8-mavzu. Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot.
Madaniy uyg‘onish (renessans). Mamlakat hududida sodir bo‘lgan renessanslar (IX-XII, XIV-XV asr) mohiyati. Xorazm Ma‘mun akademiyasi. Yangi O‘zbekiston uchinchi renessans tomon tutilgan yo‘l. Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning qayta tiklanishi. Mustaqillik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo‘lgan e’tibor. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati. Toshkent shahrining “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishi va uning ahamiyati. Madaniyat va san’at sohasining rivojlanishi. Milliy sport turlarining rivojlantirilishi. Beshta tashabbus va uning yuksak ma’naviy madaniyatni ta’minlashdagi o‘rni. O‘zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta’minlash borasidagi davlat siyosati. Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasi. Amaliy san’at, rassomchilik, teatr va kino san’ati. Turizm sohasining rivojlanishi.
9-mavzu. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida amalga oshirilgan islohotlar. Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zgarishlar. Ma’naviy-madaniy sohadagi yangilanishlar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy ta’lim tizimi va undagi islohotlar. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik ahvol. Orol fojiasi. Ekologik holatni yaxshilash borasidagi davlat siyosati. O‘zbek va qoraqalpoqlar xalqi do‘st va birodar xalqlar. Qoraqalpog‘istonda amalga oshiralayotgan keng qamrovli islohotlar va uning mohiyati.
10-mavzu. O‘zbekistonda ta’lim va ilm-fanning rivojlanishi, yoshlarga oid davlat siyosati hamda jismoniy tarbiya va sport
Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan vaqt ichida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratildi.
Yosh avlodning sog‘lom o‘sishi, sifatli ta’lim olishi va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishini ta’minlash, shuningdek, yoshlarning madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “besh muhim tashabbus”ni joriy etish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Yurtimizda tashkil etilayotgan yangi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari, oliy o‘quv yurtlari, nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari, zamonaviy IT-parklar, madaniyat muassasalari va sport inshootlari, mutlaqo yangi namunadagi ta’lim maskanlari — “Prezident maktablari”, “Temurbeklar maktabi”, “Ijod maktablari” bugungi globallashuv sharoitida raqobatga qodir bo‘lgan yetuk kadrlarning yangi avlodini tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |