Ma’ruza mashg‘ulotlari rejasi
Loyiha ishini bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar
Talaba keng qamrovli bilimlarga ega bo‘lishi, nazariy bilimlarni amaliy vazifalar bilan bog‘lay olishi lozim. Ushbu maqsadga erishishda talaba o‘z ustida tinmay ishlashi, nazariy va amaliy bilimlarini doimiy ravishda boyitib borishi uchun mazkur fandan loyiha ishini bajarishi talab etiladi.
Loyiha ishida aniq bir amaliy vazifaning yechilishi va tadqiqot obyekti sifatida muayyan bir ta’lim muassasasi obyekti yoki o‘quvchilar jamoasi olinishi mumkin. Loyiha ishi kichik guruhlarga bo‘lingan holda kurs davomida ikki marta topshiriladi. Loyiha ishida bir yoki bir-biri bilan bog‘langan bir nechta masalalarni jamoa bo‘lib tayyorlash va himoya qilish talab etiladi. Loyiha ishini bajarish davomida talabalar qo‘yilgan muammoni mustaqil anglay bilish, sababiy bog‘liqlikda mantiqiy xulosalar chiqara olish mahoratiga ega bo‘ladilar.
Loyiha ishini bajarish bosqichlari:
Loyiha ishi mavzusini tanlash.
Mavzuga doir bibliografiya va me’yoriy, qonuniy hujjatlar yo‘riqnomalarni yig‘ish.
Loyiha ishi rejasini tuzish.
Loyiha ishini belgilangan talablarga mos ravishda rasmiylashtirish.
Loyiha ishini himoyaga tayyorlash.
Loyiha ishida aks etadigan jihatlar: mavzuning dolzarbligini asoslash, o‘rganilganlik darajasini tahlil qilish, asosiy qismini yoritish, tahlillarni amalga oshirish, xulosani shakllantirish, taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |