Fanining predmeti va vazifalari
Yo‘l xo‘jaligining tarkibi va uning rivojlanish
Download 253.33 Kb. Pdf ko'rish
|
1 1 MAVZU YO‘L TRANSPORT SOHASI IQTISODIYOTI FANINING PREDMETI VA
1.2. Yo‘l xo‘jaligining tarkibi va uning rivojlanish
qonuniyatlari Yo‘l xo‘jaligi barcha umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari, hamda bu yo‘llarni ta’mirlash va yaroqli holatda bo‘lishligini ta’minlovchi korxona va tashkilotlarni o‘z tarkibiga oladi. Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llaridan tashqari, mamlakatda sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa tashkilotlarga xizmat ko‘rsatuvchi korxona va idoralarga tegishli yo‘llar ham mavjud. Bu yo‘llarning ham ko‘pchilik qismi qattiq qoplamaga ega. Idora va tashkilotlarga tegishli bo‘lgan yo‘llar yo‘l xo‘jaligi tarkibiga kirmaydi. Ular tegishli tashkilot va korxonalarning mulki sanalib, ulardan inshoot sifatida foydalaniladi. Bu yo‘llarni ta’mirlash va yaroqli holda ushlab turish shu korxonalarning zimmasiga yuklatilgan. Avtomobil yo‘llarining u yoki bu turidan foydalanishda (umumiy yuk ko‘tarish qobiliyati, o‘qlarga to‘g‘ri keladigan yuklanish, gabarit o‘lchamlar, harakatlanish tezligi), yonilg‘i – moylash materiallari xarajati, avtomobillarning va ularning qismlarining yeyilishi, mehnat unumdorligi, harakat xavfsizligi va tashish tannarxiga nihoyatda katta ta’sir ko‘rsatadi. SHu sababli avtomobil yo‘llarining transport-tasarruf ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi harakatlanuvchi qismini tasarruf etishga bo‘ladigan xarajatlarning kamayishiga va aksincha, ularning kamayishiga avtomobil yo‘llari tizimini kengaytirishga hamda ularni yaroqli holda ushlab turishga mablag‘lar etishmasligi, harkatlanuvchi qismning ishlash sharoitini yomonlashuvchi qismining ishlash sharoitini yomonlashuviga va transport hamda boshqa turli xarajatlar va yo‘qotishlarning ortishiga sabab bo‘ladi. Avtomobil yo‘llarning rivojlanib borishi, birinchi navbatda barcha turdagi yuklar va yo‘lovchilarni nisbatan qisqa masofalarga (200km gacha) tashish (temir yo‘l, daryo va dengiz portlarigacha yetkazib berish), hamda qimmatli va tez buziluvchi yuklarni katta masofalarga (1000km gacha) tashishda harkatlanuvchi qismidan samarali foydalanish hamda nisbatan kichik hajmdagi yuk va yo‘lovchi oqimlarini o‘zlashtirish imkoniyatini yaratadi (qishloq aholi punktlarini ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazlar bilan bog‘lash). Avtomobil yo‘llaridan foydalanishning bu xususiyatlari ularning rivojlanishida ba’zi yo‘nalishlarga asos soldi: qattiq qoplamali yo‘llar ko‘payishida bir turdan boshqa turga o‘tuvchi qoplamali yo‘llar hissasining kamayishi, qattiq turdagi qoplamaga ega bo‘lgan yo‘llar uzunligining ortib borishi, amalda mavjud bo‘lgan eng ko‘p yuklangan yo‘llar transport-tasarruf ko‘rsatkichlarini oshirib borish, qishloq joylardagi tuproq yo‘llarni tez sur’atlarda qattiq qoplamali yo‘llarga almashtirish; avtomobil yo‘llari rivojlanishining muhim xususiyatlaridan biri ularni ta’mirlash jarayonida texnik-tasarruf ko‘rsatkichlarini rejali ravishda oshirib borishdir. Yo‘l xo‘jaligiga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari ikki yo‘nalish bo‘yicha xarajat qilinadi: kapital qurilishiga; yo‘llarni ta’mirlash va yaroqli holda tutib turishga. Kapital mablag‘lar hisobiga yangi avtomobil yo‘llari, ko‘prik yo‘l o‘tkazgichlar, transport yechimlari va amalda mavjud bo‘lgan avtomobil yo‘llarini yuqoriroq texnik kategoriyaga o‘tkazish maqsadida rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi. Harakatlanuvchi qism va avtomobil yo‘llari o‘rtasidagi texnik jihatdan o‘zaro bog‘liqlik, ularning iqtisodiy birligi ajratilgan mablag‘lardan foydalanishning shunday variantlarini amalga oshirishni talab qiladiki, unda avtomobil yo‘l majmui elementlari, avtomobil harakatlanuvchi qismi, yo‘l tasarruf tashkilotlari, avtota’mirlash zavodlari, texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari bo‘yicha xarajatlar minimal bo‘lsin. Yo‘l xo‘jaligi mamlakatining yagona trasnport tizimida muhim rol o‘ynaydi. Yagona transport tizimining tarkibiy qismi bo‘lgan avtomobil transportining samarali ishlashini ta’minlaydi. Yagona transport tizimi rivojlanishining tarmoqli masalalarining optimal yechilishi, transport turlari bo‘yicha tashishning ratsional taqsimlanishida ham avtomobil yo‘llari muhim ahamiyatga ega. Yo‘l xo‘jaligi moddiy ishlab chiqarish sohasida (avtomobil transportida yuklarni tashish) va ishlab chiqarishdan tashqari sferada (yo‘lovchilar tashish va ijtimoiy – madaniy xizmat ko‘rsatish) transportga va butun iqtisodiy jarayonlarga xizmat qiladi. Yo‘l xo‘jaligining moddiy-texnik asosini avtomobil yo‘llari va ularga xizmat ko‘rsatish hamda qayta tiklashga xizmat qiluvchi texnik vositalar tashkil etadi (yo‘l mashinalari, asfaltobeton zavodlari va hokazolar). Yo‘l tashkilotlarining ishlab chiqarish faoliyati yo‘llarda ularning transport tasarruf ko‘rsatkichlari saviyasini ta’minlash bo‘yicha turli ishlarni bajarishdan iborat (yo‘llar tizimining zichligi, harakat tezliklari, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan yuklanishlar, yo‘lning o‘tkazuvchanlik xususiyatlari va hokazo). Yo‘l xo‘jaligi - tarmoq sifatida halq xo‘jaligining ko‘pchilik tarmoqlari bilan bevosita aloqadordir. Avtomobil yo‘llari infratuzilmaning eng muhim elementlaridan biri sanaladi. Ular haqiqatan ham mamlakat transport tizimini, barcha transport turlariga o‘zaro bir-biriga ta’sir etishga va birgalikda ishlashga moddiy – texnika asosini yaratib, alohida transport turlarining oxirgi punktlarini (terminallarni), yuk jo‘natuvchilar va qabul qiluvchilarni o‘zaro bog‘laydilar. YAgona transport tizimi yoki alohida transport turi miqyosida transport jarayonining samarali tashkil etilishi yo‘l xo‘jaligi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar saviyasiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Avtomobil yo‘llarining ahvoli bundan tashqari qishloq xo‘jaligi korxonalari qurilishi, sanoatning juda ko‘p tarmoqlari, maishiy xizmat sohalarining ishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri juda katta ta’sir o‘tkazadi. Bu erda teskari aloqa ham mavjud. Barcha asosiy resurslarni (mablag‘lar, moddiy va ko‘pincha mehnat resurslarini ham) yo‘l xo‘jaligi u xizmat ko‘rsatuvchi tarmoq korxonalaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki davlat boshqaruvi organlari orqali qayta taqsimlanish orqali oladilar. Iqtisodiyotda yo‘l xo‘jaligining ob’ektiv roli uni yuqori |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling