadrsizlanadi.
Inflyatsiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan aniqlanadi. Masalan, iste‘molchilik tovarlariga narx indeksi 1998 yil 113, 6; 1999 yil - 118,3 ga teng bulsa, inflyatsiya sur‘ati quyidagicha bo‗ladi.
Inflyatsiya sur‟ati = *100  4,1%
Kelib chiqish sabablari va o‗sish sur‘atlariga qarab, inflyatsiyaning bir qancha turlarini mavjud.

  1. Talab inflyatsiyasi. Narx darajasining an‘anaviy o‗zgarishi jami talab ortiqchaligi bilan tushuntiriladi. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasi mahsulotning real hajmini ko‗paytirib ortiqcha talabni qondira olmaydi. Chunki barcha mavjud resurslar to‗liq foydalanilgan bo‗ladi. Shu sababli bu ortiqcha talab narxning oshishiga olib keladi va talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi.

  2. Taklif inflyatsiyasi. Inflyatsiya ishlab chiqarish xarajatlari va bozordagi taklifning o‗zgarishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Ishlab chiqarish xarajatlarining o‗sishi keltirib chiqadigan inflyatsiya, mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarning ko‗payishi hisobiga narxlarning oshishini bildiradi.

Mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi iqtisodiyotda foydani va mahsulot hajmini qisqartiradi. Natijada tovarlar taklifi ham qisqaradi. Bu o‗z navbatida narx darajasini oshiradi. Ishlab chiqarish xarajatlari nominal ish haqi, xom ashyo va energiya narxlarining o‗sishi hisobiga ortib boradi. Inflyatsiyaning a) me‘yoridagi; b) o‗rmalab boruvchi v) giper inflyatsiya kabi turlari ham mavjud. Inflyatsiyaning birinchi turida baholar yiliga 10 foizgacha, ikkinchisida 20 dan 200 foizgacha, uchinchisida, astronomik miqdorda o‗sishi kuzatiladi. Bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayotgan va kutilmagan inflyatsiya farqlanadi. Kutilayotgan inflyatsiya va uning oqibatlarini oldindan bashorat qilish mumkin, kutilmagan inflyatsiyani oldindan aytib bo‗lmaydi. Birinchi xolda inflyatsiyaning kutilayotgan salbiy oqibatlariga tayryolanib uni sezilarli darajada yumshatish mumkin. Ikkinchi holda narxlarning kutilmagan o‗sishi natijasida mamlakat iqtisodiy arvolining sezilarli yomonlashuvi ro‗y berishi mumkin.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling