Fanidan o„quv-uslubiy majmua


Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar


Download 0.98 Mb.
bet55/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

3.Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar.
Investitsiyalar sarflarning ikkinchi tarkibiy qismi hisoblanadi. Investitsiyalar darajasi jamiyat milliy daromadi hajmiga sezilarli ta‘sir ko‗rsatadi; milliy iqtisodiyotdagi ko‗plab mutanosibliklar uning o‗sish sur‘atiga bog‗liq bo‗ladi. Investitsiyalar mamlakat miqyosida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ob‘ektlari qurish, stanok, uskuna va shu kabi uzoq muddatli foydalaniladigan asosiy kapitallarni sotib olish, ishga tushirish bilan bog‗liq sarflarni bildiradi.
Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni ko‗paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga pul shaklidagi qo‗yilmadir. U pul mablag‗lari, bank kreditlari, aksiya va boshqa qYAIMatli qog‗ozlar ko‗rinishida amalga oshiriladi. Investitsiyalarni ro‗yobga chiqarish bo‗yicha amaliy xarakatlar - investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvshi shaxs - investor deyiladi. Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:

  • investorlarning o‗z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg‗armalari va h.k.);

  • qarz olingan moliyaviy mablag‗lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari);

  • jalb qilingan moliyaviy mablag‗lar (aksiyalarni sotishdan olingan mablag‗lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to‗lovlari); - byudjetdan investitsiyalarni moliyalashtirish.

2000 yilda O‗zbekistonda investitsion qo‗yilmalarning 26,4% korxonalarning o‗z moliyaviy mablag‗lari hisobiga, 30,3% byudjet mablag‗lari hisobiga amalga oshirilgan1.
Investitsiyalarning manbalaridan biri aholi keng qatlamlari (ishchilar, o‗qituvshilar, vrashlar va boshqalar) jamg‗armasi hisoblanadi. Muammo shundan iboratki, jamg‗arma xo‗jalik yurituvshi bir guruh tomonidan amalga oshiriladi, investitsiyalar esa shaxslar yoki xo‗jalik yurituvshi sub‘ektlarning butunlay boshqa guruhi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. O‗z-o‗zidan aniqki, investitsiyalar manbai bo‗lib iqtisodiyotda faoliyat qiluvchi sanoat, qishloq xo‗jalik va boshqa korxonalar foydasi ham hisoblanadi. Bu yerda ―jamg‗aruvchi‖ va ―investor‖ bir-biriga to‗g‗ri keladi.
O‗zbekistonda kapital quyilmalarda nodavlat sektorining ulushi 1991 yildagi 24 %dan, 2000 yil 34,7% ga yetgan. Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi:
1) Tadbirkorlar investitsiyalarga sarflardan olish ko‗zda tutilgan, kutilayotgan sof foyda normasi va 2) foiz stavkasi.
I. Investitsiyalarga qilinadigan sarflarning xarakatlantiruvchi motivi foyda hisoblanadi. Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini qachonki ular foyda keltiradigan bo‗lsa, sotib oladi.
Investitsiyalar darajasini belgilaydigan ikkinchi omil foizning real stavkasi hisoblanadi. Foiz stavkasi bu - real asosiy kapitalni sotib olish uchun zarur bo‗lgan band qilingan pul kapitaliga korxona to‗lash zarur bo‗lgan pul miqdori hisoblanadi. Agar kutilayotgan sof foyda normasi (10 %) foiz stavkasi (7 %) dan ortiq bo‗lsa investitsiyani amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‗ladi. Aksincha foiz stavkasi (aytalik, 12%) kutilayotgan sof foyda normasidan (10%) ortiq bo‗lsa, investitsiyalash samarasiz hisoblanadi. Investitsiya darajasiga kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasidan tashqari boshqa quyidagi omillar ham ta‘sir ko‗rsatadi.
1.Mashina va uskunalarni xarid qilish, ishlatish va ularga xizmat ko‗rsatish xarajatlari.

  1. Tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori.

  2. Texnologik o‗zgarishlar.


Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling