Fanidan o„quv-uslubiy majmua


Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari


Download 0.98 Mb.
bet61/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

5.Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari.
Milliy iqtisodiyotdagi muvozanatlik uning turli tomonlari va sohalari o‗rtasida mutanosiblik bo‗lishini taqozo qiladi.
Iqtisodiy mutanosiblik – iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o‗rtasida miqdor va sifat jihatdan ma‘lum moslik bo‗lishidir. Bunda tenglik bo‗lishi shart emas. Ular mos keluvshi (2:3, 5:3, 3:1) nisbatlarida bo‗lishi mumkin.
Makroiqtisodiy jarayon g‗oyat murakkab va ko‗p qirrali bo‗lishi sababli mutanosiblik turlari ham ko‗p va xilma-xil. Ularning barchasini umumlashtirib mutanosiblikning quyidagi guruhlari tarkibiga kiritish mumkin.
Umumiqtisodiy xarakterdagi mutanosibliklar. Bunga milliy daromaddagi tarkibiy qismlar: iste‘mol fondi va jamg‗arish fondi o‗rtasidagi: iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar massasi bilan pul massasi o‗rtasidagi: aholining daromadlari bilan xarajatlar o‗rtasidagi mutanosibliklarni misol qilib ko‗rsatish mumkin.

  1. Tarmoqlararo mutanosibliklar. Milliy iqtisodiyotning muvozanatini ta‘minlashda tarmoqlararo mutanosibliklar alohida o‗rin tutadi. Mamlakat xalq xo‗jaligi juda ko‗p tarmoq va sohalardan iborat bo‗lib, ularning rivojlanishi bir-biriga taqozo qiladi. Bir tarmoqda yaratilgan mahsulot boshqa tarmoqda iste‘mol qilinadi yoki pirovard mahsulotga aylantirilib o‗z iste‘molchisini topadi. Masalan, qishloq xo‗jalik mahsulotlarning ko‗pshilik qismi G‗paxta, g‗alla, pilla, sut va r.k.G‗ sanoatning tegishli tarmoqlarida qayta ishlanib, pirovard mahsulotga aylantiriladi va iste‘molchilik tovarlari bozoriga shiqariladi. O‗z navbatida sanoatning ishlab chiqarish vositalari yaratadigan sohalarning mahsulotlari xalq xo‗jaligining boshqa tarmoqlari qishloq xo‗jaligi, qurilish va h. k.da unumli iste‘mol qilinadi. Bu ularning bir-biriga bog‗liqlikda rivojlanishini taqozo qiladi. Tarmoqlararo mutanosibliklarga sanoat bilan qishloq xo‗jaligi va xalq xo‗jaligining boshqa tarmoqlari o‗rtasidagi mutanosibliklar misol bo‗ladi.

  2. Tarmoq ichidagi mutanosibliklar. Tarmoqlararo mutanosiblik va milliy ishlab chiqarish darajasidagi muvozanatlik tarmoqlar ishidagi mutanosiblik orqali ta‘minlanadi. Tarmoqlar ishidagi mutanosiblik alohida olingan tarmoq tarkibidagi soha va ishlab chiqarishlar o‗rtasidagi bog‗liqlikni ifodalaydi. Masalan, sanoatning ishlab chiqarish vositalari va iste‘mol buyumlari ishlab chiqaradigan sohalari, qishloq xo‗jaligining dexqonshilik va shorvashilik sohalari o‗rtasidagi mutanosibliklar va r. k. Shu bilan birga ta‘kidlab o‗tilgan sohalarning ishidagi tarkibiy bo‗linmalar o‗rtasida ham bog‗liqlik bo‗lishi zarur. Masalan, sanoatning qazib olish va qayta ishlash tarmoqlari, shorvashilikning sut va go‗sht ishlab chiqarish sohalari o‗rtasida va boshqalar

  3. Hududiy mutanosibliklar. Iqtisodiy rivojlanish mamlakat ayrim hududlari o‗rtasidagi bog‗liqlikni ham taqozo qiladi. YUzaki qaraganda hududlar o‗rtasidagi mutanosibliklarning mamlakat iqtisodiy rivojidagi roli to‗liq namoyon bo‗lmaydi. Lekin alohida hududiy bo‗linmalar (viloyat, tuman, shahar va boshqa hududiy birliklar) ning birbiriga iqtisodiy va tashkiliy jihatdan bog‗liqligi, ixtisoslashish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi va kommunikatsiya nuqtai-nazaridan qaralsa, bu bog‗liqlikning ahamiyati yaqqol ko‗rinadi.

  4. Davlatlaharo mutanosibliklar. Bu mutanosiblikni ikki rolat taqozo qiladi. Birinchidan, dunyoning ko‗pshilik mamlakatlari xalqaro Mehnat taqsimoti orqali bir-biri bilan bog‗langan, ikkinchidan, shu bog‗liqlik orqali milliy ishlab chiqarishning bir qismi chet elliklar tomonidan xarid qilinadi yoki milliy ishlab chiqaruvchilar o‗z iste‘molining bir qismini chetdan keltirilgan mahsulotlar hisobiga qondiradi. Bu bog‗liqlik qanchalik katta bo‗lsa, sof eksport hajmi orqali makroiqtisodiy muvozanatlikka shunchalik kushli ta‘sir ko‗rsatadi.

Mamlakatda mavjud bo‗lgan iqtisodiy resurslardan samarali foydalangan holda jamiyatning ehtiyojlarini to‗laroq qondirib borish.
To‗la bandlilikka erishish, ya‘ni Mehnat qilishga layoqatli bo‗lgan va ishlashni xorlaganlarni to‗liq va samarali ish bilan ta‘minlash.Narx-navoning nisbiy barqarorligiga erishish va uni inflyatsiya ta‘siridan xoli qilish.
Iqtisodiyotning bir maromda o‗sib borishini yetarli darajada investitsiya bilan ta‘minlash va muomaladagi pul massasiga bog‗lab borish. Eksport va importni muvofiqlashtirish asosida tashqi savdo balansining faolligiga erishish. Bu maqsadlar faqatgina ularga intilish bo‗lib, bunga erishish muqarhar ekanligini bildirmaydi. Chunki mutloq muvozanatga erishish mumkin emas, u buzilib va qaytadan tiklanib turishi orqali iqtisodiy o‗sish notekis boradi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling