Fanidan o„quv-uslubiy majmua


Iqtisodiy muvozanatlik, uni ta‟minlash shart-sharoitlari va aniqlash usullari


Download 0.98 Mb.
bet60/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

4.Iqtisodiy muvozanatlik, uni ta‟minlash shart-sharoitlari va aniqlash usullari
Iqtisodiyot barqaror rivojlanishi uchun uning tomonlari o‗rtasida ma‘lum muvozanat bo‗lishini taqozo qiladi. Iqtisodiy muvozanat deb iqtisodiy jarayonlar, rodisalarning ikki yoki bir nesha tomonining bir – biriga mos kelgan holatiga aytiladi. Shuning uchun ham butun iqtisodiyotning muvozanati to‗g‗risida gap borganda eng avvalo yalpi talab va yalpi taklif o‗rtasidagi tenglik e‘tiborga olinadi.
Makroiqtisodiyotda iqtisodiy muvozanatlikning shakllanish jarayoni va uni ta‘minlash ancha murakkab va ziddiyatli. Chunki u o‗z ishiga xususiy va umumiy xarakterdagi bir qator muvozanatlar tizimini oladi.
Xususiy muvozanatlik — bu ikkita o‗zaro bog‗liq bo‗lgan iqtisodiy miqdorlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi. Xususiy muvozanatlik ishlab chiqarish va iste‘mol, aholining sotib olish layoqati va tovar taklifi masalalari, byudjet daromadlari va xarajatlari, aholida tovarlarga talab va taklif o‗rtasidagi muvozanatliklar ko‗rinishida chiqadi. Bu muvozanatliklar ishida Prezidentimiz I.A.Karimov ta‘kidlab o‗tganlaridek: «...ichki bozorda talab bilan taklif o‗rtasida mutanosiblikka erishish, ya‘ni chiqarilgan pul miqdori bilan unga sotib olinadigan mollar salmog‗i o‗rtasida to‗g‗ri nisbatni ta‘minlash g‗oyat katta rol o‗ynaydi.»
Umumiy muvozanatlik jamiyat barcha ehtiyojlari va milliy ishlab chiqarish hajmining o‗zaro teng kelishini bildiradi. Umumiy iqtisodiy muvozanatlik bozor sharoitida, avvalo, yalpi talab va yalpi taklifning teng kelishida ko‗rinadi. Bu nafaqat iste‘molchilik ne‘matlariga, balki ishlab chiqarish vositalariga, ishchi kuchiga hamda barcha iqtisodiy faoliyat natijalariga umumiy talab va taklifning muvofiq kelishidir.
Umumiy iqtisodiy muvozanatlik bir qator shart-sharoitlarni taqoza qiladi. Birinchidan, bu ijtimoiy maqsadlar va iqtisodiy imkoniyatlarning mos kelishidir.
Ikkinchidan, iqtisodiy muvozanatlik mamlakatdagi barcha iqtisodiy resurslardan samarali foydalanadigan xo‗jalik mexanizmini taqozo qiladi.
Uchinchidan, muvozanatli ishlab chiqarishning umumiy tarkibiy tuzilishi iste‘molning tarkibiy tuzilishiga mos kelishi lozimligini bildiradi. To‗rtinshidan, iqtisodiyotda muvozanatlikning umumiy shart-sharoitlari bo‗lib, bozor muvozanati, ya‘ni barcha asosiy bozorlar (tovarlar, resurslar, ishchi kuchi va rokazolar)da talab va taklif muvozanatga erishishi xizmat qiladi. Iqtisodiy muvozanatlik erkin raqobat bozorida barcha xaridorlar tengligi, iqtisodiy vaziyat barqarorligi kabi qator shart-sharoitlarni ham taqazo qiladi.
Real hayotda iqtisodiyot doimiy xarakatda va to‗xtovsiz rivojlanish holatida bo‗ladi. Iqtisodiy sikl fazalarida, bozor konyukturasi, bozor sub‘ektlari daromadlari va talabi tarkibida o‗zgarishlar ro‗y berib turadi. Bularning hammasi muvozanatli rolatni turg‗un iqtisodiyotdagi shartli umumiy muvozanatlik sifatida qarab chiqishni taqazo qiladi.
Shunday qilib makro darajada umumiy iqtisodiy muvozanatlik-bu mamlakat butun iqtisodiyotning mutanosibligidir. Bu barcha sohalar, tarmoqlar, xo‗jaliklarning me‘yorida rivojlanishini ta‘minlaydigan iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashshilari hamda barcha bozordagi o‗zaro bog‗liq va bir-birini taqazo qiladigan muvozanatliklar tizimini o‗z ishiga oladi.
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda asosan ikkita o‗zaro bog‗liq usuldan foydalaniladi: 1. YAlpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli. 2. Jamg‗arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli.
YAlpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish umumiy hajmining miqdoriy ko‗rsatkishi sifatida sof milliy mahsulot (SMM), iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste‘mol hajmi va investitsiyalarga sarflarning umumiy summasi olinadi. Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi — bu ishlab chiqarishning shunday hajmiki, u ishlab chiqarish mazkur hajmini sotib olish uchun yetarli umumiy sarflarni ta‘minlaydi. Boshqacha aytganda, sof milliy mahsulot muvozanatli darajasida ishlab shiqarilgan tovarlarning umumiy miqdori (SMM) xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga teng bo‗ladi.
To‗liq bandlik sharoitida yalpi sarflar SMM hajmi bilan mos kelmasligi mumkin. Bu mos kelmaslik resession yoki inflyatsion farqda ifodalanadi. YAlpi sarflarning SMM hajmidan kam bo‗lgan miqdori resession, yalpi sarflarning SMM hajmidan ortiqsha bo‗lgan miqdori inflyatsion farq deyiladi. Jamg‗arma va investitsiyalarni taqqoslash usulining mohiyati shundaki, ishlab shiqarilgan mahsulotning har qanday hajmi shunga mos daromad hajmini beradi. Biroq aholi bu daromadning bir qismini iste‘mol qilmasdan jamg‗arishga qo‗yish mumkin. Jamg‗arish, sarflar — daromadlar oqimidan potensial sarflarni olib qo‗yish hisoblanadi. Bunda jamg‗armaga qo‗yilgan mablag‗ investitsiyalar bilan to‗liq qoplansa, yalpi sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng bo‗ladi.
Investitsion sarflarning ko‗payishi, ishlab chiqarish hajmi va daromad darajasining o‗sishiga olib keladi. Bu o‗zaro natija multiplikator samarasi deyiladi. Multiplikator samarasi — bu sof milliy mahsulotdagi o‗zgarishning sarflardagi (investitsiyalardagi) o‗zgarishga nisbati.
Реал СММ даги ґзгариш
Multiplikator samarasi =
Инвестицион сарфлардаги ґзгариш SMM dagi o‗zgarish q multiplikator x Investitsiyalardagi o‗zgarish.
Agar investitsion sarflarning 5 mlrd. so‗mga ko‗payishi, sof milliy mahsulotning 20 mlrd. so‗mga ortishiga olib kelsa multiplikator samarasi 4 ga (20:5), SMMdagi o‗zgarish 20 mlrd. so‗mga (4x5) teng bo‗ladi.
Investitsion sarflardagi o‗zgarishdan tashqari iste‘mol, davlat xaridi yoki eksportdagi o‗zgarishlar ham multiplikator samarasiga ta‘sir ko‗rsatadi.
Multiplikator samarasi ikkita rolatga asoslanadi. Birinchidan, iqtisodiyotda bir sub‘ekt tamonidan qilingan sarf, boshqasi tomonidan daromad shaklida olinadi. Ikkinchidan, daromaddagi har qanday o‗zgarish iste‘mol va jamg‗arishda xuddi shunday yo‗nalishda o‗zgarish bo‗lishiga olib keladi. Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda yuqoridagi usullardan tashqari balans usulidan va «xarajat va natija» larni taqqoslash usulidan ham foydalaniladi. Balans usulida tarmoqlararo balans, moddiy, moliyaviy va ishchi kuchi balanslaridan foydalanilib iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi. «Xarajat va natija»larni taqqoslash usulida ishlab chiqarishga qilingan iqtisodiy resurs xarajatlari miqdori olingan mahsulot hajmi bilan taqqoslanib muvozanatlik darajasi tahlil qilinadi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling