Talab qonunini tushuntiring. Talabga qanday omillar ta‘sir qiladi? Bu omillardan har biri o`zgarsa, talab egri chizig`ida qanday o`zgarish ro`y beradi?
Taklif qonunini tushuntiring. Taklifga qanday omillar ta‘sir qiladi? Bu omillardan har biri o`zgarsa, talab egri chizig`ida qanday o`zgarish ro`y beradi?
Engel qonunining mohiyatini tushuntirib bering.
Iste‘molchi xatti-harakati nazariyasining asosida nimalar yotadi? Bu nazariyaning asosiy qonun-qoidalarini izohlang.
Iste‘molchining afzal ko`rishi nima? U iste‘molchi tanloviga qanday ta‘sir ko`rsatadi?
YAlpi (umumiy) naflilik va so`nggi qo`shilgan naflilik tushunchalari o`rtasida qanday bog`liqlik mavjud?
Befarqlik egri chizig`i nimani ifodalaydi? Befarqlik kartasi-chi? Ularning iste‘molchi xatti-harakatini tushuntirishdagi ahamiyatini izohlang.
Iste‘molchi byudjeti chizig`iga narx va daromaddagi o`zgarishlar qanday ta‘sir ko`rsatadi?