Fanidan o„quv-uslubiy majmua


Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar


Download 0.98 Mb.
bet53/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar


Iste‘mol, shaxsiy iste‘mol, unumli iste‘mol, iste‘molchilik sarflari, jamg‗arish, iste‘molga o‗rtacha moyillik, jamg‗armaga o‗rtacha moyillik, iste‘molga qo‗shilgan moyillik, jamg‗arishga qo‗shilgan moyillik, iqtisodiy jamg‗arish, jamg‗arish normasi, kapital qo‗yilmalar, investitsiyalar, investitsion faoliyat, investor, investitsiyalar samaradorligi. Asosiy savollar

  1. Iste‘mol va jamg‗arishning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o‗zaro bog‗liqligi

  2. Jamg‗arishning mohiyati, omillari va samaradorligi

  3. Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar

1.Iste‟mol va jamg„armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o„zaro bog„liqligi


Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, ya‘ni milliy daromad iste‘mol va iqtisodiy jamg‗arish maqsadlarida ishlatiladi. Iste‘mol keng ma‘noda jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni, uni iste‘mol qilishini bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste‘mol farqlanadi. Unumli iste‘mol bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‗lib, ishlab chiqarish vositalari va inson ishchi kuchining iste‘mol qilinishini, ya‘ni ulardan foydalanish jarayonini anglatadi. Shaxsiy iste‘mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro‗y berib, bunda iste‘mol buyumlaridan bevosita foydalaniladi yoki ular to‗liq iste‘mol qilinadi.
Iste‘mol jarayonida turli xil moddiy va ma‘naviy ne‘matlardan foydalaniladi. Iste‘mol qilinadigan ne‘mat turiga bog‗liq ravishda moddiy ne‘matlarni va xizmatlarni iste‘mol qilish ajratiladi. Individual yoki jamoa bo‗lib iste‘mol qilish ham farqlanadi. Alohida oila yoki jamiyat a‘zolarining ixtiyorida bo‗lgan moddiy ne‘matlarni iste‘mol qilish individual iste‘molga jamiyat a‘zolarining guruhlari moddiy ne‘mat va xizmatlardan foydalanishi jamoa bo‗lib iste‘mol qilishga kiradi. Iste‘mol fondi mablag‗laridan butun iqtisodiyot doirasida band bo‗lgan xodimlarning moddiy va madaniy ehtiyojlarini, shu jumladan boshqarish va mudofaa ehtiyojlarini qondirish uchun foydalaniladi. U butun aholining shaxsiy iste‘molini, aholiga ijtimoiy xizmat qiladigan muassasalardagi, shuningdek, ilmiy muassasalar va boshqarishdagi moddiy sarflarni o‗z ishiga oladi. Iste‘mol fondining shaxsiy daromad shaklida xodimlar qo‗liga kelib tushadigan qismi iste‘molchilik sarflari maqsadida ishlatiladi. Iste‘molchilik sarflari – bu aholi joriy daromadlarining tirikshilik ne‘matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi. Jamg‗arma – bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadlarida to‗planib borilishi. Uning hajmi uy xo‗jaliklari daromadidan iste‘molchilik sarflarini ayirib tashlash yo‗li bilan aniqlanadi. Daromad fondida iste‘molchilik sarflari ulushi qanchalik yuqori bo‗lsa jamg‗arma hajmi shunchalik kam bo‗ladi. Jamg‗armaning o‗sishi esa iqtisodiy ma‘noda mablag‗larning iste‘mol buyumlari xarid qilishdan investitsion tovarlarga yo‗naltirilishini bildiradi. Shu sababli daromadda iste‘molchilik sarflari va jamg‗arma nisbatining o‗zgarishi bir qator, ba‘zan qahama-qarshi oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Birinchidan, daromadlarning qandaydir qismini jamg‗armaga qo‗yish oqibatida u tovarlarda bo‗lgan talabda o‗z aksini topmaydi. Mahsulotning har qanday hajmini ishlab chiqarishdan olingan daromad to‗liq sarflangandagina jami talabni ta‘minlash uchun yetarli bo‗ladi. Demak jamg‗arma daromadlar - xarajatlar oqimida nomutanosiblik bo‗lishiga olib keladi. Jamg‗arma daromadlardan mablag‗larni olib qo‗yishni bildirib iste‘molchilik sarflar barcha ishlab chiqarilgan mahsulotni sotib olish uchun yetarli bo‗lmay qolishini bildiradi. Agar aholi o‗z daromadining qandaydir, qismini jamg‗arsa, o‗zining xususiy talabini vujudga keltirmaydi. Buning natijasi sotilmay qolgan tovarlarning ko‗payishi, ishlab chiqarishning qisqarishi, ishsizlik va daromadlarning pasayishi bo‗lishi mumkin. Boshqa tomondan jamg‗arma talabning yetishmasligiga olib kelmasligi ham mumkin, chunki jamg‗arilgan mablag‗lar tadbirkorlar tomonidan investitsion maqsadlarda ishlatiladi. Bu iste‘molchilik sarflarining har qanday yetishmasligini qoplaydi va jamg‗arma keltirib chiqaradigan iste‘moldagi har qanday yetishmaslikni to‗ldiradi. Uchinchidan, korxonalar ham o‗zining barcha mahsulotini iste‘molchilarga sotishni ko‗zda tutmaydi, balki uning bir qismidan ishlab chiqarish vositalari shaklida foydalanishi mumkin. Shunday qilib, agar tadbirkorlar aholining jamg‗armalariga teng miqdordagi mablag‗larni investitsiyalarga qo‗yishni ko‗zda tutsa, ishlab chiqarish darajasi doimiy bo‗lib qoladi. Iste‘mol va jamg‗arma darajasini aniqlab beruvshi asosiy omil milliy daromad hisoblanadi. Lekin milliy daromad tarkibida to‗g‗ri soliqlar ham mavjud bo‗ladi. Shu sababli soliqlar to‗langandan keyin aholi qo‗lida qoladigan daromad iste‘molchilik sarflari va shaxsiy jamg‗arma yig‗indisiga teng bo‗ladi. Iste‘mol va shaxsiy jamg‗armaning darajasi bevosita soliqlar to‗langandan keyingi qolgan daromad bilan aniqlanadi. Demak bu daromad iste‘molning ham, jamg‗armaning ham umumiy omili hisoblanadi. Chunki jamg‗arma daromadning iste‘mol qilinmaydigan qismi hisoblansa, soliqlar to‗langandan keyingi daromad shaxsiy jamg‗armani aniqlab beradigan asosiy omil bo‗lib chiqadi. Har yilgi haqiqiy iste‘mol miqdori va soliqlar to‗langandan keyingi daromad o‗rtasidagi farq shu yildagi jamg‗arma miqdorini aniqlaydi.
Qarab chiqilgan omil ta‘sirida iste‘mol va jamg‗arma darajasining o‗zgarishini quyidagi jadvalda tuchuntihamiz. Tahlil uchun shartli ma‘lumotlardan foydalanamiz. jadval.
Iste‘mol va jamg‗arma darajasi, mlrd., so‗m (shartli ma‘lumotlar)

Yillar

Daromad
darajasi (D)

Iste‘mol (I)

Jamg‗arma
(J)

IO‗M

JO‗M

IqM

JqM

2000

1500

1300

200

0,87

0,13

-

-

2005

1800

1500

300

0,83

0,17

0,67

0,33

2010

2200

1700

500

0,77

0,23

0,50

0,50


1

2

3 (1-2)

4 (2:1)

5(3:1)

6(2:1)

7 (3:1)

Jadval ma‘lumotlaridan xulosa shiqarib aytish mumkinki, birinchidan, aholi daromadining asosiy qismi iste‘molga sarflanadi, qolgan qismi jamg‗armaga ajratiladi. Ikkinchidan, iste‘mol ham, jamg‗arish ham daromadlar darajasiga bevosita bog‗liq bo‗ladi.
Aholi daromadining iste‘molga ketadigan ulushi iste‘molga o‗rtacha moyillik deyiladi (IO‗M).
Aholi daromadining jamg‗armaga ketadigan ulushi esa jamg‗armaga o‗rtacha moyillik (JO‗M) deyiladi. Ya‘ni:

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling