Fan/modul kodi B4104O‘ztar o‘quv yili


Fanni o‘qitishdan maqsad –


Download 6.07 Mb.
bet2/11
Sana10.10.2023
Hajmi6.07 Mb.
#1697266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O‘zbekiston eng yangi tarixi dastur

Fanni o‘qitishdan maqsad – O‘zbekistonning eng yangi tarixini fan sifatida yoritish va o‘quvchi-talabalar diqqatini uzoq va yaqin o‘tmishga hamda hozirda bo‘layotgan voqea-hodisalarga qaratish bilan birga ularning dunyoqarashlarini, ilmiy-nazariy tafakkurlarini takomillashtirish, o‘tmish va hozirgi zamondagi voqea va hodisalarga ilmiy xolislik va tarixiy ob’ektivlik tamoyillariga amal qilgan holda tarixiy voqealikka munosabat bildiradigan hamda umuminsoniy qadriyatlar asosida yondashadigan erkin fikrli komil insonni tarbiyalashdan iborat.
Fanning vazifasi ­­- Fanning vazifasi - talabalarda xalqimizning madaniy, ma’naviy merosiga, ilg‘or an’analari, milliy qadriyatlari, axloqiy fazilatlariga hurmat, vatanparvarlik tuyg‘ularini, ajdodlarimizning jahon madaniyatiga qo‘shgan hissalaridan faxrlanish va u larning munosib davomchilari bo‘lishni tushuntirish.

  1. Asosiy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)


1-mavzu: Kirish. “O‘zbekistonning yangi eng tarixi” o‘quv faning predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari.
O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. “O‘zbekistonning yangi eng tarixi” o‘quv faning predmeti, maqsadi va vazifalari, fanni o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari. Yuksak intellectual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o‘rni. O‘zbekiston respublikasi prezidenti SH.M.Mirziyoyevning ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari. XXI asr globallashuv asrida ta‘lim sohasida mazkur fanning o‘qitishdagi nazariy-kontsepsual yondoshuv va ilg‘or innovatsiyalar.


2-mavzu. O‘zbek davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari.
Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi. Davlatchilik tushunchasi. Markaziy Osiyo hududidagi ilk davlat uyushmalari. O‘zbek davlatchiligi va uning tarixiy bosqichlari. Qadimgi Xorazm, qadimgi Baqtriya. Eramizning IX asriga qadar davlatchilik rivoji. IX-XII asrlarda hukmronlik qilgan davlatlar. Amir Temur – buyuk davlat arbobi va sarkarda. O‘rta Osiyoning xonliklarga bo‘linib ketishi, uning sabab va oqibatlari. XVI-XIX asrlar birinchi yarmida O‘rta Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy ahvol. Turkiston o‘lkasida Rossiya imperiyasi mustamlaka tuzumi. Milliy ozodlik harakatlari. Mustamlaka boshqaruv tartiboti va uning mohiyati. Sud-huquq sohasidagi o‘zgarishlar. Sovet hukmronligi davrida O‘zbekistonning markazga ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy qaramligi va uning oqibatlari. Sovetlarning qatag‘on-zo‘ravonlik siyosati va uning mohiyati. Mamlakatimiz erki va ozodligi uchun kurashganlar: Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi. Jadid ma’rifatparvarlari.



Download 6.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling