Fanidan o„quv-uslubiy majmua


Tarkibiy inqirozlar. Agrar inqirozlar va uning xususiyatlari


Download 0.98 Mb.
bet64/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

2.Tarkibiy inqirozlar. Agrar inqirozlar va uning xususiyatlari.
Iqtisodiyotdagi inqirozlardan bir ko‗rinishi yoki uning bir turi tarkibiy inqirozlardir. Bu inqirozlarni ishlab chiqarishning ayrim sohalari bilan tarmoqlar rivojlanishi o‗rtasidagi chuqur nomutanosibliklar keltirib chiqaradi.
Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar va shu jumladan iqtisodiy faollikning mavsumiy tebranishlari ham mavjud bo‗ladi. Masalan, bayhamlar arafasidagi xarid qilish, iste‘molchilik tovarlarining faollik sur‘atida, asosan chakana savdoda sezilarli har yillik tebranishlarga olib keladi. qishloq xo‗jaligi, avtomobil sanoati, qurilish ham qandaydir darajada mavsumiy tebranishlarga duchor bo‗ladi.
Iqtisodiy faollik iqtisodiyotdagi uzoq muddatli tamoyillarga, ya‘ni uzoq muddatli davr, masalan, 25, 50 yoki 100 yil davomida iqtisodiy faollikni ortishi yoki pasayishiga bog‗liq. Bu yerda shuni ta‘kidlash lozimki, ayrim mamlakatlarda (masalan AqSh) uzoq muddatli tamoyil sezilarli iqtisodiy o‗sish bilan xarakterlansa, boshqalari uchun iqtisodiy o‗sishning sekinlashuvi xos.
Iqtisodiy faollikning tebranishini tushuntiruvshi ko‗plab qarashlar mavjud bo‗lishiga qahamasdan ko‗pshilik iqtisodchilar, ishlab chiqarish va bandlik darajasini bevosita aniqlovchi omil umumiy yoki yalpi sarflar darajasi hisoblanadi, deb tasdiqlaydi.
Qishloq xo‗jaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar inqirozlar deb ataladi. Agrar inqirozlar quyidagi shakllarda namoyon bo‗ladi:1) qishloq xo‗jalik mahsulotlarining nisbiy ortiqcha ishlab chiqarilishi, uning sotilmay qolgan juda katta zaxiralarining to‗planishi.2) Narxlarning pasayishi, daromadlar va foydalarning kamayishi.3) Fermerlarning ommaviy ravishda xonavayron bo‗lishi, ularning qarzlarining ortishi.4) qishloq aholisi o‗rtasida ishsizlarning ko‗payishi. Qishloq xo‗jaligida takror ishlab chiqarish o‗ziga xos xususiyatlarga ega bo‗lganligi sababli, agrar inqirozlar o‗ziga xos xarakter kasb etadi. Agrar inqirozlar sanoat sikllariga qaraganda odatda ancha uzoqroqqa cho‗zilib boradi. Birinchi agrar inqiroz o‗tgan asrning 70-yillarida boshlanib, har xil shakllarda 90-yillar o‗rtasigacha davom qilgan edi.
Birinchi jahon urushidan keyin, aholining xarid qobiliyati juda pasayib ketgan sharoitda, 1920 - yil bahorida keskin agrar inqiroz boshlanib ketdi va ikkinchi jahon urushining boshlanishga qadar davom etdi. Uchinchi agrar inqiroz 1948 - yildan boshlanib, 80-yillargacha davom etdi. Agrar inqirozlarning cho‗zilib ketishining asosiy sabablari quyidagilar: a) yerga xususiy mulk monopoliyasi sharoitida, u qishloq xo‗jalik ishlab chiqarishining rivojlanishida sanoatga nisbatan orqada qolishni taqozo etadi; b) yer rentasining mavjud bo‗lishi va uning uzluksiz sur‘atda o‗sib borishi. yer rentasining, avvalo absolyut rentaning ko‗payishi qishloq xo‗jalik mahsulotlarini qYAIMatlashtirib yuboradi, buning natijasida uni sotish qiyinlashadi. v) Ko‗plab mayda dehqon xo‗jaliklarning mavjud bo‗lishi. Mayda ishlab chiqaruvchilar xo‗jalikni asosan o‗zi va oilasi uchun zarur tirikchilik vositalarini topish maqsadida yuritadi. Inqiroz sharoitida ham ular ishlab chiqarishni qisqartira olmaydilar. Tirikchiliklarini o‗tkazish va ijara haqini to‗lash uchun ishlab chiqarishni ilgarigi miqiyoslarda olib boraveradi. Bu hol qishloq xo‗jalik mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarishni yana ham ko‗paytirib yuboradi.
Agrar inqirozlar siklli xarakterga ega bo‗lmaydi. qishloq xo‗jalik mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarish absolyut xarakterga emas, balki nisbiy xarakterga ega. Chunki inqiroz ro‗y bergan mamlakatlarda million-million kishilar doimiy suratda ochlikda yashaydi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling