Fanidan o„quv-uslubiy majmua


-MAVZU. MOLIYA, MOLIYA TIZIMINING MOHIYATI VA VAZIFALARI


Download 0.98 Mb.
bet67/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

13-MAVZU. MOLIYA, MOLIYA TIZIMINING MOHIYATI VA VAZIFALARI
Darsning o„quv maqsadi: talabalarda moliyaning mohiyati va vazifalari, moliya tizimi, byudjet taqchilligi va davlat qarzlari, soliq tizimi va uning vazifalari to‗g‗risida tushuncha hosil qilishdan iborat.

Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar


Moliya, moliya tizimi, davlat byudjeti, byudjet taqchilligi, davlat qarzlari, soliqlar, soliq stavkasi, Laffer egri chizig‗i.
Asosiy savollar

  1. Moliyaning mohiyati va vazifalari.

  2. Moliya tizimi.

  3. Byudjet taqchilligi va davlat qarzlari.

  4. Soliq tizimi va uning vazifalari.

1.Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi.
Moliyaviy munosabatlar ko‗p qirrali bo‗lib, iqtisodiy munosabatlarning muhim sohasini tashkil qiladi. Moliya iqtisodiy kategoriya sifatida pul mablag‗laridan foydalanish va uning xarakatini tartibga solish bilan bog‗liq bo‗lgan munosabatlar tizimi bo‗lib, uning vositasida turli darajada pul mablag‗lari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi.
Moliya iqtisodiyot doirasida o‗zaro bog‗liq bo‗lgan bir qator vazifani bajaradi.
1.Moliyaning iqtisodiy jarayonlarni, tadbirlarni moliyaviy ta‘minlash va unga xizmat ko‗rsatish vazifasini bajaradi. 2.Moliyaning taqsimlovchi vazifasi, moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadni tashkil qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari o‗rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo‗ladi. Bundan milliy daromadning bir qismi korxona va aholi daromadlaridan turli xil soliqlar olish, renta va bojxona to‗lovlari, aksiz yig‗inlari kabilar orqali davlat qo‗lida to‗planadi. O‗z qo‗lida to‗plangan milliy daromadning katta qismini davlat moliya vositasida aholining ijtimoiy madaniy ehtiyojlariga (uy joy qurilishi, tibbiyot xizmati, maorif, nafaqa, stipendiya va shu kabilar to‗plashga), daromadlar darajasini ushlab turishga, milliy mudofaaga, atrof muritni murofaza qilish va shu kabilarga sarflaydi.
3.Moliyaning rag‗barlantiruvshilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash jarayonida, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish va sarflash mexanizmi vositasida amalga oshiriladi. Ikki holda ham moliya ishlab chiqarish samaradorligiga, uning pirovard natijasiga, mahsulot sifatiga sezilarli ta‘sir ko‗rsatadi.
4.Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va iste‘mol ustidan nazorat qilish vositasi sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya intizomga rioya qilish uchun moddiy javobgar bo‗lish tizimi, turli soliqlar undirib olish va mablag‗ bilan ta‘minlash tizimi orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar jamiyatning moliya tizimini tashkil qiladi. Moliya tizimi korxonalar (tarmoqlar) va umumdavlat moliyasini o‗z ichiga oladi. Korxona va tarmoqlar moliyasi ulardagi takror ishlab chiqarish jarayonida hamda alohida fondlar yaratish yo‗li bilan xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlariga xizmat qiladi. Umumdavlat moliyasi davlat byudjetini, ijtimoiy sug‗urta fondini hamda davlat mol-mulkiy va shaxsiy sug‗urtasi fondini o‗z ishiga oladi. Davlat pul mablag‗larining asosiy markazlashgan fondi bo‗lmish davlat byudjeti moliya tizimining asosiy bo‗g‗ini bo‗lib xizmat qiladi. Davlat byudjeti - bu davlat xarajatlari va ularni moliyaviy qoplash manbalarining yillik rejasidir. Davlat daromadlari va xarajatlarining asosiy qismi davlat byudjeti orqali o‗tadi. Uning asosiy vazifasi moliyaviy vositalar yordamida iqtisodiyotni samarali rivojlantirish va umumdavlat miqyosidagi ijtimoiy vazifalarni ral qilish uchun sharoit yaratishdir. O‗zbekistonda davlat byudjetining tuzilishi, daromadlari va xarajatlarining tarkibi quyidagi ma‘lumotlar bilan xarakterlanadi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling