Fanining predmeti va vazifalari
Download 253.33 Kb. Pdf ko'rish
|
1 1 MAVZU YO‘L TRANSPORT SOHASI IQTISODIYOTI FANINING PREDMETI VA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy atamalar va tushunchalar
- 1.1. Avtomobil yo‘l xo‘jaligining iqtisodiyotda tutgan o‘rni
1- MAVZU. YO‘L-TRANSPORT SOHASI IQTISODIYOTI FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI Reja: 1.1. Avtomobil yo‘l xo‘jaligining iqtisodiyotda tutgan o‘rni. 1.2. Yo‘l xo‘jaligining tarkibi va uning rivojlanish qonuniyatlari. 1.3. Yo‘l xo‘jaligi ishlab-chiqarish faoliyati. 1.4. Yo‘l xo‘jaligida iqtisodiy munosabatlar tizimi. Asosiy atamalar va tushunchalar: Yo‘l xo‘jaligi, fan va loyihalashtirish, moddiy-texnik resurslar, boshqaruv, umumfoydalanish yo‘llari, qurilish, ta’mirlash, yo‘llarni yaroqli holda ushlab turish, yo‘llarning eskirishi (eyilishi), tabiiy - iqlim sharoitlari, loyihalashtirish, qurilish va yo‘l tasarruf omillari; iqtisodiy munosabatlar, yo‘l fondi. 1.1. Avtomobil yo‘l xo‘jaligining iqtisodiyotda tutgan o‘rni Ijtimoiy va iqtisodiy muammolarga kompleks yondashuv, ularning tarmoqlararo va mintaqalararo miqiyosidagi yechimini talab qiladi. Bunday yondashuv tarmoqlararo aloqalarga bog‘liq bo‘lmagan o‘zaro bog‘lanishlarni hisobga olish imkonini yaratadi. Darhaqiqat, tarmoqlarning rejalarida bog‘lovchi zanjir sifatida miqdor ko‘rsatkichlarining alohida olingan bir tarmoq miqyosida o‘sib borishi hisobga olinadi. Kompleks yondashuvda esa iqtisodiy tizim faoliyati, oraliq natijalarga emas, balki pirovord natijaga erishishga yo‘nalgan bo‘lib, bozor talablariga qaratiladi. Avtomobil yo‘l xo‘jaligi - texnik-iqtisodiy tizim bo‘lib, u faoliyat ko‘rsatish maqsadi, tarkibiy tuzilishi, foydalaniladigan resurslar va natijalarni baholash nuqtai nazaridan qaralganda, u tashish jarayonini transport kommunikatsiyalari bilan ta’minlaydi, avtomobil transporti harakatlanuvchi tarkibining ish unumdorligini oshirish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratadi, avtomobil yo‘llaridagi harakat qatnovi zichligini o‘zgartirish, geometrik omillarga va ularni avtomobil transporti tomonidan tasarruf etilishi intensivligiga bog‘liq ravishda texnik-tasarruf holatlarini ta’minlaydi. Avtomobil transporti boshqa transport turlaridan bir qator o‘ziga xos bo‘lgan farqlarga ega, xususan, unga doimo yangi yuk hajmlarining turlarini o‘zlashtirib borishga to‘g‘ri keladi. Avtomobil transportida hududiy-tarmoq boshqaruvining tizimini tashkil etish iqtisodiyotning bir qator tarmoqlari va shahobchalarini yagona avtomobil – yo‘l majmuiga birlashtirishni talab qiladi (rasm 1.1.) Mamlakatning avtomobil-yo‘l majmuini rejalashtirish va boshqarish, uning faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishining ijtimoiy- iqtisodiy xususiyatlari va barcha shahobchalarning birligini hisobga olib, pirovard maqsadni ko‘zlagan holda amalga oshirishi kerak. Avtomobil yo‘l majmui barcha elementlarining umumiy maqsadi korxonalar va aholining yuklari hamda yo‘lovchilar tashishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdan iborat. Avtomobil – yo‘l majmui faoliyati va rivojlanishining mezoni sifatida transportga bo‘lgan talablarni qondirish uchun sarflanadigan ijtimoiy (jonli va buyumlashgan) mehnat miqdori qabul qilinishi mumkin. Ko‘rib chiqilayotgan majmuada tarmoqlar orasida ma’lum bir o‘zaro bog‘lanishlar mavjud, masalan, harakatlanuvchi qism soni bilan avtomobil yo‘llarining transport-ekspeditsion ko‘rsatkichlari orasida, yuk tashish hajmining (ma’lum chegaralarda) o‘sishi bilan avtomobillar ishlab chiqarish o‘rtasida, hamda yo‘llarning umumiy uzunligi o‘rtasidagi bog‘liqliklar. Avtomobil yo‘llari zichligining ortishi tashish masofalarining qisqarishiga va shu orqali yuklarni etkazib berish tezligining ortishiga olib keladi. Natijada bir avtokorxona (soni va tarkibi o‘zgarmagan holda) ko‘proq hajmdagi yukni tashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. SHunday qilib, yo‘l xo‘jaligini samarali olib borish, butun avtomobil – yo‘l majmuining ishlashini, ishlab chiqarish va moddiy resurslar tejamini ta’minlab, ijtimoiy ishlab chiqarishning jadallashuviga, ya’ni hududlarning (birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi) o‘zlashtirilishiga, hududiy ishlab chiqarish majmualarining va sanoat korxonalarining rivojlanishiga imkon yaratadi. Download 253.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling