Fanidan o„quv-uslubiy majmua


Iqtisodiy sikl nazariyalari. Siklning iqtisodiyotning alohida sohalariga ta‟siri


Download 0.98 Mb.
bet65/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

3.Iqtisodiy sikl nazariyalari. Siklning iqtisodiyotning alohida sohalariga ta‟siri.
Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy sikl va siklli rivojlanishga mingdan ortiq qarashlar mavjudligi ta‘kidlanadi.
Biz ularning ko‗pchilik iqtisodchilar tomonidan tan olingan asosiylariga tavsif behamiz. Kitchin sikli - zahiralar sikli deb ham nomlanadi. Bunda Kitchin (1926 y.) moliyaviy hisoblar va tovar zahiralari xarakatida sotish narxlarini tahlil qilish asosida 2 yildan 4 yilgacha davr davomidagi qisqa to‗lqinlarni tadqiq qilishga o‗zining e‘tiborini qaratadi.
Juglar sikli - biznes-sikl, sanoat sikli, o‗rtacha sikl va katta sikl kabi nomlar bilan ham ataladi. Oldingi davrlarda iqtisodiy fan 7-12 yillik sikllarni ajratib ko‗rsatganligi tufayli, aynan shu sikl Fransuz, Angliya va AQShda foiz stavkalari va narxdagi tebranishlarni asosiy tahlil qilish asosida sanoat siklining tabiatini o‗rganishga katta hissa qo‗shgan K.Juglar (18191905 yy.) nomi bilan ataladi.
Birinchi sanoat sikli 1825 yil, mashinali ishlab chiqarish, metallurgiya va boshqa yetakchi tarmoqlarda hukmron mavqeni egallagan davrda Angliyada kuzatiladi. 1836 yildagi krizis dastlab Angliyada boshlanib, keyin AQShga ham tarqaladi, 1847-1848 yillarda AQSh va qator Yevropa davlatlarida boshlangan krizis, tub mohiyatiga ko‗ra birinchi jahon sanoat krizisi bo‗lgan.
Agar XIX asrda sanoat sikli 10-12 yilni tashkil qilgan bo‗lsa, XX asrda uning davomiyligi 7-9 yil va undan ham kam davrgacha qisqargan.
AQSh va Yevropaning rivojlangan davlatlari XX asrda 12 ta sanoat siklini boshdan keshirgan bo‗lib, ulardan yettitasi ikkinchi jahon urushidan keyin ro‗y bergan.
Kuznes sikli - ko‗p xollarda «qurilish sikli» deb nomlanib, 20 yilgacha bo‗lgan iqtisodiy tebranishlar bilan aniqlanadi. S.Kuznes o‗zining «Milliy daromad» (1946 y.) nomli kitobida, milliy daromad, iste‘molchilik sarflari, ishlab chiqarish maqsadidagi uskunalar, hamda bino va inshoatlarga yalpi investitsiyalar ko‗rsatkishlarida 20-yillik o‗zaro-bog‗liq tebranishlar mavjud bo‗lishini aniqlaydi. 1955 yilda amerikalik iqtisodchining xizmatlarini tan olish ramzi sifatida sanoat siklini Kuznes sikli deb nomlashga qaror qilinadi.
Kondratev sikli - «uzun to‗lqinlar» sikli deb ham ataladi. Sikllilikning bu nazariyasini ishlab shiqishga rus olimi N.D.Kondratev katta rissa qo‗shadi. Uning tadqiqoti Angliya, Fransiya va AqShning, 100-150 yil davomidagi rivojlanishini qamrab oladi. Bunda u iqtisodiy o‗sishning ko‗p omilli tahlilini o‗tkazib, ya‘ni tovar narxlari kapital uchun foiz, nominal ish haqi, tashqi savdo aylanmasi kabi makroiqtisodiy ko‗rsatkishlarning o‗rtacha darajasini umumlashtirish natijasida bir qator katta sikllarni ajratib ko‗rsatadi.

  • I-sikl: 1787-1814 yy. - ko‗taruvchi to‗lqin, 1814-1851 yy. Pasaytiruvshi to‗lqin.

  • II-sikl: 1844-1851 yy. - ko‗taruvchi to‗lqin, 1970-1896 yy. - pasayuvshi to‗lqin.

  • III-sikl: 1896-1920 yy. - ko‗taruvchi to‗lqin.

Kondratev siklining davomiyligi o‗rtacha 40-60 yilni tashkil qiladi va uning asosiy xususiyati texnika taraqqiyoti hamda tarkibiy o‗zgarishlarni o‗zida aks ettirishi hisoblanadi.
Kondratev birinchi katta siklning yuksalish fazasini Angliyadagi sanoat revolyutsiyasi, ikkinchisini - temir yo‗l transportining rivojlanishi, uchinchisini - elektroenergiyasi, telefon va radioning kashf etilishi, to‗rtinshisini - avtomobil sanoatining rivojlanishi bilan bog‗laydi. Hozirgi zamon tadqiqotchilari beshinchi siklni elektronika, gen injenerligi va mikroprotsessorlar rivojlanishi taqoza qilishini ko‗rsatadi.
Iqtisodiy sikl barcha tomonlari bilan namoyon bo‗lib, amalda iqtisodiyotning hamma sohalariga sezilarli ta‘sir ko‗rsatadi. Iqtisodiyot tarkibiy qisimlarning o‗zaro bog‗liqligi sababli uning hech bir sohasiga inflyatsiya to‗lqini yoki turg‗unlikning nohush oqibatlaridan chetda qolmaydi. Ammo shuni e‘tiborga olish zarurki, iqtisodiy sikl alohida shaxslar turmush darajasi va korxonalar iqtisodiy faolligiga turli darajada ta‘sir ko‗rsatadi.
Odatda iqtisodiy inqirozlardan sanoatning ishlab chiqarish vositalari va uzoq muddatli foydalaniladigan iste‘molchilik tovarlari ishlab chiqaradigan tarmoqlari ko‗proq yo‗qotishga uchraydi. Uy-joy va sanoat binolari qurilishi, og‗ir mashinasozlik hamda investitsion tovarlar, avtomobillar, maishiy xo‗jalik buyumlari va shunga o‗xshash tovarlar ishlab chiqarish bilan bog‗liq sanoat tarmoqlari va ularda band bo‗lgan ishchilar siklning inqiroz fazasida og‗ir oqibatiga uchraydi. Biroq, bu tarmoqlar siklning yuksalish fazasida o‗zining rivojlanish uchun yuqori darajada rag‗bat oladi.
Iqtisodiyot qiyinchilikni boshdan kechira boshlaganda, ishlab chiqaruvchilar ko‗pincha zamonaviy uskunalarni sotib olishni va yangi zavodlar qurishni to‗xtatadi yoki qandaydir muddatga keshiktirishi mumkin. Bunday kon‘yuktura sharoitda investitsion tovarlar zayiralarni ko‗paytirish resh qanday iqtisodiy mazmunga ega emas, aksincha korxonalar mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan ancha to‗laroq foydalanishlari mumkin bo‗ladi.
Iqtisodiy jihatdan qulay davrlarda ya‘ni siklning jonlanish va yuksalish fazalarida ishlab chiqarish vositalari odatda ular to‗liq eskirganisha almashtiriladi. Ammo tanazzul davri kelganida, korxonalar o‗zining eskirgan uskunalarini ta‘mirlab, ularni ishga tushiradi. Shu sababli bu davrda ishlab chiqarish vositalariga investitsiyalar keskin qisqaradi. Ortiqsha ishlab chiqarish quvvatlari mavjud bo‗lgan ayrim korxonalar, ratto iste‘mol qilingan asosiy kapitalining o‗rnini qoplashga ham xarakat qilmaydi.
qisqa mudatli foydalaniladigan iste‘molchilik tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat
tarmoqlari siklining oqibatlarini nisbatan kamroq darajada sezadi.
Aholi yoki keng iste‘molchilar qatlamiga iqtisodiy sikl turlisha ta‘sir ko‗rsatadi. Tanazzul davri boshlanganda, doimiy daromad oluvchi iste‘molchilar oila byudjetini qisqartirishga to‗g‗ri keladi, maishiy texnika va avtomashina kabi uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni xarid qilishini to‗xtatadi. Har qanday sharoitda ham oila a‘zolari yeb-ishishi va kiyinishi zarurligi tufayli, oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-keshaklar, ya‘ni qisqa muddatda foydalanadigan iste‘molchilik tovarlarini xarid qilishni to‗xtatish mumkin emas. Faqat, bunday tovarlarni xarid qilish miqdori qandaydir darajada kamayishi mumkin.
Investitsion tovarlar va uzoq muddat foydalaniladigan iste‘molchilik tovarlari ishlab chiqaruvchi ko‗pshilik sanoat tarmoqlari yuqori darajada monopol mavqega egaligi bilan farqlanadi va natijada bozorda nisbatan ko‗p bo‗lmagan yirik firmalar ma‘lum davr davomida narxning pasayishiga qarshi turishi, talabning kamayishi sababli mahsulot chiqarish hajmini sheklash uchun yetarlisha monopol rukumdorlikka ega bo‗lishi mumkin. Shu sababli talabning kamayishi birinchi navbatda ishlab chiqarish va bandlilik darajasiga ta‘sir ko‗rsatadi. Bunga teskari bo‗lgan rolatni qisqa muddatli foydalaniladigan iste‘molchilik tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlarida kuzatish mumkin. Bu tarmoqlarning ko‗pchiligi o‗zlarining raqobatga layoqatsizligi va ishlab chiqarishi markazlashuv darajasining pastligi bilan xarakterlanadi. Shu sababli ular siklning salbiy oqibatlariga qarshi tura olmasligi mumkin va mahsulotlariga talabning pasayishi ishlab chiqarish darajasiga qaraganda narxlarda ko‗proq aks etadi. Demak, kapitalning to‗planishi yuqori darajada bo‗lgan tarmoqlarda ishlab chiqarish xajmining keskin pasayishi va narxlarning nisbatan sekin tushishi, to‗planish darajasi past bo‗lgan tarmoqlarda narxlarning sezilarli tushishi va maxsulot ishlab chiqarish hajmining nisbatan kam qisqarishi kuzatiladi. Nazorat savollari

  1. Makroiqtisodiy barqarorlik nima( Unga erishish yo‗llari qanday)?

  2. Iqtisodiy siklning ta‘rifini bering va uning har bir fazasining o‗ziga xos belgilarini ko‗rsating.

  3. Tarkibiy inqirozlarni tushuntiring. Siklli tebranishlar vujudga kelishining sabablarini ko‗rsating.

  4. Agrar inqirozlarning xususiyatlarini bayon qiling.

  5. Iqtisodiy sikl asosiy turlariga tavsif bering va ko‗rsating.


Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling