Fanidan "Texnologiya darslarida ekskursiya tashkil qilish" mavzusida dars ishlanmasi


Download 1.51 Mb.
bet2/2
Sana23.09.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1686100
1   2
Bog'liq
4-sinf Texnologiya fanidan Texnologiyaning rivojlanishi mavzusida dars ishlanmas

Dars jihozi: tabiat, daraxtlar, daraxt yoki o'simliklar yaproqlari
Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I. Darsni tashkil qilish.
1. Salomlashish.
-Salom, o'quvchilar, bugungi darsga tayyormisiz? Tayyor bo'lsangiz birgalikda texnologiya darsimizni boshlaymiz.
2. Davomatni aniqlash.
-Qani, navbatchi kim? Bugun darsga kimlar kelmagan? Barakalla, demak, darsda hamma bor, unday bo'lsa darsimizni boshlaymiz.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
- Demak, darsni diqqat bilan eshitamiz, va birgalikda darsimizni boshlaymiz.


II. Uy vazifani tekshirish:
- O'quvchilar uyga vazifa qanday edi ?
- Biz tabiat hodisalari haqida o'tgan edik, uyga vazifa biz bilgan tabat hodisalari haqida yozib kelish edi.
- Yomg'ir suvning quyosh nuri issiqligi yordamida bug'lanib, bulutga aylanishi va yana yomg'ir bo'lib yog'ishi.
- Qo'lsiz, oyoqsiz eshik ochar. Bolajonlar, topishmoqning javobi ....., to'g'ri, barakalla, bu shamol.


III. Yangi mavzu bayoni
- Endi yangi mavzuni boshlasak ham bo'ladi, demak, bugungi mavzuyimiz:
"Tabiatga ekskursiya"
Yangi mavzu bayoni borishida o'quvchilarga ekskursiya rejasida mavzu va maqsad, ob’ekt, u bilan tanishish tartibi, o‘quvchilar idrok etish faoliyatlarini tashkil etish, topshiriqni bajarish uchun zarur bo‘lgan vositalar va uskunalar, yakun yasash tartibi ko‘rsatiladi. Ekskursiyani o‘tkazish metodikasi mavzu, didaktik maqsad, o‘quvchilarning yoshi, ularning rivojlanishi hamda ekskursiya ob’ektiga bog‘liq bo‘ladi.
Ekskursiya jarayonida didaktikaning ko‘rgazmalilik, nazariya bilan amaliyotni bog‘lab olib borish kabi prinsiplari amalga oshiriladi. Ekskursiya jarayonida o‘quvchilarning bilish faoliyatlari, jamoatchilik, vatanparvarlik kabi xususiyatlari shakllanadi va rivojlanadi, shaxsni estetik tarbiyalash kabi ishlar amalga oshadi.


Odatda, ekskursiya, u yoki bu fanning ma’lum bo‘limlarini o‘rganish maqsadida o‘tkaziladi. Ular tabiat, ishlab chikarish korxonalari, jamoa xo‘jaligi, muzey, tarixiy yodgorliklar bo‘lishi mumkin. Ekskursiyani muvaffaqiyatli o‘tkazish ko‘p jihatdan o‘qituvchining tayyorgarligiga bog‘liq bo‘ladi. Tayyorgarlik bosqichi o‘z ichiga quyidagi asosiy vaqtlarni oladi: joyni tanlash va uning oldindan o‘qituvchi tomonidan kuzatilishi; ekskursiya jarayonida o‘qituvchi tayanishi lozim bo‘lgan bolalardagi bilim va tushunchalarni bilib olish; ekskursiya rejasini belgilash va uning maqsadini aniqlash.


Ekskursiya mehnat ta’limning shunday bir bo‘lagidirki, uning borishi jarayonida o‘quvchilar tabiatni, tabiiy jarayonlarni tashkil etishni kuzatadi va o‘rganadi. Tabiatga ekskursiyalar o‘quvchilarni tabiat bilan, o'simliklar, hasharotlar, turli tuman daraxtlar, gullar bilan tanishadilar, ularning hayot tarzi, oziqlanishi, haqida ma'lumotlarga ega bo'ladilar va bu ularda ko'rish orqali rivojlantirish metodi qo'llanishi maqsadida ham tashkil etilishi mumkin. Demak, ekskursiyalar o‘tkazishdan maqsad avvalo o‘quvchilarda atrof muhitga bo'lgan mehr muhabbat tuyg'ularini rivojlantirish.


Zero, o‘quvchilar tabiatga mehr ko'rsatish, atrof muhitni ifloslantirmaslik, ko'cha ko'yga, ariqlar bo'ylariga, o't - o'lanlar ustilariga chiqindilar tashlab ketmaslik, gullarga suv quyish, daraxtlarni oqlash, hasharotlar hayvonlarni o'ldirmaslik, ular hayotimizning ajralmas bur qismi ekanligini anglatish lozim . SHunga ko‘ra aytish mumkinki, ekskursiya o‘quvchilarni tabiat bilan tanishtirish, anglash, ularda yaxshi odatlarni shakllantirish, o'simliklar hayotimizga nechog'lik zarur ekanligini tushuntirishning yagona yo‘lidir.


Ekskursiya anchagina muhim tushunchalarni, jumladan, “atrof muhitni muhofaza qilish tushunchasini shakllantirishda ham katta ahamiyatga ega. Bu tushunchani bayon qilish va ko‘rsatmali qo‘llanmalardan foydalanish orqali ham shakllantirish mumkin, albatta. Lekin bunda mazkur tushuncha o‘quvchilarning amaliy faoliyatidagi, jumladan, tabiat qo'yniga uyushtirilgan ekskursiyadagi kabi mustahkam o‘zlashtirmaydi. Ular o'simliklarni o'rganish va ochiq havoda dars o'tish, tabiat olamining bizning hayotimizga qay darajada zarur ekanligini biiladilar. Atrof - muhitni muhofaza qilish uchun murakkab tabiat bilan tanishish o‘quvchilarda katta tasurot qoldiradi va ularning esida yaxshi qoladi.


Umumiy tanishtirish xarakteriga ega bo‘lish ekskursiyani ta’limning biror bo‘limi (yog‘och va metallga ishlov berish, tabiat qo'yniga sayohat, servis xizmati, mehnat operatsiyasi va hokazolar) boshlanishidan oldin o‘tkazilishi kerak. Aniq mavzuni o‘tishdan keyin yoki undan oldin o‘tkazilgani ma’qul. Ekskursiya odatda 15-20 o‘quvchidan iborat bitta sinf bilan frontal ravishda o‘tkaziladi, biroq ekskursiya jarayonida ayrim o‘quvchilar uchun yakka holda maslahatlar va izohlar berish istisno qilinmaydi.


Mehnat o‘qituvchisi yoki ekskursiyani olib boruvchi ekskursiya jarayonida o‘quvchilarning kuzatishiga rahbarlik qilib turadi, ular tabiat bilan tanishishga jalb qilinadi, o'simliklar, daraxtlar turlari tanishtiriladi, nomlari aytib o'tiladi. bular o‘rtasida ob’ektiv ravishda umumiy tamoyillarni bilib olishni o‘rgatadi.
Masalan, o‘quvchilar dars davomida o'quv dasturida berilgan ma'lumotlar orqali umumiy tabiat haqida ma'lumot oladilar. Ammo tabiat qo'yniga ekskursiyalar jarayonida ular barchasini o'z ko'zlari bilan ko'radilar va atrof muhit bilan tanishadilar. O'quv mashg'uloti davomida o'quvchilarga amaliy topshiriqlar ham beriladi, aqliy hujum, jamolashtirish metodlaridan foydalaniladi.


O'qituvchi mavzu bayonida o'simliklarning biz uchun qanday foydali jihatlari bor ekanligini, nima sababdan ularni asrab avaylashimz kerakligini aytib o'tayotib, o'quvchilarni tez javob berish va eslab qolish qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida savol javob o'yinini o'tkaziladi, masalan:


- Bolalar, demak, daraxtlar biz uchun nimaga kerak ekan?
O'quvchilar javob beradi:
-Ularda har xil mevalar pishadi.
- Tursunov, o'simliklar o'zidan qanday moddani ishlab chiqarar ekan ?
O'quvchi javob beradi:
-Ular o'zidan kislorod moddasini ishlab chiqaradi.
-Barakalla, bolalar, siz men aytgan malumotlarni yaxshi eslab qolibsiz.


Bundan tashqari o'qituvchi dars davomida o'quvchilarni ikkita yoki uchta guruhchalarga ajratib, qiziqarli o'yin o'tkaziladi ya'ni atrofda o'zlari tanigan, uchratgan gul yoki o'simlik, mevali daraxt nomlarini yozish. Eng ko'p nom yozgan guruh rag'batlantiriladi, va boshqa o'quvchilar ham faol qatnashganligi uchun ular ham turli nominatsiyalar, ahillik, jamoa bilan ishlash, tarbiyaviylik jihatdan ham baholanadi.


Shu bilan birgalikda ekskursiya davomida o'quvchilarga tabiatni ozoda saqlash haqida ham aytib o'tiladi, ya'ni biz qanday yo'llar orqali atrof muhitga e'tiborli bo'la olishimiz, qanday muhabbat qo'yishimiz haqida tushuntiriladi.


- Bolalar endi sizlar bilan o'yin o'ynaymiz.
O'yinimiz nomi "Ta'rif ber" . Sharti esa bugungi ekskursiyamiz davomida ko'rgan o'simlik yoki hayvonlaringizga ta'rif berasiz.Boshladik!


Aliyeva: olmaxon - yong'oqni yaxshi ko'radi, daraxtdagi yong'oqlarni uyiga tashiydi.
Numonova: qizilishton - u daraxtlardi hasharotlar bilan oziqlanadi, tumshug'ini daraxtga urib taqqillagan ovoz chiqaradi.
Muhammedova: kungaboqar - quyosh nuri tushgan tomonga qarab o'sadi, shuning uchun ham uning nomi kungaboqar.


Va shu tariqa davom etiladi.


O'quvchilarni tabiatga mehrini oshirish maqsadida tabiatga g'amxorlik qilamiz, gullarga suv quyamiz, ortiqcha shoh shabbalardan tozalaymiz, qushlarga don sepamiz.


IV. Darsni mustahkamlash:
1.Tabiat qo'ynida o'quvchilar bilan o'tkazilgan dars haqida o'quvchilar fikri bilan tanishiladi.
Va aytib o'tilgan ma'lumotlar bo'yicha savollar beriladi.
1. Kislorod qanday hosil bo'lar ekan?
2. Nima deb o‘ylaysiz, ko'cha ko'ylarga chiqindi axlatlarni tashlab ketish qay darajada to'g'ri?
3. Atrof - muhitni muhofaza qilish uchun eng ko'p nimalarga e'tibor berishimiz kerak ?
4. Demak, biz tabiatga qanday munosabatda bo'lishimiz kerak ekan?
V.O’quvchilar darsga qatnashishiga ko'ra baholanadi.


VI. Uyga vazifa: Har bir o'quvchi xohlagan bir o'simlik yoki hayvon haqida ma'lumot to'plab kelish.
O’TIBDO’ ____________
Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling