Fanining predmeti va vazifalari


 Yo‘l xo‘jaligida ishlab chiqarish faoliyati va uning tashkiliy


Download 253.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana15.06.2023
Hajmi253.33 Kb.
#1488092
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 1 MAVZU YO‘L TRANSPORT SOHASI IQTISODIYOTI FANINING PREDMETI VA

1.3. Yo‘l xo‘jaligida ishlab chiqarish faoliyati va uning tashkiliy 
ko‘rinishlari. 
 
Yo‘l xo‘jaligi tarmoq sifatida tarmoqdan tashqarida iste’mol etilishiga 
mo‘ljallangan ma’lum bir oxirigi mahsulotni yaratadi. Bu mahsulot konkret 
transport-tasarruf ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanuvchi avtomobil yo‘llari 
bo‘lib, ular aholi va avtomobil transportiga foydalanish uchun taqdim etiladi. 
Transport inshooti sifatida yo‘llar ularda tashish jarayoni amalga 
oshirilayotgan vaqtda qilinadi. Ularning ishlab chiqarish jarayonida iste’mol 
qilinishi o‘lchovi ularning eyilishidir. Avtomobil yo‘llarining ahvoli ularning 
moddiy va ma’naviy jihatdan eskirganligi orqali aniqlanadi. 
Yo‘llarning moddiy jihatdan yeyilishi ko‘pdan-ko‘p omillarga bog‘liq 
bo‘lib, ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 
-tabiiy iqlim omillari - joyning relefi, tuproq-geologik va gidrologik 
sharoit, temperatura rejimi, yog‘ingarchiliklar miqdori va hokazodar. Bu 
omillarning ta’sir etishi uzoq muddatli bo‘lib, shartli doimiy harakterga ega va 
yo‘l qurilishida va loyihalashda hisobga olinadi; 
-transport tasarruf omillari - harakat tarkibi va intensivligi, uning vaqt 
bo‘yicha o‘zgarishi, transport vositalari turlari bo‘yicha harakatlanish 
tezliklari, harakatni tashkil etilishi, boshqa avtomobil yo‘llari hamda temir 
yo‘llari bilan kesishishlarning mavjudligi; 
-loyihalash omillari - qabul qilingan loyiha yechimlarining tabiiy iqlim 
va transport tasarruf omillariga mos kelishini aniqlovchi parametrlar majmui; 
-qurilish omillari - qurilish sifatini belgilovchi, ya’ni qurilgan yo‘llar 
va inshootlar parametrlarining loyiha talablariga va texnik ko‘rsatmalar 
hamda me’yorlarga mos kelishligi. Bu omillarning ta’siri birinchi navbatda 
yo‘llarning ta’mirlash orasidagi xizmat muddatida ko‘zga tashlanadi
-yo‘l-tasarruf omillari – yo‘llarga va inshootlarga tabiiy – iqlim va 
transport – tasarruf omillarining ta’sir etishini syokinlashtirishga qaratilgan 
tadbirlar, ya’ni ta’mirlash va yo‘llar holatini yaroqli holatda saqlashga xizmat 


qiluvchi ishlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi. 
Yo‘llar faqat moddiy jihatdan emas, balki texnik taraqqiyot ta’sirida 
texnik vositalar parametrlarining doimiy o‘sib borishi ta’sirida ma’naviy 
jihatdan ham eskirib boradi. Avtomobil transporti avtomobil yo‘llarining 
transport-tasarruf ko‘rsatkichlariga yanada yuqoriroq talablar qo‘yadi, bu esa 
ularni loyihalashtirishda yanada yuqori normativlarning kiritilishiga olib 
keladi. Avtomobil yo‘llarini loyihalashtirishda ishlatiladigan normativ 
hujjatlarning amal qilish muddati yo‘llarning xizmat qilish muddatidan bir 
necha barobar va hatto yo‘lning texnik kategoriyasini belgilashning asosi 
bo‘lgan loyihalash 
oxirida aniqlanadigan harakat intensivligini belgilovchi effektiv 
davrdan kam bo‘ladi. 
Yangidan amalga kiritilayotgan normativlar nafaqat tegishli 
kategoriyadagi yo‘llarning yuqori texnik saviyasini, balki ulardagi kelajak 
harakat intensivligini ham ko‘zda tutadi. 
Amalda yo‘l xo‘jaligida shuni ham hisobga olinadiki, avtomobil 
yo‘llarining eng qimmat konstruktiv elementi – yo‘l qoplamasi, uning 
qiymati yo‘l qiymatining deyarli 60 foizini tashkil etadi, va u avtomobil 
g‘ildiraklarining yo‘lni buzuvchi ta’siri ostida oshirilgan sari qo‘shimcha 
konstruktiv qatlam bilan kuchaytirilishi mumkin, bu esa yo‘llarni bosqichma-
bosqich tamoyilda qurib borish mumkinligini ko‘rsatadi. SHu sababli 
avtomobil yo‘llarini ta’mirlash paytida nafaqat yo‘lning konstruktiv 
elementlari tabiiy yemirilishi oqibatlarini yo‘qotishga qaratilgan, balki 
ularning ma’naviy eskirishi oqibatlarini ham yo‘qotishga qaratilgan ishlar 
amalga oshiriladi, ya’ni yo‘lni qaysi kategoriyaga tegishli, deb topilgan 
bo‘lsa, shu kategoriyaga mos kelmaydigan parametrlar me’yorlar talab 
darajasiga yetkaziladi. Bu esa shuni ko‘rsatadiki, yo‘l – ta’mirlash ishlari 
oddiy qayta ishlab chiqarish emas, balki kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish 
xususiyatiga ega. 
Avtomobil yo‘llarini oddiy qayta ishlab chiqarish ishlariga 
ob’ektlarning boshlang‘ich transport – tasarruf ko‘rsatkichlarini tiklashga 


qaratilgan ishlar kiradi, ya’ni ularning tabiiy yemirilishi oqibatlarini 
yo‘qotishdan iboratdir. Bunday ishlar yo‘llarni ta’mirlash paytida bajariladi 
va quyidagilarni o‘z ichiga oladi: yo‘l qoplamasini mustaxkamlash, suv 
qochiruvchi qurilmalar, bordgorlar, tirkovuch devorlar va boshqa yo‘l 
konstruktiv elementlarini tiklash. Bu ishlar yo‘lning inventar qiymatini 
oshirmaydi va bu ishlarni bajarish sarf- xarajatlari yo‘lning yemirilishini 
hisobga oluvchi amortizatsiya miqdorini buxgalteriya hisobida kamaytirish 
yo‘li bilan hisobdan chiqariladi.Avtomobil yo‘llarini kengaytirilgan qayta 
ishlab chiqarish ishlariga yangi konstruktiv elementlarni qurish, hamda 
yo‘llarni kengaytirish, mustahkamlash (kuchaytirish) yoki amalda mavjud 
bo‘lgan elementlarni texnik jihatdan qayta jihozlash ishlari kiradi. 
Bu ishlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
- yo‘l polotnosi va suv qochiruvchi qurilmalar bo‘yicha – yo‘lga 
berilgan texnik kategoriyaga muvofiq ravishda uning geometrik 
elementlarini me’yor darajasiga yetkazish, yangi suv qochiruvchi 
qurilmalarni, qirg‘oqlarni himoyalovchi va erroziyaga qarshi inshootlarni, 
yo‘l kesishmalari joylarida yo‘l polotnosi va suv qochiruvchi qurilmalarni 
qurish, avtobus bekatlari uchun yo‘lni kengaytirish, yo‘lning transportlar 
harakatlanadigan qismidan tashqarida avtomobillarning to‘xtab turishilari 
uchun maydonchalar qurish. 
- yo‘l qoplamasi bo‘yicha – yo‘lning qoplamali qismini kengaytirish, 
yo‘llarning qayta qurilayotgan bo‘laklari, transport yechimlari hamda 
avtobus bekatlari va avtomobillar uchun to‘xtab turish maydonchalarini yo‘l 
qoplamasi bilan qoplash, bordyurlar o‘rnatish, qoplamalari yaxshilangan 
yo‘llarning chetlariga mustaxkamlovchi polosalar qurish. 
- sun’iy inshootlar bo‘yicha – mavjud bo‘lgan ko‘priklar va yo‘l 
o‘tkazgichlarni (uzunliklari 60 m gacha) butunlay yoki qisman qayta qurish 
yoki yangilarini qurish, yog‘ochdan, temirbetondan, g‘ishtdan va po‘latdan 
qurilgan ko‘priklarni kengaytirish va kuchaytirish, tog‘ yo‘llarida himoya 
galareyalari va ayvonlari qurish. 


Bu ishlarning amalga oshirilishi yo‘l tashkilotlari balansida bo‘lgan 
yo‘llarning, ya’ni asosiy fondlarning, inventar qiymatlarining oshuviga olib 
keladi. 
Avtomobil yo‘llarini ta’mirlashda uning boshqa elementlari bo‘yicha 
kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘zda tutilgan ishlar hajmi 
ta’mirlashga sarflanadigan umumiy xarajatning 50-60 foizini tashkil etadi. 
Yo‘llarning inventar qiymatlarini ortishiga sabab bo‘luvchi ishlar 
salmog‘ining yuqoriligi avtomobil yo‘llarining amaldagi transport- tasarruf 
ko‘rsatkichlari bilan ularga avtomobil transporti tomonidan qo‘yilayotgan 
talablar o‘rtasidagi oraliqning katta ekanligidan darak beradi. 
Yangidan qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan ob’ektlarning 
ishga tushirilishi hisobiga avtomobil yo‘llarining qattiqligini doimiy ravishda 
oshirib borish, bu xarajatlarning ta’mirlash ishlaridagi qiymatining kamayib 
borishida turg‘un holat yaratadi. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatmoqdaki, 
qurilish me’yorlari va qoidalariga to‘liq amal qilingan holda qurilgan yangi 
avtomobil yo‘llari uchun, yo‘llarni ta’mirlashda ularning inventar 
qiymatlarini oshiruvchi xarajatlar yo‘l qoplamasining turiga qarab, ta’mirlash 
qiymatining 10-50 foizini tashkil etadi. 
Ko‘rib chiqilgan, yo‘llarning moddiy va ma’naviy eskirishiga sabab 
bo‘luvchi omillar, yo‘llarda o‘tkazilishi kerak bo‘ladigan ta’mirlash 
ishlarining hajmi va muddatlarini belgilaydi. Ta’mirlash tadbirlari qiymatiga 
ish hajmidan tashqari smeta narxlari omili va ishlab chiqarish omillari: 
ishlarning bajarilish texnologiyasi, ularning mexanizatsiyalashganlik 
darajasi, ishlab chiqarish bazasining quvvati va ahvoli, mexanizatsiya 
vositalarining ahvoli, mehnatni tashkil etilish saviyasi, rejalashtirish va 
boshqarish, ishlarning bajarilish muddatlari va sifati ham ta’sir etadi. 
SHunday qilib, yo‘l xo‘jaligi tarmog‘i oldida turgan ishlab chiqarish 
masalalari, birinchidan, zaruriy texnik-iqtisodiy natija beruvchi optimal 
muddatlar va hajmda ta’mirlash ishlarini bajarish hisobiga «avtomobil 
yo‘llarining transport-tasarruf ko‘rsatkichlarini loyiha yechimlarida 


belgilangan» saviyada ushlab turish, ikkinchidan avtomobil transporti 
talablariga muvofiq ravishda iqtisodiy samaradorligi hisob-kitoblar bilan 
asoslangan holda yo‘l parametrlarini oshirib borish.. Ham birinchi, ham 
ikkinchi masalani hal etishda zaruriy ishlarni bajarishga ketadigan xarajatlar, 
ta’mirlash ishlari o‘tkazilayotgan yo‘llarda avtomobil transportida 
bo‘ladigan yo‘qotishlarni ham birga qo‘shib hisoblanganda minimal 
bo‘lishiligi kerak. 
Bu masalalarning hal etilishiga, ishlab chiqarish daromadlarini 
takomillashtirishga, 
ishlab 
chiqarish 
faoliyatining 
yangi 
iqtisodiy 
mexanizmiga o‘tishga qaratilgan, tarmoq ishlab chiqarish faoliyatining 
yakuniy maqsadi sifatida qaramoq kerak. 
Mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llarini qurish va 
rekonstruksiya qilishni odatda yo‘l xo‘jaligi tashkilotlarining o‘zlari amalga 
oshiradilar, zarurat bo‘lgan hollarda esa ular alohida turdagi ishlarni bajarish 
uchun ixtisoslshgan korxonalar, ko‘prik qurish boshqarmalari, ko‘prik 
otryadlari, ko‘prik quruvchi poezdlar, tonnel otryadlari, mexanizatsiya 
boshqarmalarini jalb etishlari mumkin. 
Yo‘llarni ta’mirlash ishlari odatda yo‘l xo‘jaligi tashkilotlarining 
kuchlari bilan amalga oshiriladi, ammo alohida holatlarda boshqa tashkilotlar 
tomonidan pudrat usulida ham bajarilishi mumkin. Yo‘llarni yaroqli holatda 
tutish maqsadida bajariladigan ishlar yo‘l xo‘jaligi tashkilotlarining o‘z 
kuchlari bilan bajariladi. 
SHunday qilib, yo‘l xo‘jaligining mahsuloti o‘zining murakkabligiga 
qarab, tarmoq korxonalarining o‘z kuchlari bilan, yoki kapital qurilish 
bo‘yicha turdosh va ixtisoslashgan korxonalar bilan kooperatsiyalashgan 
holda yaratiladi. 

Download 253.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling