Fanidan o„quv-uslubiy majmua


-MAVZU. IQTISODIYOTNING SIKLLIGI VA MAKROIQTISODIY BEQARORLIK


Download 0.98 Mb.
bet63/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

12-MAVZU. IQTISODIYOTNING SIKLLIGI VA MAKROIQTISODIY BEQARORLIK


Darsning o„quv maqsadi: talabalarda makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi, iqtisodiy inqirozlar, tarkibiy inqirozlar, agrar inqirozlar va uning xususiyatlari, iqtisodiy sikl nazariyalari, siklning iqtisodiyotni alohida sohalariga ta‘siri borasida tushunchalar hosil qilishdan iborat.

Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar


Iqtisodiy inqiroz, iqtisodiy sikl, turg‗unlik(depressiya), jonlanish, yuksalish, tarkibiy inqirozlar, agrar inqirozlar, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi.
Asosiy savollar
1. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi. Iqtisodiy inqirozlar 2. Tarkibiy inqirozlar. Agrar inqirozlar va uning xususiyatlari

  1. Iqtisodiy sikl nazariyalari.

  2. Siklning iqtisodiyotni alohida sohalariga ta‘siri.

1.Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklligi. Iqtisodiy inqirozlar.
Har qanday mamlakat, shu jumladan industrial rivojlangan mamlakatlar ham iqtisodiy o‗sishga, hamda to‗liq bandlilik va narxlarning barqaror darajasiga erishishga xarakat qiladi, ammo uzoq muddatli iqtisodiy o‗sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari bilan uzulib turadi. Iqtisodiy o‗sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan ob‘ektiv qonunlarning o‗zgartirib bo‗lmaydigan ta‘siri ostida takror ishlab chiqarish xarakatida uzilishlar paydo bo‗ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo‗lishidir. Iqtisodiy sikl deganda, odatda ishlab chiqarishning bir iqtisodiy holatidan, yoki bir inqirozdan ikkinchisi boshlangunga qadar takrorlanib turadigan to‗lqinsimon xarakati tuchuniladi. Sikl inqiroz, turg‗unlik, jonlanish, yuksalish fazalarini o‗z ishiga oladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o‗tish uchun sharoit yuzaga keladi.
Inqiroz ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi va siklning qayd etuvchi ifodasidir. U bir siklni niroyasiga yetkazib, yana muqahar ravishda inqiroz bilan tugaydigan yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz vaziyatda asosiy kapitalning ortiqsha jamg‗arilishi uning hamma funksional shakllarida namoyon bo‗ladi. Inqirozdan keyin turg‗unlik keladiki, uning davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga yetadi.
Jonlanish fazasining boshlanishi ozmi-ko‗pmi darajada barqaror ishlab chiqarishning kengayishiga o‗tishni bildiradi.
Ish bilan ta‘minlanish darajasining ortishi va foydalarning tez o‗sishi jonlanishning yuksalish bosqichiga o‗sib-o‗tishiga ko‗maklashadi. YAngi sikl yuksalishning boshlang‗ish nuqtasi hisoblanadi. Yuksalish fazasida ish kuchiga bo‗lgan talabning kengayishi ishsizlikning birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o‗sishiga olib keladiki, buning oqibatida iste‘mol tovarlariga to‗lovga qodir talab kengayadi. Pirovard talabning oshishi, o‗z navbatida, iste‘mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga, bozorni kengaytirishga jadal turtki beradi. Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarning to‗planib borishidan iborat zanjirli reaksiya tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarhar bo‗lib qoladi.
Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo‗yicha keskin farqlanadi. Shu bilan birga ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo‗ladi va har xil tadqiqotshilar tomonidan turlisha nomlanadi. 6-chizmada ko‗pshilik iqtisodshilari tomonidan tan olingan iqtisodiy sikl ko‗rsatilgan. Siklning eng yuqori nuqtasida, iqtisodiyotda to‗liq bandlilik kuzatiladi va ishlab chiqarish to‗liq yoki deyarli to‗liq quvvat bilan ishlaydi. Siklning bu fazasida narx darajasi o‗sish tamoyiliga ega bo‗ladi, iqtisodiy faollikning o‗sishi to‗xtaydi.

Tanazzul fazasida ishlab chiqarish va bandlilik qisqaradi, ammo narxlar pasayish tamoyiliga berilmaydi. Tanazzulning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlilik o‗zining eng past darajasiga erishishi bilan xarakterlanadi.
Iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi.
Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar massasi to‗lovga qobil talabga mos kelmay (undan oshib ketadi yoki kam bo‗ladi) qoladi. Natijada ishlab chiqarishning bir qismi to‗xtab qoladi, tovarlar ishlab chiqarish kamayadi, ishlab chiqarishning o‗sish davri uning tushkunligi bilan almashinadi. Iqtisodiyotning tez o‗sish davrlari ko‗pincha inflyatsiya, ya‘ni narx darajasining ko‗tarilishi bilan orqaga ketadi. Shunday davrlar ham bo‗ladiki, bunda iqtisodiy o‗sish bandlilik va ishlab chiqarishning past darajasiga o‗rin beradi, ayrim hollarda narx darajasining ko‗tarilishi bilan birga ishsizlik ham keskin o‗sadi. qisqacha aytganda, iqtisodiy o‗sishning uzoq muddatli tamoyillari ham ishsizlik, ham inflyatsiya oqibatida uzilib qoladi va murakkablashadi. Inqirozlarning asosiy sababi — takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va nomutanosibliklardir. Bu avvalo ishlab chiqarish va uning natijalarini o‗zlashtirish o‗rtasidagi nomutanosiblik bo‗lib, u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy tizimning har xil nusxalarida turli shakllarida namoyon bo‗ladi.
Ishlab chiqarish bilan iste‘mol, talab va taklif o‗rtasidagi vaqti-vaqti bilan yuzaga kelib turadigan nomutanosibliklar ham iqtisodiy inqirozlarning yuzaga shiqish imkoniyatini saqlaydi. Kapitalizmgacha bo‗lgan davrlarda ishlab chiqarishning keskin qisqarishi, odatda tabiiy ofatlar (qurg‗oqshilik, toshqinlar va x.k.) yoki urushlar va ularning keltiradigan vayronagarshiliklari bilan bog‗liq bo‗lgan. Yirik mashinali ishlab chiqarishga o‗tilgan davrdan keyingi vaqti-vaqti bilan iqtisodiyotni larzaga solib turuvchi iqtisodiy inqirozlar ijtimoiy takror ishlab chiqarishga siklik xarakterni kasb etadi.
Ko‗pchilik hozirgi zamon iqtisodchilari iqtisodiy sikllarning ob‘ektiv xarakterini tan olib, bu hodisani unga ta‘sir ko‗rsatuvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish orqali o‗rganishni tavsiya qiladi.
Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvshi va iqtisodiy rodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi. Bu tashqi omillar ichidan quyidagilarni ajratib ko‗rsatish mumkin:

  • urushlar, inqilobiy o‗zgarishlar va boshqa siyosiy lahzalar;

  • oltin, uran, neft va boshqa YAIMatli resurslar yirik konlarning ochilishi;

  • yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog‗liq ravishda aholi migratsiyasi, yer shari aholisi sonining o‗zgarib turishi;

  • ijtimoy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o‗zgartirishga qodir bo‗lgan texnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o‗zgarishlar.

Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tuchuntiruvshi nazariyani, eksternal nazariya deb atash qabul qilingan. Internal nazariya iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o‗ziga xos ishki omillar tug‗diradi deb hisoblaydi.
Asosiy kapitalning jismoniy xizmat muddati, ko‗pchilik iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy siklni tug‗diruvchi muhim omillardan biri sifatida qaraladi.
Agar bir yoki bir necha tarmoqda, mashina -uskunalarga talabning keskin ortishi keltirib chiqaradigan iqtisodiy o‗sish boshlansa, to‗liq tabiiyki, bu hol mashina va uskunalar to‗liq eskiradigan har 10-15 yildan keyin takrorlanadi.
Boshqa ichki omillardan qo‗yidagilar ajratib ko‗rsatiladi:

  • Shaxsiy iste‘molning o‗zgarishi (qisqarishi yoki kengayishi);

  • investitsiyalar, ya‘ni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi ish joylarini vujudga keltirishga yo‗naltiriladigan mablag‗lar hajmi;

  • ishlab chiqarish, talab va takliflar hajmiga ta‘sir ko‗rsatishga qaratilgan davlatning iqtisodiy siyosatining o‗zgarishi;

Iqtisodiy sikllarning kelib chiqishini faqat eksternal yoki internal nazariya orqali tushuntirish ko‗pam to‗g‗ri emas. Iqtisodiy sikl va umuman iqtisodiy tizimdagi miqdoriy va sifat o‗zgarishlar tashqi va ishki omillar oqibatida kelib chiqishi mumkin emas.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling