Fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu


OOMIKOTALAR- OOMYCOTA BO’LIMI


Download 291.43 Kb.
bet8/9
Sana23.04.2023
Hajmi291.43 Kb.
#1383388
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
203 Plazmodioforasimonlar –sinfi

3.3 OOMIKOTALAR- OOMYCOTA BO’LIMI
Bu bo‘lim boshqa zamburug‘lardan ikki xivchinli, biri silliq va biri shoxlangan (geterokant va geteromorf) zoosporalar hosil qilishi bilan farq qiladi. Hujayra devorida sellyuloza va glyukan bo‘ladi hamda xitin deyarli uchramaydi. Vegetativ tanasi hujayrasiz ko‘p yadroli mitselliydir.
Oomikota bo‘limi bitta sinf Oomycetes va vegetativ tanasi tuzilish darajasi hamda jinsiy va jinssiz spora hosil qilish xususiyatiga ko‘ra 10 tartibga bo‘linadi. Muhim qabilalariga: Saprolegniales, Peronosporales, Leptomitales, Lagenidiales kiradi. Jinssiz ko‘payishi zoosporalar ayrimlari konidiyasporalar vositasida, jinsiy
ko‘payish esa oogamiya usulida boradi.
Phytophthoraceae oilasining mitselliysi shoxlangan alohida hujayralarga bo‘lingan vakili - fitoftora (Phytophthora infestans) ko‘pincha kartoshka, pomidor kabi sabzavot va poliz ekinlarining vegetativ organlari hamda hujayra oraliqlarida parazit holda hayot kechiradi (3.1-rasm).

3.1-rasm. Fitoftoraning (Phytophtora infestans) taraqqiyot sikli:
A - jinssiz ko‘payish; B -jinsiy ko‘payish; M-meyoz; 1- fitoftora bilan zararlangan kartoshka bargi va tugunagi; 2 - konidiya va uning o‘sishi; 3- zoosporangiy va zoosporaning chiqishi; 4 - zoospora; 5 -barg va tugunakda zoosporaning o‘sishi; 6- oogoniy va anteridiy; 7-oogamiya; 8- oosporaning hosil bo‘lishi; 9-oosporaning o‘sishi.
Kartoshka pishib yetilishi oldidan, uning barglarida qo‘ng‘ir dog‘lar paydo bo‘ladi. Ular bargning hamma qismiga tarqalib o‘simlikni nobud qiladi.
Fitoftora sporalar hosil qilib ko‘payadi. Sporangiylar mitseliyning maxsus shoxchalarida paydo bo‘lib, bu shoxchalar kartoshka bargining og‘izchalaridan tashqariga chiqib turadi. Ularda oson ajralib ketadigan bittadan ovalsimon sporangiy yetishadi. U namlik ta’sirida unib, 8-16 tagacha ikki xivchinli zoosporalar keyinchalik barg epidermisidagi og‘izchalar orqali uning to‘qimasiga kiradigan gifalarni hosil qiladi. Agar sporangiy suvsiz muhit ta’sirida bo‘lsa, u zoospora hosil qilmasdan, bevosita o‘sib, gifalarga aylanadi. Bu holda sporangiy quruqlikka moslashgan zamburug‘larga xos bo‘lgan jinssiz ko‘payishga o‘tadi va sporangiy yoki konidiya paydo qiladi. Jinsiy ko‘payish esa oogamiya usulida boradi. Oospora tinim davridan keyin o‘sib mitselliy yoki konidiyasporaga
aylanadi.
Fitoftora mitseliysi, asosan barg plastinkasining g‘ovak, bulutsimon to‘qimasi oralig‘ida joylashib, hujayra sitoplazmasi va shirasini so‘rib oladigan gaustoriylarni hosil qiladi.
Shuningdek, mitseliydan yirik, sharsimon, qishlaydigan sporalar ham paydo bo‘ladi. Ular o‘simlik qoldiqlari yoki tuproqda qishlaydi. Fitoftora mitseliysi kartoshka tuganaklarida ham qishlaydi. Bunda zamburug‘lar ta’sirida kartoshka tugunagida jigarrang dog‘lar hosil bo‘ladi, hosilning ko‘p qismi chiriydi.
O‘zbekistonda bu zamburug‘ kam uchraydi faqat yilning seryog‘in bahor oylarida kuzatiladi.
Bu kasallikka qarshi kurash, asosan zararlangan o‘simlikni terib olish, ularni kuydirish va zararlangan mevalarni ajratish bilan olib boriladi.



Download 291.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling