Fanidan o„quv-uslubiy majmua


Iqtisodiy o„sishning omillari


Download 0.98 Mb.
bet58/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

2.Iqtisodiy o„sishning omillari
Iqtisodiy o‗sishga ta‘sir ko‗rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar iqtisodiyotning jismoniy o‗sish layoqatini belgilab beradi, ular taklif omillari deb ham ataladi. Bu omillar quyidagilar:
1) tabiiy resurslarning miqdori va sifati; 2) Mehnat resurslari miqdori va sifati;
3) asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi; 4) texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti.
Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o‗tish davrida amalga oshirilayotgan «tarkibiy o‗zgarishlar iqtisodiy o‗sishning hal qiluvchi omiliga aylanib bormoqda».
Iqtisodiy o‗sishga taqsimlash omillari ham ta‘sir qiladi. Ishlab chiqarish potensialidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy jarayonga to‗liq jalb qilingan bo‗lishi, balki juda samarali ishlatilishi ham zarur. Resurslarning o‗sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham zarur bo‗ladi.Iqtisodiy o‗sishga ta‘sir ko‗rsatuvshi, taklif va taqsimlash omillari o‗zaro bog‗liq va bir-birini taqozo qiladi. Masalan, resurslar miqdorining o‗sishi va sifatining yaxshilanishi, texnologiyani takomillashtirish iqtisodiy o‗sish uchun imkoniyat yaratadi. To‗liq bandlik va resurslarni samarali taqsimlash bunday o‗sishni ro‗yobga chiqaradi. Iqtisodiy o‗sishda resurslarni taqsimlash omillari ham o‗z o‗rniga ega bo‗lsa-da, bu muammoni tahlil qilishda asosiy e‘tibor taklif omillariga qaratilishi zarur. Mehnat unumdorligining o‗sishiga olib keluvshi omillarni to‗laroq qarab chiqamiz. Fan-texnika taraqqiyoti Mehnat unumdorligi va iqtisodiy o‗sishni ta‘minlovshi muhim omil hisoblanadi. Texnika taraqqiyoti o‗z ishiga nafaqat ishlab chiqarishning butunlay yangi usullarini, balki boshqarish va ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi shakllarini ham oladi. Umuman aytganda fan – texnika taraqqiyoti deyilganda provard mahsulot chiqarishni ko‗paytirish maqsadida mavjud resurslarni yangisha uyg‗unlashtirishni taqozo qiluvchi yangi usullarning topilishi ham tuchuniladi. Amaliyotda texnika taraqqiyoti va kapital qo‗yilmalar (indestitsiyalar) mustarkam o‗zaro bog‗liq, texnika taraqqiyoti ko‗pinsha yangi mashina va uskunalarga investitsiyalar qo‗yishga olib keladi. Masalan, atom energiyasidan foydalanish bo‗yicha texnologiyani qo‗llash uchun atom elektrostansiyalarini qurish zarur bo‗ladi. Birinchi qarashda texnika taraqqiyoti tarixiy va shiddatli ro‗y berish xarakteriga ega bo‗ladi. Gaz va yoqilg‗i dvigatellari, konvyer va yig‗ma liniyalar bizning hayotga o‗tmishning eng muhim yutuqlari sifatida kirib keldi.
chizma. Real mahsulot o„sishini aniqlab beruvchi omillari

1.Band bo‗lganlar soni
2.Ishlagan kishi soatlarining o‗rtacha miqdori.


Texnika taraqkiyoti.
Kapital qo‗yilmalar hajmi.

  1. Ta‘lim va malaka tayyor-garlik.

  2. Resurslarning joylash-tirish samaradorligi.

  3. Boshqa omillar.

mehnat sarflari
Bu chizma ko‗rsatadiki, real mahsulot ikki asosiy usulda ko‗paytirilishi mumkin:

  1. resurslarning ko‗proq hajmini jalb etilishi;

  2. ulardan ancha unumli foydalanish yo‗li bilan.

Respublika oldida texnika taraqqiyoti sohasidagi asosiy vazifa, ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyani qo‗llash, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarishning yangi usul va shakllarini joriy qilish hisoblanadi.
Mehnat unumdorligining o‗sishini aniqlab beruvshi asosiy omil har bir ishlovshiga to‗g‗ri keluvshi asosiy kapital hajmi hisoblanadi. Ma‘lum vaqt ishida, kapitalning hajmi mutloq ko‗payishi mumkin, ammo ishchi kuchi soni tezroq o‗ssa, Mehnat unumdorligi pasayadi, chunki har bir ishchining asosiy kapital bilan qurollanganlik darajasi kamayadi.
Ta‘lim va malakali tayyorgarlik, mehnat unumdorligini oshiradi va natijada ancha yuqori ish haqiga ega bo‗lish imkoniyatini beradi. Inson kapitaliga investitsiyalar qo‗yish Mehnat unumdorligini oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. O‗z - o‗zidan aniqki, ishchi kuchi sifatining eng oddiy ko‗rsatkichi ta‘lim darajasi hisoblanadi. Xozirgi davrda respublikamiz xalq xo‗jaligida band bo‗lganlarning 30%ga yaqini oliy va o‗rta maxsus ta‘limga ega. Lekin oliy va yoki o‗rta maxsus ta‘limga ega bo‗lganlar, aniq sohalardagi bilimlari darajasi bo‗yicha boshqa rivojlangan mamlakatlardagi ishchilardan ancha orqada va ko‗pchiligi ta‘lim olgan soxasi bo‗yicha faoliyat turida band emas. Shu sababli keyingi yillarda respublikamizda maktab, oliy va o‗rta maxsus bilim yurtlarida ta‘lim berishning progressiv (test va reyting) tizimlari joriy qilinmoqda. Kadrlar tayyorlashning milliy dasturida qo‗yilgan vazifalarni amalga oshirishda ham ijobiy natijalarga erishilmoqda.
Amaliy hayotda iqtisodiy o‗sishni to‗xtatib turuvchi omillar ham mavjud bo‗ladiki, ular Mehnat murofazasi, atrof muritning ifloslanishi va shu kabi rolatlar natijasida kelib chiqadi. Keyingi yillarda Respublikada davlat tomonidan atrof murit ifloslanishining oldini olish, xodimlar Mehnat sharoitini yaxshilash va sog‗lig‗ini murofaza qilishni tartibga solishda muhim tadbirlar amalga oshirildi. Bu o‗z navbatida iqtisodiy o‗sish sur‘atiga salbiy, ta‘sir ko‗rsatadi. Chunki bunday tadbirlarni amalga oshirish tegishli xarajatlarni taqozo qiladi. Shu orqali Mehnat unumdorligini oshirish uchun zarur bo‗lgan mablag‗lari boshqa tomonga jalb qilinadi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling