Fanidan o„quv-uslubiy majmua


-MAVZU. JAHON XO„JALIGI VA O„ZBEKISTONNING JAHON


Download 0.98 Mb.
bet79/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

16-MAVZU. JAHON XO„JALIGI VA O„ZBEKISTONNING JAHON


HAMJAMIYATIGA INTEGRATSIYALAShUVI
Darsning o„quv maqsadi: talabalarda iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari, ishlab chiqarishning baynalmilallashuvi, integratsiyalashuv, globallashuv, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari, xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari, to‗lov balansi, uning tuzilishi va taqchilligi, xalqaro valyuta-kredit munosabatlari va valyuta tizimlari amal qilishi hamda O‗zbekistonning jahon xo‗jaligiga qo‗shilishining shartsharoitlari to‗g‗risida fikr va tushunchalar hosil qilishdan iborat.

Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar


Xalqaro Mehnat taqsimoti, xalqaro iqtisodiy integratsiya, ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi, emigratsiya, YAIMigratsiya, erkin savdo zonalari, boj ittifoqi, to‗lov ittifoqi, umumiy bozor, iqtisodiy va valyuta ittifoqi, eksport, import, reeksport, reimport, xalqaro valyuta tizimi, valyuta kursi, to‗lov balansi.
Asosiy savollar

  1. Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari va ishlab chiqarishning baynalmilallashuvi.

  2. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari. Jahon infratuzilmasining rivojlanishi.

  3. Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari.

  4. To‗lov balansi, uning tuzulishi va taqchilligi.

  5. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari va valyuta tizimlari

1.Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari va ishlab chiqarishning baynalminallashuvi


Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojlanishining eng muhim xarakterli xususiyatlaridan biri - turli mamlakatlar va xo‗jalik regionlari o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liklarning o‗sib borishi hisoblanadi.
Jahon xo‗jaligida har bir o‗zgarishlar (jahon bozoridagi narxlar xarakati va alohida mamlakatning eksport imkoniyatidan tortib dunyo iqtisodiyotidagi tarkibiy siljishlar va xalqaro monopoliyalar faoliyatigacha) dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatini o‗ziga tortadi. Mamlakatning savdo, ishlab chiqarish, valyuta moliya sohalaridagi jahon tamoyillariga bog‗liqlik ob‘ektiv reallik hisoblanadi. Hozirgi davrda har qanday mamlakatni uning iqtisodi qanday rivojlangan bo‗lishidan qat‘iy nazar, jahon xo‗jaligi aloqalariga jalb qilmasdan uning to‗la qonli iqtisodiy rivojlanishini ta‘minlash mumkin emas.
Shu sababli Prezidentimiz I.Karimov «Mamlakatning jahon xo‗jalik aloqalarida, xalqaro Mehnat taqsimotida keng miqyosda ishtirok etishi ochiq turdagi iqtisodiyotni barpo etishning asosidir», deb ta‘kidlaydi.
Dunyo bir-biridan maqsadlari, amal qilish mexanizmi bilan farqlanuvchi turli xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar, xalqaro guruhlarga bo‗lingan. Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash har xil mezonlar asosida amalga oshiriladi. YAqin vaqtlargacha bizning adabiyotimiz sotsializm dunyosi, kapitalizm dunyosi va uchinchi dunyo mamlakatlari degan tuchunshani singdirib keldi.
Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlashga umumiy asosda yondashib xo‗jalik tizimlarining xususiyatlariga mos ravishda davlatlarning uchta guruhini ajratib ko‗rsatish mumkin: rivojlangan, bozor iqtisodiyotida rivojlanayotgan va bozor iqtisodi mavjud bo‗lmagan mamlakatlar. Rivojlanganlik darajasi bo‗yicha ham o‗z navbatida uchta guruh farqlanadi: kam, o‗rtacha va yuqori rivojlangan mamlakatlar. Shimoliy-Sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasidagi yangi industrial mamlakatlar (YAIM), yuqori daromadli neft eksport qiluvchi mamlakatlar (Saudiya Arabistoni, quvayt va boshqalar) eng kam rivojlangan mamlakatlar (EKVI), shu jumladan eng kambag‗al mamlakatlar (Shad, Baengladesh,
Efiopiya), har xil regional ittifoqlar va internatsional guruhlarga ajratiladi.
Bu barcha turli-tumanlik bir butun yaxlitlikka o‗zaro iqtisodiy bog‗liqlikning har xil jixatlari orqali tortiladi. Hozirgi xo‗jalik aloqalarining chuqurlashib bohayotganligi baynalminallashuvining kuchayishi hamda fan-texnika revolyutsiyasining keng qamrovli xarakteri, aloqa va kommunikatsiya vositalarining butunlay yangi roli sharoitida milliy iqtisodiyot o‗z-o‗zini ta‘minlash orqali samarali amal qilish mumkin emas.
Jahon xo‗jalik aloqalarining tez o‗sishi shunday davrlarga to‗g‗ri keladiki, bu davrda ishlab chiqarish omillarining xarakati tezlashadi, kapital milliy chegaradan o‗sib chiqadi, ishchi kuchi migratsiyasi kuchayadi, xalqaro Mehnat taqsimotining shakillanish jarayoni tezlashadi. Bu shundan guvohlik beradiki, xo‗jalik aloqalarining baynalminallashuvini ko‗p jihatdan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish mantiqi taqozo qiladi, ya‘ni u milliy chegaradan o‗sib chiqadi va ob‘ektiv ravishda ishlab chiqarishning baynalminallashuvini zarur qilib qo‗yadi. Milliy xo‗jaliklar va ular o‗rtasidagi iqtisodiy aloqalar negizida shakillangan jahon xo‗jaligi asosida xalqaro Mehnat taqsimoti yotadi.
Xalqaro Mehnat taqsimoti (XMT) alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ma‘lum turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini ifodalaydi. Alohida mamlakatlarning bunday ixtisoslashuvi mahsulotlari ustun darajada eksportga yo‗naltirilgan xalqaro ixtisoslashgan tarmoqlarning shakllanishiga olib keladi.
Dastlabki vaqtlarda xalqaro Mehnat taqsimotining rivojlanishi asosan tabiiy sharoitlardagi tafovutlarga asoslangan edi. Binobarin, faqat sanoat to‗ntarishidan keyin, ya‘ni ishlab chiqaruvchi kuchlar baynalminal xususiyat kasb etib, milliy xo‗jaliklar doirasidan tashqariga o‗sib shiqa boshlagash, ularning negizidan barqaror Mehnat taqsimoti va jahon bozori tarkib topadi. Hozirgi vaqtda xalqaro Mehnat taqsimoti turli ijtimoiy tizimlarni o‗z ishida oluvchi umumjahon xo‗jaligi doirasida rivojlanmoqda.
Xalqaro Mehnat taqsimoti va ayirboshlashda qatnashayotgan mamlakatlar bir xil sharoitda emas. Bu rol ularning turli jo‗g‗rofiy arvoli, tabiiy resurslarining tarkibi va miqdori, rivojlanish ko‗lami, darajasi va iqtisodiyotini tuzilishi, ishki bozorning hajmi bilan belgilanadi.
Ana shu farqlar sababli ayrim mamlakatlarda bir xil tovarlarni ishlab chiqarishdagi xarajatlar darajasi ham turlisha bo‗ladi. Shuning uchun har bir mamlakat o‗zi nisbatan qulayroq, kamroq xarajat bilan ishlab chiqaradigan tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotishga va aksincha, jahon bozoridan o‗zidan ishlab chiqarish uchun xarajat ko‗proq bo‗ladigan yoki tabiiy yoxud boshqa sharoitlarga ko‗ra umuman ishlab shiqarib bo‗lmaydigan tovarlarni sotib olishga intiladi. Tovarlar mamlakatlar o‗rtasida jahon narxlari asosida ayirboshlanadi. Ular baynalminal qiymatga asoslanadi. Buning ma‘nosi shuki, ijtimoiy zaruhiy baynalminal Mehnat sarflari jahon bozorida e‘tirof qilinadi.
Umuman olganda, jahon narxlarining tashkil topishi odatda, sof holida amalga oshmaydi. Baynalminal qiymatning hosil bo‗lishiga to‗sqinlik qiluvchi maxsus omillar jahon narxlariga ta‘sir qiladi. Tashqi savdo va valyuta sheklashlari, valyutalar qiymatining o‗zgarib turishi, xalqaro monopoliyalar siyosati, birjadagi chayqovchiliklar va hakazolar shular jumlasidandir. Shu sababli ayrim mamlakatlarning jahon bozoridagi raqobatlashuv qobiliyatidagi farqlar, pirovard natijada mehnat unumdorligining milliy darajadagi farqlarini aks ettiradi.
Rivojlangan mamlakatlarda keyingi o‗n yilliklarda yangi texnologik asoslarga o‗tish jahon xo‗jalik aloqalarining tez o‗sishi bilan birga bordi. Takror ishlab chiqarish jarayonlarining baynalminallashuvi o‗zining har ikkala shaklida: integratsion (milliy xo‗jaliklarning yaqinlashuvi, o‗zaro moslashuvi orqali) va transmilliy (xalqaro ishlab chiqarish majmuasining tuzilishi orqali) shakllarida kuchayadi. Jumladan, butun dunyoda regional davlatlaharo iqtisodiy integratsiyaning qaror topish tamoyili kuzatiladi. Jumladan, rivojlangan yevropa integratsion hamjamiyati (EI) doirasida tovarlar, xizmatlar va ishchi kuchining erkin xarakati amalga oshiriladi. Shimoliy Amerika umumiy iqtisodiy hamkorlik AqSh, Kanada va Meksika iqtisodiyotining integratsiyasini ko‗zda tutadi. Davlatlaharo integratsiyaning kuchayishi janubiy-sharqiy Osiyo, O‗rta Osiyo, arab dunyosi, Afrika va Markaziy Amerika mamlakatlari uchun ham xarakterli bo‗lmoqda.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling