Fanining predmeti va vazifalari


Download 253.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana15.06.2023
Hajmi253.33 Kb.
#1488092
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1 1 MAVZU YO‘L TRANSPORT SOHASI IQTISODIYOTI FANINING PREDMETI VA



1- MAVZU. YO‘L-TRANSPORT SOHASI IQTISODIYOTI
FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI 
Reja: 
1.1. Avtomobil yo‘l xo‘jaligining iqtisodiyotda tutgan o‘rni. 
1.2. Yo‘l xo‘jaligining tarkibi va uning rivojlanish qonuniyatlari. 
1.3. Yo‘l xo‘jaligi ishlab-chiqarish faoliyati. 
1.4. Yo‘l xo‘jaligida iqtisodiy munosabatlar tizimi. 
Asosiy atamalar va tushunchalar: Yo‘l xo‘jaligi, fan va 
loyihalashtirish, moddiy-texnik resurslar, boshqaruv, umumfoydalanish 
yo‘llari, qurilish, ta’mirlash, yo‘llarni yaroqli holda ushlab turish, yo‘llarning 
eskirishi (eyilishi), tabiiy - iqlim sharoitlari, loyihalashtirish, qurilish va yo‘l 
tasarruf omillari; iqtisodiy munosabatlar, yo‘l fondi. 
1.1. Avtomobil yo‘l xo‘jaligining iqtisodiyotda tutgan o‘rni 
 
Ijtimoiy va iqtisodiy muammolarga kompleks yondashuv, ularning 
tarmoqlararo va mintaqalararo miqiyosidagi yechimini talab qiladi. Bunday 
yondashuv tarmoqlararo aloqalarga bog‘liq bo‘lmagan o‘zaro bog‘lanishlarni 
hisobga olish imkonini yaratadi. Darhaqiqat, tarmoqlarning rejalarida 
bog‘lovchi zanjir sifatida miqdor ko‘rsatkichlarining alohida olingan bir 
tarmoq miqyosida o‘sib borishi hisobga olinadi. Kompleks yondashuvda esa 
iqtisodiy tizim faoliyati, oraliq natijalarga emas, balki pirovord natijaga 
erishishga yo‘nalgan bo‘lib, bozor talablariga qaratiladi. 
Avtomobil yo‘l xo‘jaligi - texnik-iqtisodiy tizim bo‘lib, u faoliyat 
ko‘rsatish maqsadi, tarkibiy tuzilishi, foydalaniladigan resurslar va natijalarni 
baholash nuqtai nazaridan qaralganda, u tashish jarayonini transport 
kommunikatsiyalari bilan ta’minlaydi, avtomobil transporti harakatlanuvchi 
tarkibining ish unumdorligini oshirish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni 
yaratadi, avtomobil yo‘llaridagi harakat qatnovi zichligini o‘zgartirish, 
geometrik omillarga va ularni avtomobil transporti tomonidan tasarruf etilishi 


intensivligiga bog‘liq ravishda texnik-tasarruf holatlarini ta’minlaydi. 
Avtomobil transporti boshqa transport turlaridan bir qator o‘ziga xos 
bo‘lgan farqlarga ega, xususan, unga doimo yangi yuk hajmlarining turlarini 
o‘zlashtirib borishga to‘g‘ri keladi. 
Avtomobil transportida hududiy-tarmoq boshqaruvining tizimini 
tashkil etish iqtisodiyotning bir qator tarmoqlari va shahobchalarini yagona 
avtomobil – yo‘l majmuiga birlashtirishni talab qiladi (rasm 1.1.) 
Mamlakatning avtomobil-yo‘l majmuini rejalashtirish va boshqarish
uning faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishining ijtimoiy- iqtisodiy xususiyatlari 
va barcha shahobchalarning birligini hisobga olib, pirovard maqsadni 
ko‘zlagan holda amalga oshirishi kerak. 
Avtomobil yo‘l majmui barcha elementlarining umumiy maqsadi 
korxonalar va aholining yuklari hamda yo‘lovchilar tashishga bo‘lgan 
ehtiyojini qondirishdan iborat. 
Avtomobil – yo‘l majmui faoliyati va rivojlanishining mezoni 
sifatida transportga bo‘lgan talablarni qondirish uchun sarflanadigan 
ijtimoiy (jonli va buyumlashgan) mehnat miqdori qabul qilinishi mumkin. 
Ko‘rib chiqilayotgan majmuada tarmoqlar orasida ma’lum bir o‘zaro 
bog‘lanishlar mavjud, masalan, harakatlanuvchi qism soni bilan avtomobil 
yo‘llarining transport-ekspeditsion ko‘rsatkichlari orasida, yuk tashish 
hajmining (ma’lum chegaralarda) o‘sishi bilan avtomobillar ishlab chiqarish 
o‘rtasida, hamda yo‘llarning umumiy uzunligi o‘rtasidagi bog‘liqliklar. 
Avtomobil yo‘llari zichligining ortishi tashish masofalarining qisqarishiga va 
shu orqali yuklarni etkazib berish tezligining ortishiga olib keladi. Natijada 
bir avtokorxona (soni va tarkibi o‘zgarmagan holda) ko‘proq hajmdagi yukni 
tashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
SHunday qilib, yo‘l xo‘jaligini samarali olib borish, butun avtomobil 
– yo‘l majmuining ishlashini, ishlab chiqarish va moddiy resurslar tejamini 
ta’minlab, ijtimoiy ishlab chiqarishning jadallashuviga, ya’ni hududlarning 
(birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi) o‘zlashtirilishiga, hududiy ishlab 


chiqarish majmualarining va sanoat korxonalarining rivojlanishiga imkon 
yaratadi. 

Download 253.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling