Falsafa tarbiyaviy vazifani bajaradi. Insonning ma’naviy barkamollikka yetishishida falsafaning o`rni va ahamiyati kattadir. Хususan, «Axloq falsafasi» kishida yo`qsak axloqiy me’yorlar — vatanparvarlik, mehnatsevarlik, G`oyaviylik, e`tiqod, ijtimoiy-siyosiy faollik va mas’uliyatni xis etish tuyg`ularini tarbiyalaydi. «Huquq falsafasi» huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni, ijtimoiy nazoratning boshqa huquqiy usul va vositalarini nazariy-amaliy jixatlardan ishlab chiqadi. «Тabiatshunoslik falsafasi» ta’lim-tarbiya soxasida o`ziga xos ahamiyatga ega. Insonning tabiatni bilish borasidagi intilishlari mohiyatini yoritadi, tabiatga nisbatan oqilona munosabatni shakllantirib, uni muxofaza qilishning nazariy asoslarini belgilab beradi.
Falsafaning praksiologik funksiyasi falsafiy G`oya va nazariyaning ijtimoiy hayotga amaliy tatbiq etilishi bilan izohlanadi.
Har qanday amaliy faoliyat mustaxkam ilmiy nazariyaga asoslanmasa, salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuningdek, falsafaning bu funksiyasi nazariyaning amaliyotga joriy etish uslub va vositalarini aniqlashni ham o`z ichiga oladi.
Yuqorida kursatilgan funksiyalarning o`zaro ichki bog`liqligi falsafaning mushtarak umumnazariy va uslubiy ahamiyatini belgilab beradi. Ularning o`ziga xos xususiyatlari hamda ahamiyatini har tomonlama o`rganish inson va jamiyatning ma’naviy kamolotiga nixoyatda katta ta’sir ko`rsatadi. Bu esa o`z navbatida, falsafiy bilimlar tizimini takomillashtirish yo`llarini topish imkonini beradi. Masalaning bu tarzda xal etilishi umuminsoniy sivilizatsiya tamoyillariga ham mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |