Fanidan o„quv-uslubiy majmua


-MAVZU. BOZOR MUNOSABATLARINI TARTIBGA SOLISh, DAVLATNING


Download 0.98 Mb.
bet75/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

15-MAVZU. BOZOR MUNOSABATLARINI TARTIBGA SOLISh, DAVLATNING


IQTISODIYOTDAGI ROLI
Darsning o„quv maqsadi: talabalarda davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi roli, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, uning maqsadi va vazifalari, davlatning iqtisodiyotga ta‘sir qilish usullari va vositalari to‗g‗risida tushuncha hosil qilishdan iborat.

Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar


Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish(IDTS), IDTS maqsadi, davlatning iqtisodiy vazifalari, IDTS usullari, bevosita usullar, bilvosita usullar, aholi daromadlari, ijtimoiy to‗lovlar, ijtimoiy siyosat.
Asosiy savollar

  1. Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi roli

  2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, uning maqsadi va vazifalari

  3. Davlatning iqtisodiyotga ta‘sir qilish usullari va vositalari

1.Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi roli


Milliy iqtisodiyotning samaradorligi ko‗p omilli ko‗rsatkish bo‗lib, bunda samaradorlikning erishilgan darajasi ko‗p jihatdan iqtisodiyotdagi davlat yoki bozor tizimining tutgan roliga bog‗liq bo‗lishi mumkin. Chunki ancha yuqori samaradorlikka, birinchidan, bozorning tartibga solish usullari orqali; ikkinchidan, iqtisodiyotni faqatgina yagona markazdan ongli ravishda markazlashgan boshqarish yo‗li bilan; uchinchidan, takror ishlab chiqarish jarayonida davlatning aralashuvi va bozor usullarini uyg‗unlashtirish orqali erilishiladi. Hozirgi davrda Respublikamizning milliy iqtisodiyoti rivoji uchun ko‗proq uchinchi yo‗l xarakterli xisoblanadi.
Iqtisodiy tafakkur tarixidan birinchi marta davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi A.Smit tomonidan ilmiy asosda ko‗rib chiqilgan. Uning "Xalqlar boyligining tabiati va sababalarini tadqiq qilish haqida" (1776 yil) degan kitobida bozor usullari orqali iqtisodiyotning o‗z-o‗zini tartibga solishning zarurligi ta‘kidlab o‗tilgan. A.Smitning fikrisha xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoaratidan to‗liq ozod bo‗lishi zarur. Ana shundagina ishlab chiqaruvchilar iste‘molchilar talabiga mos ravishda ishlab shikarishni tashkil qilish imkoniga ega bo‗ladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashishsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun xarakat kilishga majbur kiladi.
A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlariga har qanday aralashuvi oxir oqibatda faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb xisoblaydi. Masalan, davlat tomonidan belgilangan tashqi savdo tartib -qoidalari milliy iste‘molchilarga faqat zahar keltirishi mumkin. Haqiqatdan ham importga boj to‗lovi (poshlinasi) milliy ishlab chiqaruvchilarga ustunlik berib, ularning chet el sheriklariga nisbatan raqobatlashuv qobiliyatini oshiradi. Ammo bu oxir oqibatda ishlab chiqarishning ancha yuqori xarajatlari va past sifatini saqlab qolishiga olib keladi. Bunda past sifatli va narxi qYAIMat tovarlarni sotib olishga majbur bo‗lgan milliy iste‘molchilar yutqazadi.
A.Smitning "Tinch qo‗yish" nazariyasi, 1923 - 1933 yillarda bozor iqtisodiyotiga asoslangan deyarli barcha mamlakatlarni qamrab olgan iqtisodiy inqiroz davrida tanqidga ushradi. Iqtisodiy tanazzul va ommaviy ishsizlik davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini kushaytirishni taqazo qildi.
Davlatni iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi Djon M.Keynsning "Ish bilan bandlilik, protsent va pulning umumiy nazariyalari" nomli kitobida o‗z aksini topdi (1936). Bu kitobda muallif davlat fiskal va kreditli tartibga solish vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag‗batlantirishni va aholining ish bilan bandligini ta‘minlashi zarurligini isbotlaydi. Amalda gap davlatning uzluksiz ravishda krizisga qarshi siyosat o‗tkazishi, iqtisodiy inqirozning salbiy oqibatlarini tugatish va sanoat siklining o‗zgarishini yo‗qotish haqida ketadi. Keyns nazariyasi ancha tugal shaklda AQShda amalga oshirildi.
Urushdan keyingi davrda Keyns nazariyasidagi ko‗rsatmalar u yoki bu darajada bozor iqtisodi amalda ustun bo‗lgan barcha mamlakatlarda foydalaniladi. Shu bilan birga davlatning iqtisodiyotdagi rolining yanada ko‗proq oshib borishi ro‗y berdi. Hozirgi davrda davlat tomonidan tartibga solishni muhim maqsadi sifatida nafaqat sikliga qarshi tartibga solish va ish bilan bandlilikni ta‘minlash, balki iqtisodiy o‗sishning yuqori darajasini va yaxlit takror ishlab chiqarish jarayonini optimallash-tirishni rag‗batlantirish tan olinadi.
Ma‘muriy buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o‗tish sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvini nima belgilab beradi?- degan savol tug‗ilish tabiiy.
Birinchidan, davlat o‗ziga milliy iktisodiyotda bozor vositasida o‗z - o‗zini tartibga solish orqali bajarish mumkin bo‗lmagan yoki samarali bajarish mumkin bo‗lmagan vazifalarni oladi. Bunga mudofaani ta‘minlash, mamlakatda ishki tartibni saqlash va aholining kam ta‘minlangan qismini ijtimoiy rimoyalash kabilarni misol qilib keltirish mumkin.
Ikkinchidan, bozor iqtisodi sharoitida rususiy ishlab chiqarish va iste‘mol bir qator ijobiy va salbiy oqibatlarni tug‗diradi.
Bu oqibatlar bevosita uchinchi shaxs manfaatida aks etadi va demak kishilarning alohida guruhi va umuman jamiyat manfaatiga ta‘sir qiladi. Masalan, shiqitli texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishlarda tozalash qurilmalariga xarajatlarni tejash, xususiy ishlab chiqaruvchilar nuqtai nazaridan (u yoki bu korporatsiya yoki individual ishlab chiqarishga) foydali, atrof muritni ifloslanishiga olib kelishi esa boshqa kishilar uchun qo‗shimsha salbiy oqibatga ega.
Davlat yakka tadbirkor yoki istemolshidan farqli, jamiyat manfaatini ifodalab, qo‗shimsha ijobiy samarani rag‗batlantirishga va aksincha salbiy samara bilan bog‗liq faoliyatni tartibga solishi va sheklashga xarakat qilishi zarur.
Uchinchidan, davlatning iqtisodiy jarayonlariga aralashuvi shu sababli ro‗y beradiki, individual istemolshilar hamma vaqt u yoki bu tovarni iste‘mol qilishning oqibatlarini ob‘ektiv baholay olmaydi. Shu nuqtai nazardan, davlat foydali iste‘molni kengaytirish va aksincha sog‗lik uchun zahar tovarlar iste‘molini sheklash vazifasini o‗z zYAIMasiga oladi. Masalan, davlat tamaki mahsulotlari yuqori aksiz (egri) solig‗ini o‗rnatilib, bir tomondan o‗zining daromadini oshirsa, boshqa tomondan shu mahsulotni sotib olish talabini sheklaydi.
To‗rtinshidan, davlat o‗z zYAIMasiga bozorning tabiatidan kelib chiqadigan ayrim rolatlarni qisman yengillashtirish vazifasini oladi. Bozor hamma uchun to‗lovga qobil talabini qondirishga teng imkoniyatni ta‘minlaydi. Ammo bu bozorning milliy boylikni ijtimoiy - adolatli taqsimlashni ta‘minlashini bildirmaydi. Bunday sharoitda davlat aholining kam ta‘minlangan qatlamini turmush darajasi haqida g‗amxo‗rlik qilishi, pulsiz (yoki imtiyozli ) bilim berish, tibbiy xizmat ko‗rsatish va shu kabilarni o‗z zYAIMasiga oladi.
Beshinshidan, hozirgi sharoitda iqtisodiy o‗sishning barqaror izshilligini rag‗batlantirish vazifasi ham davlatning zYAIMasiga tushadi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling