Fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu


Download 291.43 Kb.
bet4/9
Sana23.04.2023
Hajmi291.43 Kb.
#1383388
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
203 Plazmodioforasimonlar –sinfi

1.2 Myxomycetes sinfi
Pysarales tartibining saprofit turlaridan biri - yer yog‘idir (Fuligo septica) (122-rasm). Uni eski chiriyotgan to‘nkalarda, daraxt po‘stloqlari va oranjereyalardagi chirindilarda uchratish mumkin. Sporangiysi o‘zaro qo‘shilib, oqimtir, kulrang, sariq, hatto qizil rangli va mo‘rt qobiqli mevatana yoki etaliy debataladigan massaga aylanadi. Uning po‘sti yemirilishi bilan uchidan yumshoq qoramtir chang sporalar chiqib, tarqalib, oranjeriya o‘simliklarini nobud qiladi.
Plasmodiophoromycota bo‘limi yuksak o‘simliklar hujayra ichida plazmodiy hosil qilib parazitlik qiladi, murakkab hayot sikliga gaploid va diploid bosqichlari davomiyligiga ega bo‘ladi. Bu bo‘limning bitta Plasmodiophoromycetes sinfi, bitta tartib va oila hamda 30 turi bor.
Shilimshiqlarning parazit holda yashovchi vakillaridan biri karam plazmodioforasi (Plasmodiophora brassisa) dir (1-rasm). U karam va karamdoshlar oilasiga mansub o‘simlik ildizlarini kasallantiradi. Ushbu parazit bilan kasallangan karam yoki boshqa o‘simliklar nimjon bo‘lib, bosh o‘ramaydi. Kasallik boshlanishi bilan ildizning parenxima hujayralari kuchli o‘sadi va qing‘ir- qiyshiq holda yo‘g‘onlashadi, ildizda esa “kila” deb ataladigan oqimtir sarg‘ish shishlar paydo bo‘ladi. Shish paydo bo‘lgan ildizlar chirib yemiriladi. Ichidagi kila sporalari tuproqqa chiqadi va tuproqni ham kasallantiradi. Unda ikki nasl bo‘ladi. Uning rivojlanishi sporalarning o‘sishidan boshlanadi. Shishlardagi hisobsiz sporalar o‘sib, bir xivchinli zoosporalarga aylanadi. Zoosporalar esa ildiz tukchalarini topib uning ichiga kiradi. Xivchinni tortib amyoboid yoki miksoamyobaga aylanadi. Shu davrda ular chin amyobaga o‘xshash bo‘lgani uchun amyoboid yoki miksoamyoba nomi berilgan. Miksoamyoba xo‘jayin o‘simlikning to‘qimasidagi moddalar hisobiga yashaydi va massasi tobora ko‘payib boradi. Yadrosi ham bir necha marta bo‘linib, ko‘p yadroli plazmodiy hosil qiladi. Plazmodiy massasi ko‘paygandan keyin sporalar paydo bo‘ladi.
Buning oldidan plazmodiy bitta yadro va sitoplazmadan iborat bo‘lgan bir qancha zoosporangiylarga aylanadi. Har qaysi zoosporangiyning protoplasti reduksion bo‘linib, 4 yoki 8 ta zoospora hosil qiladi. Bu zoosporalar ildiz tukchalaridan ildizning po‘stiga va hujayralarning intensiv bo‘linish mintaqasiga o‘tgach miksoamyoba shaklini oladi. Yadroning bo‘linishi natijasida hosil bo‘lgan ko‘p yadroli miksoamyoba bir yadroli va sitoplazmali qismlarga ajraladi. Bu qismlar ildizning o‘sish mintaqasidagi hujayralar ichiga kiradi.
Meristema hujayrasida parazitlik bilan yashayotgan miksoamyobalar hujayra devorining yemirilishi bilan o‘zaro qo‘shiladi. Buni o‘ziga xos jinsiy jarayon deb atash mumkin. Bu jarayon shundan iboratki, yadro xromatinlari sitoplazmaga chiqib, tariq shaklini oladi. Xromatin o‘z joyini almashtirganidan so‘ng yana yadroga o‘tadi. Miksoamyoba qo‘shilishi va xromatinlarning joy almashtirishi vaqtida o‘zlarining diploid fazalarini qaytadan tiklaydi. Diploid plazmodiyning tanasi ham bir yadroli sitoplazmani qismlarga bo‘lgach, sporangiylarga aylanadi. Sporangiy ichida zoospora emas tinim davrini kechiruvchi sporalar hosil bo‘ladi. Bu jarayon kuzda amalga oshadi. Agar kila va kasallangan o‘simlik ildizi kuzda tuproqda qolsa, bahorga o‘tib ildiz po‘stloqlari parchalanadi va ichidagi sporalar tuproqqa singiydi, so‘ng zoosporaga aylanadi va har tomonga tarqaydi. Ushbu kasallikni ilk bor 1878 yilda M.S.Voronin tomonidan batafsil o‘rganilgan.
Miksoamyoba bahorda ekilgan karamgagina emas, sholg‘om, xashaki lavlagi va shu kabi madaniy o‘simliklar ildiziga ham o‘tishi mumkin. Binobarin, karam kilasi bilan kurashishning oqilona yo‘li - zararlangan karam ildizini bahorgacha, ya’ni miksoamyobalar paydo bo‘lguncha qoldirmay kuzda kovlab olib, kuydirib
tashlash, tuproqni formalin bilan dezinfeksiyalash va almashlab ekishni to‘g‘ri amalga oshirishdan iboratdir.

1.2-rasm. Plasmodiophora brassisa ning taraqqiyot davri:
M-meyoz; 1-sporaning unishi; 2-zoospora va miksamyoba; 3-karam o‘simligi ildizi tukchalari orqali zoospora va miksamyobaning kirishi; 4- ildiz tukchasi hujayrasida birlamchi plazmodiylar; 5- zoosporalar yoki gametalarning qo‘shilishi; 6- plazmodiofora bilan zararlangan karam o‘simligi; 7-ildiz hujayralarida ikkilamchi plazmodiylar; 8-ildiz hujayralarida sporalar.



Download 291.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling