Fanining predmeti va vazifalari


Yo‘l xo‘jaligida iqtisodiy munosabatlar tizimi


Download 253.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana15.06.2023
Hajmi253.33 Kb.
#1488092
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 1 MAVZU YO‘L TRANSPORT SOHASI IQTISODIYOTI FANINING PREDMETI VA

1.4 Yo‘l xo‘jaligida iqtisodiy munosabatlar tizimi 
 
Tarmoqdagi iqtisodiy aloqalarning birinchi va asosiy xususiyati 
tarmoqning ikkilanganligi va mahsulotining alohida xususiyatidadir: - bir 
tomondan olganda yo‘l xo‘jaligi – bu avtomobil yo‘llari, ya’ni transport 


inshootlaridan, boshqa tomondan qaralganda esa – mehnat jamoalarining 
avtomobil yo‘llarini saqlash va rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab 
chiqarish faoliyatidan iborat. Bunda avtomobil yo‘llari rasman tegishli ishlab 
chiqarish yo‘l tashkilotlarining mulki hisoblanadi, ya’ni ularga xizmat 
ko‘rsatuvchi yo‘l tashkilotlarining balansida turadi. Bu holat yo‘l tashkilotlari 
faoliyatining yakuniy natijasi deb, hududiy yo‘llar bilan ta’minlanganligi 
bo‘yicha ma’lum darajadagi potensialni avtomobil transporti ishi orqali 
amalga oshadigan o‘ziga xos xizmat turi potensialini yaratish, deb qaralishi 
mumkin. Bu potensial – avtomobil transporti va butun yagona transport 
tizimining, jamiyat maishiy ehtiyojini qondirish borasida, uning samarali 
faoliyatini ta’minlashga xizmat qiluvchi moddiy–texnik sharoitlarning 
majmuidan iborat. 
Amalda yo‘llar bilan ta’minlanganlik potensiali avtomobil yo‘llarining 
texnik ahvoli va rivojlanish saviyasi orqali tavsiflanishi mumkin. 
Iqtisodiyotni boshqarishni qayta qurish istiqbolida faqat shu 
ko‘rsatkich, uning qiymatini vaqt mobaynida o‘zgarib borishi, yo‘l 
tashkilotlari faoliyatini baholashda birlamchi mezon bo‘lib ishlatilishi kerak 
bo‘ladi. SHu mahalgacha ishlatib kelingan ko‘rsatkichlar, bajarilgan ishlar 
hajmi va sarflangan mablag‘lar masalasiga kelsak, bu ko‘rsatkichlar sarf 
ko‘rsatkichlari bo‘lib, ularning tom ma’nosi prinsipial o‘zgarishi kerak. Ular 
ishlab chiqarish faoliyatining o‘lchamlari sifatida emas, balki ma’lum bir 
yakuniy natijaga erishish yo‘lida sarflangan mablag‘lar va resurslar o‘lchami 
sifatida qaralishi kerak. 
Yo‘l xo‘jaligi mahsulotining avtomobil transporti tomonidan iste’mol 
qilinishi, ya’ni yo‘l tashkilotlari tomonidan yaratilgan potensialdan 
foydalanish, quyidagi omillar orqali aniqlanadi: yo‘l tarmog‘ida yo‘llarning 
mavjudligi va ahvoli, avtomobil transportida harakatlanuvchi qismining 
texnik ko‘rsatkichlari va tashish hajmi, transport tizimida boshqa transport 
turlarining mavjudligi va tashish imkoniyatlari va transportdan tashqarii 
sohada tashishga bo‘lgan ehtiyoj. Yo‘l xo‘jaligi mahsulotining iste’mol 


qilinishi moddiy ifodasini yo‘llarning yemirilishi, avtomobil transportida va 
umuman transport tizimida resurslar tejami, milliy daromadning o‘sishida o‘z 
ifodasini topadi. 
Ikkinchi xususiyat shu bilan bog‘liqki, avtomobil yo‘llari transport
sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa korxona hamda tashkilotlar va 
aholi tomonidan tekinga foydalaniladi. Ularning yemirilishi tashish 
tannarxiga kiritilmasdan, avtomobil yo‘llarini ta’mirlashga bo‘layotgan 
xarajatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat byudjetidan yoki korxona, tashkilotlar va 
avtomobil egalari bo‘lgan shaxslar tomonidan belgilangan qat’iy me’yorlar 
asosida ajratilayotgan mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladi. SHu sababli 
yo‘l xo‘jaligida boshqa tarmoqlarda qayta ishlab chiqarishda mavjud bo‘lgan 
iste’mol bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanish, 
avtomobil yo‘llari qurilishi, ularni ta’mirlash va soz holda tutish uchun 
bo‘lgan xarajatlar bilan yo‘l xo‘jaligi mahsulotini iste’moli o‘rtasida mavjud 
emas. 
Yo‘l xo‘jaligining uchinchi muhim xususiyati shundaki, tarmoqni 
moliyalashtiruvchi 
manbalar ko‘p bo‘lib, ular moddiy jihatdan 
balanslashtirilmaganligidir, hamda yo‘l xo‘jaligi uchun moddiy – texnik 
resurslar ajratish o‘nlab yillar mobaynida rejalashtirish organlari tomonidan 
«qoldiq» prinsipi deb ataluvchi prinsip asosida amalga oshirilib kelgan. 
Hozirgi paytda avtomobil yo‘llariga kapital mablag‘larni moliyalashtirish 
manbalari quyidagilardan iborat: 
- Umumdavlat va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llarni qurish va 
rekonstruksiya qilish uchun byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hamda yo‘l 
xo‘jaligini moddiy-texnik ta’minlashga qaratilgan sanoat ob’ektlari va titul 
transport inshootlariga ajratiladigan mablag‘lar («markazlashgan manba - 
yo‘l fondi»dan ajratiladigan mablag‘lar). 
- respublika va viloyat ahamiyatiga ega bo‘lgan yo‘llar qurilishi va 
rekonstruksiyasi uchun ishlatiladigan, tarifga muvofiqlashishni amalga 
oshiruvchi avtomobil transporti daromadidan olinadigan 2 foizli ajratmalar; 


- Viloyat va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar qurilishi va 
ta’mirlanishiga yo‘naltirilgan sanoat, transport, qurilish va boshqa xo‘jalik 
tashkilotlarining mablag‘lari; 
- qurilayotgan korxonalarni mamlakatning mavjud bo‘lgan transport 
tarmog‘i bilan bog‘lash maqsadida umumfoydalanish yo‘llari, yoki uning 
qismlari (bo‘laklari) qurilishida iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarining 
ulushli ishtiroki mablag‘lari; 
- boshqa manbalar – ijtimoiy fondlar, homiylar va hokazolar. 
Yo‘l xo‘jaligi tarmog‘i o‘z faoliyati natijalarini realizatsiya qilishdan, 
ya’ni yo‘larni avtomobil transportiga foydalanishga taqdim etishdan hech 
qanday daromad olmaydi. U davlat byudjeti tomonidan me’yorlangan limit 
bo‘yicha ajratiladigan yoki mamlakat iqtisodiyoti korxonalari tomonidan 
me’yorlangan badallar (vznoslar) ko‘rinishida ajratiladigan mablag‘lar 
hisobiga yashaydi. SHu sababli yo‘llarni rekonstruksiyalash hamda 
ta’mirlash bilan intensivlik o‘rtasidagi mutanosiblikni, harakatlanuvchi 
tarkib tomonidan yo‘llarga bildirilayotgan talablarni qondirish qiyinlashadi. 
Kelgusida yo‘l xo‘jaligini moliyalashtirish bozor iqtisodining 
qonunlari va talablari bilan to‘liq muvofiqlashtirilishi lozim. 

Download 253.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling