Fanning vazifasi - bo‘lajak mutaxassis kadrlarni turizmning turli shakllari va usullari bilan qurollantirish;- maktabgacha bolalar muassasalarida, umumta’lim maktablarida akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida, oliy o‘quv yurtlarida, aholi turar joylarida va ishlab chiqarish korxonalarida turistik ishlarini tashkil etish va o‘rgatish.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
O‘zbekiston Respublikasining jismoniy madaniyat va sport sohasida turizmning me’yoriy-huquqiy hujjatlari;
- turizmni rivojlaniSh tarixi va rivojlanish bosqichlari;
- aholi turar joylarida turizmni tashkil qilish va uni aholi o‘rtasida ommaviylashtirish;
- O‘zbekistonning turistik marshrutlari;
- turistik sayr jarayonida turistlarning gigienasi;
- turizmda ekologik muhofaza ishlarini tashkil etish haqida tasavvurga ega bo‘lishi.
Sport-sog‘lomlashtirish turizmi fan dasturi o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- turizmning ahamiyati haqida bilimga ega bo‘lish;
- “AlpomiSh” va “Barchinoy” maxsus test me’yoridagi turizm talablarini topShiriSh, ko‘nikma va malakalarini egallash;
- turizm maShg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish malakasiga ega bo‘lish;
- atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatni o‘rganish, favqulotda vaziyatlardan chiqish yo‘llarini bilish va ularni amaliyotda qo‘llash.
.
II.Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I Fanning tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-Mavzu. Sport-sog‘lomlashtirish turizmining rivojlanish tarixi va uning tashkiliy-huquqiy asoslari
Turizmning vujudga kelishi va rivojlanish tarixi. “Turizm” va “Sport-sog‘lomlashtirish turizmi” tushunchalari. Sport-sog‘lomlashtirish turizmi jismoniy tarbiyaning vositasi sifatida. Turizmning maqsadi, vazifalari va turlari. Sport-sog‘lomlashtirish turizmining asosiy maqsad va vazifalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |