Fanni o'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari. Ozuqalarning to‘yimliligini kimyoviy tarkibiga qarab baholash. Reja


Download 339.39 Kb.
bet17/47
Sana07.04.2023
Hajmi339.39 Kb.
#1339927
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47
Bog'liq
1-mavzu kirish, fanni o\'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazif

1. To‘liq qiymatli omixta yem. Bu tur yemlar hayvonlarning barcha to‘yimli va biologik faol moddalarga bo‘lgan talabini ozuqalar bilan qondirishi lozim. To‘liq qiymatli omixta yem bilan oziqlantirishda hayvonlarning mahsuldorligi va sog‘ligini saqlash, bundan tashqari mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf bo‘lagn to‘yimli moddalar miqdori oshmasligi ko‘zda tutiladi.
2. Kuchli omixta em (konsentrat) – Bu yem har xil hayvonlar turi uchun tayyorlanib, ularni oziqlantirishda asosiy ratsionning tuyimliligini oshirish foydalaniladi. Odatdagidek omixta em-konsentrat to‘liq qiymati yem tarkibiga qaraganda ziyod bo‘ladi.
3. Oqsilli – vitaminli –mineralli qo‘shimcha ozuqa (OVMO) – bu seroqsil ozuqa vitamin, mineral moddalar va boshqa bitologik faol moddalar bilan boyitilgan bo‘ladi.OVMO ozuqa bilan hayvonlarni oziqlantirishning maqsadi kam to’yimli bo‘lgan ratsion tarkibini oqsil vitaminlar, mineral va boshqa moddalar bilan tenglashtirishdir. Bu ozuqa maxsus zavodlariga tayyorlanib omixta yem tarkibiga 25-35 % miqdorda kiritiladi.
OVMO asosan no’xat, dukkaklilar, bug’doy kepagi, kunjara va shrot, hayvonot olamidan olingan ozuqalar (go‘sht va baliq-go‘sht unlari), quritilgan sut sanoati qoldiqlari va boshqa qismlardan tayyorlanadi.
Mikrobiologik sintez mahsulotlaridan ozuqaviy achitqi (spirt sanoati qoldig’i – bardadan tayyorlangan achitqi, oqsilli ozuqaviy achitqi (texnik o‘simiklar achitqilari) va gidroliz achitqilari (parpin, gaprin) ham kiritiladi.
Mineral moddalardan OVMO ga osh tuzi, ozuqaviy fosfat, bo’r va biologik faol moddalardan esa mikroelementlar. Fermentlar va vitaminlar kiritiladi. Odatdn biologik faol moddalar premiks turida oldindan tayyorlanib qo’shiladi.
4. PREMIKS – biologik faol moddalardan tashkil topgan aralashma omixta yemlarga qo’shilish uchun ishlab chiqariladi. Ularni tayyorlashda hayvonlarning turi, yoshi, jinsi va boshqa xususiyatlarini inobatga olib omixta yem tarkibida 1-5 % miqdorda kiritiladi.
Premikslar ikki qismdan ya’ni mikro qo‘shimcha va to’ldiruvchilardan iborat bo‘ladi. To’ldiruvchilar vazifasini un holigacha maydalangan bug’doy kepagi, bug’doy doni, makka doni, ozuqaviy achitqi, soya shroti va boshqalar bajarish mumkin. Mikroqo‘shimchalarga esa vitamin, aminokislota, antioksidant, unogator. Trankvilizator hayvon (harakatini susaytiruvchi moddalar) davolovchi va profilaktik moddalar kiradi. Shuning uchun premikslar hayvonlarning talablarini qondirishi va mahsuldorligini oshirish bilan bir vaqtda ayrim kasalliklarni davolash yoki ularni olidini olish xususiyatiga egadir.



Download 339.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling