Fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu


Download 291.43 Kb.
bet6/9
Sana23.04.2023
Hajmi291.43 Kb.
#1383388
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
203 Plazmodioforasimonlar –sinfi

Oziqlanishi. Mitseliy substratga o‘rnashib, undagi ozuqa moddalarni so‘rib (shimib) oladi. Zamburug‘larda plastidalar bo‘lmaganligi sababli ular geterotrof oziqlanadi. Ko‘pchilik zamburug‘lar saprofit holda o‘simlik qoldiqlari bilan oziqlanadi. Ular fermentlar ta’sirida sellyulozali hujayra devori va ligninni parchalaydi. Bir muncha kamroq zamburug‘lar hayvon qoldiqlari bilan saprofit oziqlanadi. Ayrim zamburug‘lar parazit holda hayot kechirib, tiirk organizmlar hujayrasidan oziqa moddalarni so‘rib oladi. Parazit zamburug‘larning 10 mingdan ortig‘i o‘simliklarda, 1000 ga yaqin turlari esa hayvonlar va odamlarda parazitlik qiladi. Ayrim zamburug‘lar hayotining ma’lum davrlarida ba’zan parazitlik qilib, ba’zan saprofit holda hayot kechiradi. Shuningdek, ba’zi zamburug‘lar suvo‘tlari (lishayniklar) va yuksak o‘simliklar bilan birgalikda (mikoriza) simbioz hayot kechiradi.
Zamburug‘larda zaxira oziq moddalar sifatida - glyukogen, mochevina, valyutin va moy tomchilari hosil bo‘ladi.
Ko‘payishi. Zamburug‘lar vegetativ, jinssiz va jinsiy usullarda ko‘payadi. Vegetativ ko‘payish mitseliyning alohida bo‘laklarga bo‘linishi va kurtaklanish hisobiga bo‘ladi. Jinssiz va jinsiy ko‘payish organlari turlicha ko‘rinishda bo‘lganligi uchun, ularning tuzilish xususiyatlari zamburug‘larning sistematikasiga asos bo‘lgan. Jinssiz ko‘payishi zoospora, sporangiospora, va konidiyasporalar ishtirokida boradi. Zoosporalar va sporangiosporalar ona hujayra sporangiyda, konidiya esa mitseliyning uchida yoki yonida konidiyaband deb ataluvchi gifalarda hosil bo‘ladi. Bitta sporangiyda 10000 tagacha spora bo‘ladi (124-rasm).
Jinsiy ko‘payishi bir muncha reduksiyalangan bo‘ladi, tuban zamburug‘larda (izogamiya, oogamiya geterogamiya va zigogamiya ko‘rinishida) ikkita jinsiy
hujayra va ularning yadrolari qo‘shilishi bilan yuzaga keladi. Bazi bir turlarida jinsiy jarayon natijasida zigota, boshqalarida esa maxsus sporalar: xaltachali zamburug‘larda endogen askosporalar, bazidiyalarda ekzogen bazidiosporalar hosil bo‘ladi. Bu sporalardan yangi zamburug‘ tanasi rivojlanadi (125-rasm).


Download 291.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling