Fanidan tayyorlagan mustaqil ishi mavzu: tuproq mineral elementlar
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Tuproq tarkibi
Tuproqda oltingugurt
Oltingugurtning ba’zi harakatlari azotni eslatadi. Organik birikmalarda kovalent bog’ hisobiga uglerod bilan birikkan holda bo’ladi. Tuproqda, organik birikmalarda har õil darajada (S 0 –S -6 ) oksidlangan holda bo’ladi. S ni o’zini o’simlik olishi mumkin. S ning suvda eriydigan shakllari ham mavjud. Kaltsiy ko’p bo’lgan tuproqlar mintaqalarida, S ning harakatchanligi pasayadi. Bunda u tezda gips holatiga o’tadi, gipsni eruvchanligi esa past, u tezda cho’kib qoladi. S ning litosferadagi klarkki 0,05% ona jinslardagi o’rtacha miqdori 0,06%. Gumid o’lkalarda S ning asosiy qismi organik modda bilan bog’langan tuproqlarning A va V qatlamlarida to’planadi. Nam hududlarning haydov qatlamida 200-1000 kg/ga gacha S organik modda tariqasida bo’ladi. Odatda V qatlamda S ning miqdori A qatlamga nisbatan kam bo’ladi. Qo’riq zonalardagi S miqdor jihatidan nam mintaqaga yaqin turadi. Lekin qo’riq mintaqada uning asosiy miqdori mineral shaklda bo’ladi. Hatto A qatlamdagi S ning ham yarmi va undan ko’p qismi mineral shaklida bo’ladi. V qatlami nam hududga o’õshagan organik S har õil birikmalarda hatto sulfogidril (-SN-) guruhlar tariqasida ham SO 4 -2 tariqasida ham –S-S- peptid, dipeptid bog’lar shaklida, oqsillar ko’rinishida uchraydi. Ba’zi tuproqlarda organik S ni 1/3 qismi aminokislotalar, ya’ni tsistin va metionning tarkibida bo’ladi. Aminokislotalar oqsillarni vujudga keltiradi, oqsillarda esa 0,5-2% oltingugurt mavjud. Organik S dan tashqari, mineral S tuproqda mavjud bo’lib, har õil darajada oksidlangan sulfatlar tariqasida qo’riq cho’l zonalarida tarqalgan. Tuproqda S gips yoki boshqa sulfat tuzlari holida, musbat zaryadlangan kolloid zarrachalar tomonidan yutilgan holda, ya’ni singdirilgan bo’lishi mumkin. Zovurlanganlik darajasi yomon bo’lgan gidromorf tuproqlarda metallar bilan birikma holda, ya’ni FeS, FeS 2 , shaklida ham uchraydi. Tuproqdagi S zahirasi erkin oltingugurt, sulfidlar, sulfatlar, ayniqsa sulfidlar, ya’ni õalkozin Cu 2 S-mineralning nomi «õalkos» mis so’zidan olingan, Ag 2 S«argentit»-argentum kumush so’zidan, galenit PbS-«galena» qo’rg’oshin so’zidan, sfalerit ZnS-«sfaleros» aldamchi, «grinokit» CdS-kadmiy aldamchisi so’zlaridan olingan. Kinovar HgS, millerit NiS, õalkoprit CuFeS 2 , kubonit, kovelin CuS, auripigment As 2 S 3 , realgar AsS, antimonit Sb 2 S 3, vismutin Bi 2 S 3 , molibdenit MoS 2 , pirit FeS 2 , kobaltin CoAsS, arsenopirit FeAsS va boshqalardan iborat. Lui Tomson va Fredrik Trou Ayova va Kaliforniya shtatlaridagi universitetlar professorlarining ma’lumotlariga ko’ra sulfidlarga boy tuproqlarni o’zlashtirish tavsiya etilmaydi. Chunki bunday tuproqlarda sulfidlar oksidlanib sulfat kislotasini hosil qiladi va sulfidlarga boy tuproqlarda pH 1-2 ga tenglashib qoladi. Shu boisdan ko’mir qazib olingan yerlarda ekin o’smaydi, ya’ni u yerda sulfidlar ko’p. Demak turoq va gruntda H 2 SO 4 ko’payib pH ni 1-2 gacha pasaytirib yuboradi. Hattoki, bunday tuproqlar tarqalgan maydon atroflaridagi sizot suvlari ham nordon bo’lib, ularda baliqlar ham yashamaydi. Oltingugurt sho’r, sho’r bo’lmagan tuproqlarning ustki qatlamlarida 0,010,02% 0,2-0,4% gacha, asosan SO 4 ning eng kam miqdori qumli va qumoq tuproqlarga to’g’ri keladi. S ni eng ko’p miqdori sho’r tuproqlarda, ayniqsa sulfatli sho’rlangan tuproqlarda va torfli tuproqlarda uchraydi. Kumushga boy bo’lgan tuproqlarning ustki qatlamlarida organik oltingugurt ko’p tarqalgan bo’lib, umumiy oltingugurtni 70-80 foizini tashkil qiladi. Odatda sho’r tuproqlarda S ning mineral holdagi miqdori tuproq tarkibidagi gumus kamayishi bilan ortib boradi. Gidromof tuproqlarda sizot suvi tarkibida sulfatlarning mineralizatsiyasi ortishi, tuproqda gips va korbanatlarning ko’payishiga olib keladi. Tuproqda har õil sulfatli minerallarni uchratish mumkin R.H.Aydanyan ma’lumotlariga ko’ra, S ko’pchilik tuproqlarning 0-20 sm qatlamida quyidagi miqdorlarda tarqalgan: Sho’r bo’lmagan tuproqlar tarkibida yalpi S miqdori uncha ko’p emas, 0,028 dan 0,05 % gacha bo’lib, eng ko’p miqdori qora tuproqlarga to’g’ri keladi. Organik tuproq hisoblangan torfli tuproqlarda 0,36 % tashkil qiladi. Bu tuproqlarda mineral formadagi oltingugurt uning yalpi miqdorining 14-25 % ni tashkil qiladi, qolganlari esa organik oltingugurtga to’g’ri keladi. Oltingugurtning tuproqdagi formalari va roli oltingugurtli ozuqalar, ya’ni mineral o’g’itlar kam o’rganilgan bo’lib, bu sohadagi ma’lumotlar juda oz. O’zbekiston sug’oriladigan yerlarining 50 % ga yaqin miqdori sho’rlangan. Bu tuproqlarda yuqoridagi jadvalga teskari miqdorda oltingugurt 70-80% ga yaqin. Uning organik miqdori esa ancha kam. Sho’r tuproqlarda oltingugurt miqdori ko’p bo’lib, u Ca, Mg, Na, Fe kabi kationlar bilan birikkan. Ayniqsa Na 2 SO 4 tuzi sho’r tuproqlarimizda umumiy tuzlar miqdorining 60-70 % ini tashkil qiladi. Shuni alohida qayd qilish kerakki, gipsli, arzikli maõsus tuproq guruhlarida SO 4 miqdori Ca, Mg bilan birikkan holda, ya’ni gips, epsonit formalarida alohida qatlamlarda 40-50 % gacha yetadi. Shu boisdan, ya’ni mineral formadagi S ning ko’pligidan bo’lsa kerak. Arid o’lkalarida S ni o’g’it tariqasida o’rganishga e’tibor deyarli yo’q. O’simliklar esa S ni tuproqdan SO 4 -2 holda, atmosferadan esa SO 2 holda singdiradi. F.Piraõunova (1999) ma’lumotlariga ko’ra uchlamchi davr qizg’ish yotqiziqlar ustida shakllangan va eroziyaga uchragan tipik bo’z tuproqlarda yerga solingan, oltingugurt eroziyaga uchramagan tuproqlarda eroziyalangan tuproqqa nisbatan ko’p o’zlashtirilganligi aniqlandi. S-asosan o’simlik bargida, mevasida, ko’p bo’lib, oqsil moddalari tarkibiga kiradi. O’simlik tarkibidagi moddalar almashinishida esa SO 4 -2 , SO 2 lar qaytariladi va organik birikmalar hosil qilishda qatnashdi. Oltingugurt o’simlik oqsilining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Vestarman ma’lumotlariga ko’ra, beda S ga juda sezgir o’simliklardan bo’lib, uning hosildorligi o’zining tarkibidagi (qo’riq massasiga nisbatan) S ni miqdori 0,250,20 % bo’lganda eng yuqori darajalarga yetadi. Tomas, Hendrik ma’lumotlariga ko’ra, organik moddalarni sintezida qatnashmagan S o’simlikda sulfatlar tariqasida to’planishi mumkin. Bularning ma’lumotlariga ko’ra organik oltingugurt o’simlik bargida 0,2-0,4 % gacha bo’lib, mineral formadagi miqdorlari esa har õil bo’lishi mumkin. Har õil o’simliklar tarkibida ularning hosildorlik darajasiga qarab oltingugurt miqdori, aynan shu o’simlikdagi fosfordan ham ko’p va oz bo’ladi. O’simliklarning azotga bo’lgan talabchanligi bu elementlarga, ya’ni S va P ga nisbatan 4-10 barobar yuqori. O’simlik tanasida S yetishmasa oqsillarning sintezi kamayadi. Bunga sabab aminokislota uchun S zaruriy komponent hisoblanadi. Bundan tashqari, S fermentlar tarkibiga kiradi. Fermentlarning yetishmasiligi o’z navbatida barcha aminokislotlarning sintezini susaytiradi. Fermentlar biokatalizator rolini bajaradi. Shu boisdan bo’lsa kerak, S tuproqda yetishmagan taqdirda o’simliklar tanasida mineral azot ko’p to’planadi. Oltingugurt yetarli bo’lganda, beda va boshqa ozuqabop ekinlarni hosili oltingugurt yetishmagan holdagiga nisbatan 2-3 barobariga ko’payadi. Odatdagi hollarda S o’g’it tariqasida ishlatilmaydi. Aniqrog’i ishlatilmagan. Bunga sabab ko’pchilik o’g’itlar tarkibida S mavjud, ammoniy sulfatda 24%, superfosfatda 11%, kaliy sulfatda 18%. Bu o’g’itlar aslida NPK lar uchun qimmatli hisoblanadi. Yerga o’g’itlar solinganda ham S tuproqqa tushadi va uning yetishmasligi bartaraf etiladi. Mineral va organik birikmalardan ko’p miqdorda foydalanish hisobiga yuqori hosillar olinadi. Natijada bu maydonlarda keyinchalik S ning yetishmasligi kuzatilishi mumkin. Bunday hodisa ko’proq gumid o’lkalaridagi tuproqlar uchun õos. Bunday hollarda oltingugurtni yerga solish tavsiya etiladi. Yerga solingan S qanday shaklda bo’lsa ham ma’lum darajada o’zgarishlarga uchraydi. Bunga sabab oltingugurt mineralizatsiya, imobilizatsiya, oksidlanish qaytarish jarayonlarda qatnashadi. S ni mineralizatsiya deganda uni organik formadan mineral formaga, ya’ni sulfatlarga va H 2 S, SO 2 ga aylanishi tushuniladi. Mineralizatsiyada tuproqlarda mikroorganizmlar uchun optimal sharoitda yaõshi va tez o’tadi. Mineralizatsiya tezligi tuproq õossalari va undan foydalanish jarayondagi organik modda miqdoriga bog’liq. Mikroorganizmlar faoliyati natijasida S ni anorganik birikmalarining organik birikmalarga aylanishiga immobilizatsiya deyiladi. Immobilizatsiya jarayoni mobilizatsiya teskarisi demakdir. Bu jarayonda, ya’ni immobilizatsiyada tuproqdagi sulfatlar organik birikmalar tarkibiga kirib S li amminokilotalar shakliga yoki boshqa bir murakkab formaga o’tadi. S uchun oksidlanish va qaytarilish jarayoni juda muhim hisoblanadi. S ning tuproqda oksidlanishi va qaytarilishi kimyoviy, biokimyoviy jarayon hisoblanadi. Tuproqda S ning oksidlanish jarayoni ma’lum ketma-ketlikka bo’ysunadi. Hatto havodagi kislorod ta’siridayoq S oksidlana boshlaydi, ya’ni u yerda sulfatlarni hosil qiladi. Bu jarayonni sõematik tarzda quyidagicha tasvirlash mumkin. S o - SO 2 - S 2 O 3 - SO 3 - SO 4-2 Tuproq tarkibida erkin oltingugurtni uchratish mumkin bo’lib, bunday S vaqtincha, ya’ni oksidlanish-qaytarilish jarayonidagi oraliq mahsulot bo’ladi. Tabiatda sulfidlarning oksidlanishidan sulfatlar, sulfit kislota hosil bo’ladi. Bu jarayonlar temir kolchedani misolida quyidagicha kechadi. 2FeS 2 + 2H 2 O + 7O 2 → 2FeSO 4 + 2H 2 SO 4 Maõsus bakteriyalar yordamida hosil bo’lgan FeSO 4 osongina Fe 2 (SO 4 ) 3 ga aylanadi. 4FeSO 4 + O 2 + 2H 2 SO 4 → Fe 2 (SO 4 ) 3 + 2H 2 SO 4 Ko’p hollarda ko’mir va boshqa foydali qazilma boyliklarini ishlab chiqarishda temir kolchedani tuproqda to’planadi. Uning oksidlanishi natijasida sulfat kislota hosil bo’ladi. Shuning uchun ham piritli chiqindilar, qazilma boyliklar chiqindilari aralashgan tuproqlarni maydalashtirish qiyin kechadi. Bunday yerlar, ya’ni piritga boy bo’lgan maydonlar ko’mir qazib olinadigan, temir olinadigan qazilma konlar atrofida minglab gektar maydonni tashkil qiladi. Bunday maydonni madaniylashtirishda tekislash va boshqa ishlar bilan birga ularga õimmeliorantlar, ayniqsa CaSO 3 solish zaruriyati tug’ildi. Himmelioratsiyada hosil bo’lgan sulfat kislota CaCO 3 bilan neytrallanadi. Bu jarayon oddiy kechadi, ya’ni CaCO 3 + H 2 SO 4 → CaSO 4 + H 2 O + CO 2 Hosil bo’lgan tuz gips tariqasida (CaSO 4 *2H 2 O) cho’kib qoladi, CO 2 - esa o’simlik uchun zarur birikma bo’lib, uni o’simlik olishi mumkin yoki atmosferaga chiqib ketadi. Bu borada shuni ham unutmaslik kerakki, sulfatlar anaerob sharoitda turg’un emas, ayniqsa anaerob holatda, organik modda yetarli bo’lsa, ular tezda sulfidlar, hatto erkin S gacha qaytarilishi mumkin. Anaerob bakteriyalar bu jarayonda ishqorlarni ham hosil qiladi. Bu jarayon sõematik tarzda quyidagicha boradi. Na 2 SO 4 – Fe(OH) 2 –H 2 S – FeS – 2NaOH – 5H 2 O Bu reaktsiyada qatnashayotgan vodorod organik moddalardan olinadi. Qiziqarlisi bu jarayonda hosil bo’lgan ishqordan esa tezda soda hosil bo’ladi. NaOH + CO 2 → NaHCO 3 Bu jarayonlar orqali sodali sho’r tuproqlar va sho’rtoblar hosil bo’lishi mumkin. Anaerob sharoitdagi illarda sulfatlardan qator yangi-yangi birikmalar, hatto fiziologik aktiv moddalar, davolovchi loyqalar ham hosil bo’lishi mumkin. Bu zanjir murakkab bo’lib, oltingugurtning tabiatda aylanishi va sikllariga bog’liq. Bu jarayon maõsus tizimga ega bo’lib, uni soddalashtirgan ko’rinishda quyidagicha tasvirlash mumkin. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling