Fanidan o„quv-uslubiy majmua


To„lov balansi, uning tuzilishi va taqchilligi


Download 0.98 Mb.
bet83/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

4.To„lov balansi, uning tuzilishi va taqchilligi.
To‗lov balansi - mamlakat rezidentlari (uy xo‗jaliklari, korxonalar va davlat) va chet elliklar o‗rtasida ma‘lum vaqt ohalig‗ida (odatda bir yilda) amalga oshirilgan barcha iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi. Iqtisodiy bitimlar - qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya‘ni tovarlar, ko‗rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlari o‗tishi bo‗yicha kelishuvlar. Har qanday bitim ikki tomoniga ega bo‗ladi va shu sababli to‗lov balansida ikki tomonlama yozuv tartibiga rioya qilinadi. Bitta bitim to‗lov balansining debet va kredit qismlarida o‗z ifodasini topadi. Kredit - qiymatning mamlakatdan chiqib ketishi bo‗lib, uning hisobiga mazkur mamlakat rezidentlari chet el valyutalarida qoplovshi to‗lovlar ekvivalentini oladi. Debet - qiymatning mazkur mamlakatga kirib kelishi bo‗lib, uning hisobiga rezidentlar chet el valyutalarning sarflaydi. To‗lov balansida kreditlar umumiy summasi debetlarning umumiy summasiga teng bo‗lishi zarur. To‗lov balansidagi barcha bitimlar o‗z ishiga joriy va kapital bilan operatsiyalarni olishi sababli u uchta tarkibiy qismdan iborat bo‗ladi:

  • joriy operatsiyalar hisobi:

  • kapital xarakati hisobi:

  • rasmiy ertiyotlarning o‗zgarishi.

To„lov balansining tuzilishi.

I. Joriy operatsiyalar hisobi

1. Tovar eksporti

2. Tovar importi

Tashqi savdo balansi qoldig‗i

Xizmatlar eksporti
(chet el turizmidan daromadlar va r.k. - kreditli xizmatlar)

Xizmatlar importi
(turizm uchun chet elga to‗lovlar va r.k. - kreditli xizmatlar)

5. Investitsiyalardan sof daromadlar (kreditli xizmatlardan sof daromadlar)

6. Sof transfertlar

Joriy operatsiyalar bo‗yicha balans qoldig‗i

II. Kapital xarakati hisobi

7. Kapital kirishi

8. Kapital oqib shiqishi

Kapital xarakati balansi qoldig‗i

Joriy operatsiyalar va kapital xarakati bilansi qoldig‗i

III. Rasmiy ehtiyojlarning o‗zgarishi.

Mamlakatning tashqi savdo balansi (to‗lov balansi) mazkur davlatning chet ellik sheriklari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarning holatini ifodalab, uning kredit-pul, valyuta, byudjet-soliq, tashqi savdo siyosatini amalga oshirish va davlat qarzlarini tartibga solishi uchun indikator bo‗lib xizmat qiladi.
Joriy operatsiyalar hisobi o‗z ishiga tovar va xizmatlar eksporti («q» belgisi bilan), import («-» belgisi bilan), investitsiyalardan sof daromad va sof transfertlarni oladi. Tovarlar eksporti va importi o‗rtasidagi farq savdo balansini tashkil qiladi.
Tovar eksporti kredit sifatida chiqib, milliy bankda chet el valyutalari zayiralarini vujudga keltiradi. Import esa («debet» grafasida «-» belgisi bilan) mamlakatdagi chet el valyutalari zayirasini qisqartiradi. Investitsiyalardan sof daromadlar (chet eldan sof omilli daromadlar) kreditli xizmatlardan olinadigan sof daromad hisoblanib, u chet ellarga qo‗yilgan milliy pul kapitali hisobiga keladi. Agar chet elga qo‗yilgan milliy pul kapitali hisobiga vujudga keladi. Agar chet elga qo‗yilgan milliy kapital mazkur mamlakatga qo‗yilgan chet el kapitaliga qaraganda foiz va devidentlarning ko‗proq xajimini keltirsa, bunda investitsiyalardan olinadigan sof daromad ijobiy, aks holda esa salbiy bo‗ladi.
Sof transfertlar xususiy va davlat mablag‗larning boshqa mamlakatlarga o‗tkazilgan summasini bildiradi (pensiya, sovg‗a, chet elga pul o‗tkazishlar yoki chet mamlakatlarga insonparvarlik yordamlari). Bunday to‗lovlar mamlakatda mavjud chet el valyutalari zayirasini kamaytiradi.
Makroiqtisodiy modelda joriy operatsiyalar hisobi qoldig‗i quyidagicha ifodalanadi.

X

-

M


Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling