Fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu


Xitridiomikotalar-chytridiomycota bo’limi


Download 291.43 Kb.
bet9/9
Sana23.04.2023
Hajmi291.43 Kb.
#1383388
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
203 Plazmodioforasimonlar –sinfi

3.4. Xitridiomikotalar-chytridiomycota bo’limi
Bo‘lim bitta xitridiomitsetsimonlar (Chytridiomycetes) sinfi va 100 turkum hamda 1000 ga yaqin turlari bor. Bu zamburug‘larning vegetativ tanasi yalang‘och yoki mitseliysiz (amyoboid), yuqori tuzilganlarida esa ko‘p yadroli - plazmodiy va rizomitseliydan iborat. Hujayra devori xitin va glyukandan iborat. Asosan suvli muhitda yashashga moslashgan bo‘lib, parazit va saprofit holda hayot kechiradi. Parazit vakillarining vegetativ tanasi xo‘jayin hujayrasi ichiga o‘rnashib, ovqatni butun tanasi bilan so‘rib oziqlanadi. Jinssiz ko‘payish bir xivchinli zoosporalari bilan hamda xologamiya, izogamiya, geterogamiya va oogamiya yo‘li bilan jinsiy ko‘payadi. Muhim tartiblari: Chytridialaes, Blastocladiales, Monoblepharidales hisoblanadi.
Bo‘limning Chytridialaes tartibi eng yirik bo‘lib, 80 turkum va 400 turni o‘z ichiga oladi. Qabilaning ko‘p uchraydigan vakili, yosh karam ko‘chatlarining ildiz bo‘g‘zini zararlaydigan, uning qorayishiga, keyinchalik esa qurib qolishiga sabab bo‘ladigan olpidium (Olpidium brassica) zamburug‘idir (127-rasm). Bunga karamning «qora oyoq» kasalligi deb ham ataladi. Olpidiy bilan zararlangan karam ko‘chati to‘qimasi qorayadi, keyin chiriy boshlab nobud bo‘ladi. O‘simlikning zararlangan joyida yadroli, yalang‘och hujayralardan iborat bo‘lgan parazit tanalar hosil bo‘ladi. Keyinchalik bu tanalar po‘st bilan o‘ralib, zoosporangiylarga aylanadi.
Zoosporangiylar o‘sib, tashqariga chiqib, turadigan uzun bo‘yincha hosil qiladi va shu bo‘yinchalardan ko‘plab bir xivchinli zoosporalar tashqariga chiqadi. Qulay sharoitga tushgan zoosporalar yangi karam ko‘chatlariga tushib, ularni zararlaydi.
Jinsiy ko‘payishdan (izogamiya usulida) hosil bo‘lgan zigota dastlab ikki yadroli, keyinchalik ular bir-biri bilan qo‘shilib, haqiqiy diploid yadroni hosil qiladi. Izogametalar o‘zaro qo‘shilib, zigota hosil bo‘lganda ularning xivchinlari saqlanib qoladi. Shu xivchinlar yordamida harakatlanadigan zigota yangi karam ko‘chatlarining hujayralariga kirib, ularni zararlaydi va sistalarga aylanadi.
Download 291.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling