Fanidan o„quv-uslubiy majmua


-MAVZU. IQTISODIY O„SISh VA MILLIY BOYLIK. IQTISODIY MUVOZANAT


Download 0.98 Mb.
bet57/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

11-MAVZU. IQTISODIY O„SISh VA MILLIY BOYLIK. IQTISODIY MUVOZANAT


VA MUTANOSIBLIK
Darsning o„quv maqsadi: talabalarda iqtisodiy o‗sish, uning turlari va ko‗rsatkichlari, omillari, milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi, iqtisodiy muvozanatlik, uni ta‘minlash shart-sharoitlari va aniqlash usullari, iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari to‗g‗risida tushuncha hosil qilishdan iborat.

Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar


Iqtisodiy rivojlanish, iqtisodiy o‗sish, iqtisodiy o‗sish mezoni, iqtisodiy o‗sish ko‗rsatkichlari, ekstensiv iqtisodiy o‗sish, intensiv iqtisodiy o‗sish, milliy boylik, moddiy– buyumlashgan boylik, tabiiy boylik, ma‘naviy boylik, iqtisodiy muvozanat, xususiy muvozanat, umumiy muvozanat, multiplikator samarasi, iqtisodiy mutanosiblik. Asosiy savollar

  1. Iqtisodiy o‗sishning mazmuni, turlari va ko‗rsatkichlari

  2. Iqtisodiy o‗sishning omillari

  3. Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi

  4. Iqtisodiy muvozanatlik, uni ta‘minlash shart-sharoitlari va aniqlash usullari.

  5. Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari

1.Iqtisodiy o„sishning mazmuni, turlari va ko„rsatkishlari


Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko‗p omilli va shu bilan birga ziddiyatli jarayon hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish resh qashon bir tekis, yuqorilab boruvchi shiziq bo‗yicha ro‗y bermaydi.
Iqtisodiy rivojlanish o‗z ishiga yuksalish va inqiroz davrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o‗zgarishlarni, ijobiy va salbiy tamonlarni olib notekis boradi.
Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo‗lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo‗lgan iqtisodiy o‗sish ko‗proq tahlil qilinadi. Iqtisodiy o‗sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismi bo‗lib, o‗z ifodasini real YaMM (YaIM) hajmining va uning aholi jon boshiga ko‗payishida topadi.
Iqtisodiy o‗sishga tarixiy jihatdan yondashilganda, u bir xil suratlarda va bir tekis bormaydi. Tarixda iqtisodiy o‗sish suratlarining jadallashish, jiddiy pasayish va ratto sheklanish davrlari ma‘lum. Agar katta tarixiy bosqishlar olib qaraladigan bo‗lsa, jahon va milliy iqtisodiyotda, barqaror iqtisodiy o‗sish, ishlab chiqarishning har tomonlama taraqqiyot manzarasi hosil bo‗ladi. Shu bilan birga iqtisodiy o‗sish nafaqat miqdor, balki muayyan sifat o‗zgarishlari shaklida ham namoyon bo‗ladi. Prezidentimiz I.Karimov ta‘kidlab o‗tganlaridek: «Iqtisodiy rivojlanish sur‘atlari haqida gapirganda... uning mezonlariga va eng avvalo, sifat ko‗rsatkishlariga ko‗proq e‘tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday o‗sishlar iqtisodiyotimizda yuz behayotgan tarkibiy o‗zgarishlar, uning izshil va barqaror rivoji uchun xizmat qilishi, xalqimizning hayot darajasini yuksaltirishga, bir so‗z bilan aytganda, amaliy hayotimizni yaxshilashga olib kelishi lozim». Shunday ekan iqtisodiy o‗sish bevosita yalpi milliy mahsulot miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‗payishi hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi. Mahsulotning o‗sish sur‘ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining o‗zgarishi o‗rtasidagi nisbat iqtisodiy o‗sishning ekstensiv yoki intensiv turlarini belgilab beradi.
Ekstensiv iqtisodiy o‗sishga ishlab chiqarishning avvvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‗payishi tufayli erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki rissa ko‗paytirish uchun mavjud korxona bilan bir qatorda o‗rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo‗yicha xuddi o‗shanday yana bir korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‗zgarmay qoladi.
Iqtisodiy o‗sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish: yanada progressivroq ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‗llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yo‗li bilan erishiladi. Intensiv yo‗l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining o‗sishida, mahsulot sifatining oshishida o‗z ifodasini topadi. Bunda mahsulot ishlab chiqarishni ikki rissa oshirish uchun mavjud korxonaga teng bo‗lgan yana bir korxona qurishga rojat yo‗q. Bu natijaga ishlab turgan korxonani rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta qurollantirish, mavjud resurslardan yaxshiroq foydalanish hisobiga erishish mumkin.
Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud bo‗lmaydi, balki muayyan uyg‗unlikda, bir-biri bilan qo‗shilgan tarzda bo‗ladi. Shu sababli ustivor ekstensiv va ustivor intensiv iqtisodiy o‗sish turlari tahlil qilinadi.
Iqtisodiy o‗sish murakkab va ko‗p qirhali jarayondir. Shu sababli uni baholash uchun qandaydir bitta ko‗rsatkish kifoya qilmaydi, muayyan ko‗rsatkishlar tizimi talab qilinadi. Bu ko‗rsatkishlar tizimida jismoniy va qiymat ifodasidagi ko‗rsatkishlar farqlanadi.
Iqtisodiy o‗sishning jismoniy ko‗rsatkishlari ancha aniq natija beradi, (chunki ular inflyatsiya ta‘siriga berilmaydi), lekin unversal emas (iqtisodiy o‗sish sur‘atlarini hisoblashda har xil ne‘matlar ishlab chiqarishni umumiy ko‗rsatkishga keltirish qiyin). qiymat ko‗rsatkishlar keng qo‗llaniladi, ammo har doim ham uni inflyatsiyadan to‗liq «tozalash» mumkin bo‗lavermaydi. Shu sababli iqtisodiy o‗sish sur‘atlari qiyosiy yoki doimiy narxlarda hisoblanadi.
Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy o‗sishning asosiy qiymat ko‗rsatkishlari quyidagilar hisoblanadi:

  • YAMM (YAIM) yoki milliy daromadning mutloq hajmi va uning o‗sish sur‘ati;

  • YAMM (YAIM) yoki milliy daromadning aholi jon bosh hisobiga to‗g‗ri keladigan miqdori va uning o‗sish sur‘ati;

  • YAMM (YAIM) yoki milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga to‗g‗ri keladigan miqdori va uning o‗sish sur‘ati;

Iqtisodiy o‗sishni aniqlashda har ushala ko‗rsatkishdan ham foydalanish mumkin, lekin ularning ahamiyati turlisha.
Masalan: agar diqqat markazida iqtisodiy potensial muammosi tursa, birinchi ko‗rsatkishdan foydalanish ko‗proq mos keladi. Alohida mamlakat va regionlardagi aholining turmush darajasini taqqoslashda, ko‗proq ikkinchi ko‗rsatkishdan foydalaniladi. Iqtisodiy samaradorlikni baholashda uchinchi ko‗rsatkishga ustivorlik beriladi. Odatda iqtisodiy o‗sish % (foiz) da o‗sishning yillik sur‘ati sifatida aniqlanadi. Masalan, agar o‗tgan yili real YAMM 60 mlr. so‗mni va joriy yilda 70 mlr. so‗mni tashkil qilgan bo‗lsa, o‗sish sur‘atini joriy yildagi real YAMM ning bazis davrdagi hajmiga bo‗lish yo‗li bilan aniqlash mumkin. Bu holda o‗sish sur‘ati 16,6% ni (70G‗60*100) tashkil qiladi. Mamlakatning iqtisodiy o‗sish sur‘atini xarakterlaydigan ko‗rsatkishlar (real YAMM va aholi jon boshiga real YAMMning o‗sishi) miqdoriy ko‗rsatkishlar bo‗lib, ular

  • birinchidan mahsulot sifatining oshishini to‗liq hisobga olmaydi va shu sababli farovonlikning haqiqiy o‗sishini to‗liq xarakterlab berolmaydi;

  • ikkinchidan, real YAMM va aholi jon boshiga YAMMning o‗sishi bo‗sh vaqtning sezilarli ko‗payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko‗rsatilishiga olib keladi, – uchinchidan, iqtisodiy o‗sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof muritga va insonning hayotiga salbiy ta‘sirini hisobga olmaydi.

Iqtisodiy o‗sishning alohida tomonlarini xarakterlovshi ko‗rsatkishlari ham mavjud bo‗lib, ulardan asosiylari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasi, Mehnat unumdorligi va ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda massasi, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi kabilar hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi quyidagi ko‗rsatkichlar bilan xarakterlanadi: a) ishlab chiqarish vositalarining rivojlanish darajasi, ya‘ni uning unumdorligi.
b) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi.
v) ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili o‗rtasidagi nisbat.
g) Mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi va kooperatsiyasi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling