Фанининг 2019/2020 ўқув йили учун мўлжалланган силлабуси амалий машғулот №8
Download 1.19 Mb.
|
2 5442836248324474622
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ўқув машғулотининг технологик харитаси
- 5 да қ и қ а 15 дақиқа 20 дақиқа 15 дақиқа 15 да қ и қ а
- Танаффус 2.2. Амалий машғулотнинг режаси ва тузилишига мувофиқ таълим жараёнини ташкил этиш бўйича ҳаракатлар тартибини баён қилади “
- Адабиётлар Асосий адабиётлар
- Қўшимча адабиётлар
- Амалий машғулот № 8 . ПЛОМБА АШЁЛАРИ ТАСНИФИ. ВАҚТИНЧАЛИК ПЛОМБА АШЁЛАРИ- БОҒЛОВ МАТЕРИАЛЛАРИ. Назарий кисм
«Преклиник реставрацион стоматология» Фанининг 2019/2020 ўқув йили учун мўлжалланган СИЛЛАБУСИ Амалий машғулот №8. ПЛОМБА АШЁЛАРИ ТАСНИФИ. ВАҚТИНЧАЛИК ПЛОМБА АШЁЛАРИ-БОҒЛОВ МАТЕРИАЛЛАРИ. Таълим бериш технологияси (амалий машғулот)
Ўқув машғулотининг технологик харитаси
Амалий машғулот №8. ПЛОМБА АШЁЛАРИ ТАСНИФИ. ВАҚТИНЧАЛИК ПЛОМБА АШЁЛАРИ-БОҒЛОВ МАТЕРИАЛЛАРИ. Назарий кисм Боғлов ашёлари 1-14 кунгача қўйилади. Бу мақсадда дентин, дентин-малҳами, цинкоксидэвгенол цементлар қўлланилади. Кенг қўллашда сунъий дентиндан фойдаланилади (цинк сулфат цемент) сунъий дентин 66% оксид синкидан, 24% сулфат цинкидан, 10% каолиндан ташкил топган. Сунъий дентин дистилланган сув ёрдамида, ойначанинг ғадир-будур тарафида металл шпател ёрдамида қорилади. Қориш жараёнида кукун сувга аста-секинлик билан аралаштирилади. Дентиннинг «ушлаш» вақти 1,5-2 дақиқадан сунг бошланиб, 3-4 дақиқадан сўнг тугайди. Сунъий дентиннинг хусусиятлари:
қўлланишдаги оддийлик; бўшлиқни яхши ёпиши (герметиклиги); организм ва тиш пульпасига индифферентлиги; механик таъсирга мустаҳкам эмаслиги (2-3 кундан ортиқ бардош бермаслиги). Сунъий дентин бўшлиққа бир тўлик порция шаклида гладилка ёрдамида киритилади, пахта ёрдамида зичлаштирилади. Дентин-малҳами тайёр ҳолатда чиқарилади. У сунъий дентиндан, шафтоли ва чиннигул мойи аралашмасидан иборат. Паста тана ҳароратида огиз бўшлиғида 2-3 соатда давомида қотади. Дентин - малҳам хусусиятлари:
қўлланишдаги оддийлиги; сунъий дентинга нисбатан, юқори мустаҳкамлиги; оғиз бўшлиғида конденсациялаш имкониятини беради (маргимушли малҳам устига, очиқ пульпа устига ва суюқ дори моддаларини изоляция қилиб бўлмайди). Цинк-оксид эвгенол малҳами чайнов босимига бардошли. Бу пломба ашёси сут тишларини пломбалашда фойдаланилади. Эвгенол композит ашёларининг адгезия ва полимеризатсия жараёнларини бузади. Шунинг учун ҳозирда эвгенол ўрнини босадиган ашёлар, яъни полиметил метакрилатли пломба ашёлари ишлаб чикарилмоқда. Бундай пломба ашёлар «НЕ» (нон эвгенол) тамғаси ёки «Евгенол трее» тамғаси билан чиқарилади. Ҳозирда нур билан қотувчи вақтинчалик пломба ашёлари ишлаб чиқарилмоқда. Улар эластик бўлиб, борсиз осонлик билан олиб ташланади. Бу ашёлар композит ашёлар таркибига таъсир кўрсатмайди. Вақтинчалик пломба ашёлари бир неча ойга (6 ойгача) мўлжалланган. Кўпинча цинк-эвгенол, цинк-фосфат, поликарбоксилат ёки шишаиономер цементлардан фойдаланилади. Ҳорижий давлатларда - вақтинчалик қопламалар (алюминий, қалай, пластмассадан)дан фойдаланилади. Qistirmalar va asoslar Ajoyib xusuiyatlarga ega bo’lgan ko’pchilik tiklovchi stomatologik materiallar qotib qolish vaqtida, siklik, haroratli yoki mexanik ta’sir qilishlar vaqtida pulpani muhofaza qilmaydilar. Pulpani muhofaza qilish deganda (1) kimyoviy muhofaza, (2) elektrik muhofaza, (3) issiqlik muhofazasi, (4) farmakologik muhofaza va (5) mexanik muhofaza (2.44 rasm) tushuniladi. Ishlov berish sohasi pulpaga qanchalik yaqin bo’lsa, bu omillarni hisobga olish shunchalik muhim bo’ladi. Qistirmalar va asoslar— bu pulpani muhofaza qilish maqsadida dentin bilan (ba’zida pulpa bilan) restaratsiya orasiga qo’yiladigan materiallardir. Pulpani restavratsiyadan muhofaza qilishga ehtiyoj ishlov berishning kengligi va lokallashuvi hamda qo’llanilayotgan materialga bog’liq ravishda turlicha bo’lishi mumkin. Qistirma va asoslarning xususiyatlari ko’p jihatdan ular bajarishi lozim bo’lgan vazifalar bilan belgilanadi. Ularni qo’llash maqsadlari juda o’xshash bo’lgani uchun qistirma bilan asoslarni har doim ham bir-biridan ajratib bo’lmaydi, chunki ular bir nechta umumiy o’ziga xos jihatlarga ega bo’ladilar. Atamalar va sinflash. Qistirma— bu nisbatan yupqa material qatlami bo’lib, u tiklovchi material va/yoki tish bilan restavratsiya orasiga sizib kirishi mumkin bo’lgan og’iz bo’shlig’ining suyuqligidan ajralib chiqadigan kimyoviy moddalardan himoyalovchi to’siq sifatida qo’llaniladi Qistirmalar shuningdek qaysidir ma’noda elektrkimyoviy muhofazani va ba’zi hollarda issiqlik muhofazasini amalga oshiradi va shuningdek pulpaga davolovchi ta’sir ko’rsatadi. (2.45 rasm). Qistirmalarga bo’lgan eng katta ehtiyoj pulpagacha yetib boradigan metall restavratsiyalarni qo’llashda yuzaga keladi. Bu metall restavratsiyalar tish to’qimasi bilan mustahkam aloqani yuzaga keltirmaydi va izolyatsiyalovchi ta’sir ko’rsatmaydi, masalan to’g’ri mo’ljallanishga ega bo’lmagan boshqacha restavratsiyalarni qo’llashda amalgama va quyma oltin. Тo’g’ri mo’ljallanishga ega bo’lgan kompozitsion restavratsiyalar, to’g’ri mo’ljallanishga ega bo’lmagan kompozitsion yoki keramik restavratsiyalar va polimer bilan o’zgartirilgan shisha ionomerlar odatda tish to’qimasi bilan mustahkam aloqani vujudga keltiradi. Bu materiallarning izolyatsiyalovchi xususiyati va bonding agentlar beradigan germetizatsiya effekti an’anaviy qistirmalarni va asoslarni qo’llashga bo’lgan ehtiyojni istisno qiladi, qachonki ishlov berish sohasi pulpaga juda yaqin joylashgan bo’lsa va pulpani farmakologik muhofaza qilishga bo’lgan ehtiyoj vujudga kelsa. Bu vaziyat quyida, bonding agentlarga bag’ishlangan bo’limda batafsil ko’rib chiqiladi. Qistirmalarning qalinligi 1 dan 50 mkm gacha boradi (eritmalar (laklar) — 2-5 mkm, suspenziyalar - 20-25 mkm). Yanada qalinroq qistirmalar (200-1000 mkm - 0,2-1 mm) asosan davolovchi qistirmalar sifatida va pulpaning issiqlik muhofazasi uchun qo’llaniladi. Ba’zida ularni sementli qistirmalar deyishadi
Pulpani muhofaza qilishdan maqsad. Bu materiallarning amal qilish mexanizmini tushunish uchun, dentin anatomiyasi va fiziologiyasini eslash lozim Elektr muhofazasi Химическая защита U CM Меxanik muhofaza Farmakologik muhofaza Amalgama Pulpa 2.44 rasm. Metall restavratsiya ostidagi pulpaning muhofazasining sxematik tasviri. Pulpaning kimyoviy, elektrik, issiqlik mexanik va/yoki farmakologik muhofazasi uchun ishlov berish sohasida amalgamali plomba ostida laklar, qistirmalar va/yoki asoslar qo’llanilishi mumkin { gg. Bayne $• Napet R. V., In: Richardson R. V., Barton R. V. I he dental assistant, ed. 6. Philadelphia. 1988. I.ea & Felriger dan) Emal-dentinli birikma Lak Rux oksid-evgenli yoki kaltsiy gidroksidli qistirma Lak Restavratsiyani toza denting qo’ndirish joyi Lak Shisha ionomerli asos Kaltsiy gidroksidli qistirma Amalgama Amalgama 2.45 rasm. Amalgamali plombalar uchun qistirmalar va aoslarni qo’llashning sxematik tasviri: A — ishlov berish sohasi chuqur bo’lmaganida uning devorlariga plombani o’rnatishdan oldin lak yoki germetik surtiladi. /> - ishlov berish sohasi mo’’tadil bo’lganida uning devorlariga pulpani issiqlik muhofazasi uchun yoki davolovchi bog’ichlar sifatida ishlatish uchun qistirmalar qo’yiladi. (E’tibor qiling, amalgamali plombalar chekkalari bo’ylab toza dentinga o’rnatiladi): N — ishlov berish sohasi juda chuqur bo’lganida lengin olib tashlangan eng chuqur uchastkasiga qiyin qotadigan kalsiy gidroksidi qo’yiladi, so’ngra shisha ionomerli tsementdan qilingan asos qo’yiladi. Qistirma va lak o’rniga amalgamaning bondingi uchun mo’ljallangan tizimlarni qo’llash tavsiya etiladi, biroq ishlov berish sohasi pulpadan 0,5 mkm masofada bo’lgan eng chuqur uchastkalarda, kalsiy gidroksidli qistirma qoldiriladi (1 bobga qarang). Qoplamaning normal dentinida odontoblastlarning o’simtalari bo’lgan dentinli kanalchalar bo’ladi.Ular dentinogenez vaqtida dentinni hosil qiladilar. Bu ustunsimon hujayralar pulpa periferiyasi bo’ylab qatlam ko’rinishida joylashadilar va kuchsiz minerallashgan dentin (predentin) tarkibiga qisman qo’shilgan hisoblanadilar. Ularning o’simtalari dentin kanalchalar bo’ylab o’tadilar. Bu o’simtalarni kanalchalarning devorlari bilan kontakt qilmaganida dentin suyuqligi o’rab turadi. Kuchsiz davomiy kimyoviy yoki mexanik kuchlanishga javoban o’simtalar asta-sekin pulpa yo’nalishi tomon siqiladilar va gidroksiapatit kristallarini qo’yib ketadilar va shunday qilib kanalchalarni peritubulyar dentin bilan berkitib qo’yadilar. (1 bobga qarang). Agar ta’sir ko’rsatish kuchli bo’lsa yoki ular pulpaga yaqin joylashsa, odontoblastlarning o’simtalari tezroq siqiladi va shikastlangan kanalchalarda gidroksiapatit kristallaridan lokal ko’prik vujudga keladi. Bu ikkala reaksiya pulrani kimyoviy, haroratli, mexanik yoki biologik ta’sirlanishdan muhofaza qiladigan tabiiy mexanizmlar hisoblanadi. Agar ta’sirlanish suyuqlikning dentin kanalchalari bo’ylab ixtiyoriy yo’nalishdagi harakatini vujudga keltirsa, bosimning o’zgarishini pulpa mexanoretseptorlari sezadilar va mijoz ta’sirlanishga uchraydi. Pulpaga stomatologik materiallardagi kimyoviy ta’sirlagichlar yoki bakteriyalar kelib tushsa u yallig’lanadi. Bu ta’sirlanishlardan muhofazalanish uchun ishlov berish sohasining butun sirti bo’ylab dentin kanalchalarining tashqi tugallanmalarini yopish lozim bo’ladi. Aylanadigan instrumentlar bilan ishlov berish vaqtida qipiqlar yuzaga keladi va ularning bir qismi muqarrar ravishda ishlov berish sohasida bitta qatlam ko’rinishida qolib ketadi. Bu qatlam surtilgan qatlam deyiladi. U ixtiyoriy ishlov berilgan sirt uchun xosdir. Emal va dentinning surtilgan qatlami bonding tizimsiz amalgama bilan plombalash vaqtida olib tashlanmaydi. Dentindagi surtilgan qatlam (2.46 rasm), 25-30%li siziluvchanlikka qaramasdan, qaysidir darajada dentinli kanalchalarni yopib qo’yadi. Kanalchalar bo’ylab suyuqlik harakati ularning diametriga proporsional bo’ladi. (2.47 rasm). Kanalcha diametrining 2 baravar kamayishi suyuqlik oqimining 16 baravar kamayishiga olib keladi. Shuning uchun surtilgan qatlam Dentinli kanalchaning surtilgam qatlam elementlari bilan 2 – mkm chuqurlikda yopib qo’yilishi Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling