Fanni o'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari. Ozuqalarning to‘yimliligini kimyoviy tarkibiga qarab baholash. Reja


Download 339.39 Kb.
bet45/47
Sana07.04.2023
Hajmi339.39 Kb.
#1339927
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
1-mavzu kirish, fanni o\'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazif

Aniqlash tartibi.
1. Silindr idishiga tekshirilayotgan havo-quruqlikdagi ozuqa namunasidan 0,5-1,0 g (hayvonot mahsulotlaridan - go’sht, sut, siydik va boshqalar 2-3 g) olinib analitik tarozida tortiladi va idish bilan ozuqa og’irligi daftarga yoziladi.
2. Ozuqa o’lchami silindrdan K’yeldal kolbasiga ehtiyotkorlik bilan to’kiladi. Bunda ozuqa kolba devorlariga tegmay idishning tubiga to’kilishi kerak.
3. Bo’sh silindrning og’irligi aniqlanadi. Silindr bilan ozuqa og’irligidan bo’sh silindr og’irligini ayirib ozuqa og’irligi aniqlanadi.
4. K’yeldal kolbasiga ehtiyotkorlik bilan 10-15 ml (ozuqaning miqdoriga qarab) kuchli sulfat kislotasi quyilib aralashtiriladi.
5. Reaksiyani tezlashtirish uchun kolbadagi aralashmasiga 0,5-1,0 g mis sulfati tuzi yoki 3-5 g kaliy sulfat tuzi yoki 0,3-0,5 g selen katolizatori qo’shiladi.
6. Kolbaning og’zi berkitiladi va shtativ yordamida qiya holda elektr plitasiga o’rnatib havo tortqich shkafi ichida qizdiriladi. Azot uchib ketmasligi uchun aralashmani past alangada qizdirish lozim.
7. Kolba ichidagi aralashma qaynatish holatiga olib keltiriladi, so’ng kolbaning og’zi havo sovutgichi yoki shisha voronkasi bilan berkitiladi va qaynatish davom ettiriladi. Bu jarayonda organik moddalarining minerallanishiga olib keladi.
Qaynatish davomida kolbaning devorlarida kuymagan ozuqa qoldiqlari qolmasligi uchun uni asta-sekin chayqab turish kerak. Kolba og’zida ko’ng’ir yoki qora dog’larlar paydo bo’lsa, unda u sovutiladi, keyin dog’lar distillangan suv bilan kolba ichiga yuvib tashlanadi va yana qaynatish holatiga olib keltiriladi.
Kolba ichidagi aralashma qora, qo’ng’ir yoki to’q rangda bo’ladi, aralashmadagi organik moddalarning minerallanishi bilan sulfat angidridi (SO2) ajralib chiqadi va eritma tiniqlashib rangsiz holatiga o’tadi. Eritma rangi rangsiz va tiniq yoki och sarg’ish bo’lganidan so’ng qaynatish to’xtatiladi.
8. Kolbadagi eritma sovutiladi va uning ichiga 20-25 ml distillangan suv bilan asta sekin kolbaning yon devorlaridagi qoldiqlar idishning tubiga yuvilib tushiriladi. Shunday qilib bir necha martadan so’ng, kolbaga 100-150 ml distilangan suv quyiladi. Buning natijasida mis kuporosi suvni shimib olib eritma ko’k yoki yashil rang oladi.
9. Ushbu eritma qoldiqsiz katta hajmli (500-600 ml) K’yeldal kolbasiga quyib olinadi. Idishdagi qoldiqlar bir necha marta suv bilan chayqab katta kolbaga quyiladi.
10. Ammiakni bor kislotasi yordamida haydab olish uchun kolba eritma bilan K’yeldal apparatiga o’rnatiladi.
11. Konus shakli qabul qiluvchi kolbasiga byuretka idishi yordamida 20-30 ml bor kislotasi va 6-8 tomchi Toshiro indikatori qo’shiladi.
12. Qabul qiluvchi kolba bor kislotasi bilan K’yeldal apparatiga o’rnatiladi, bunda sovutgich trubkasi bor kislotasi ichiga tushirib qo’yiladi.
13. Eritma bir hil darajada qaynashi uchun qoshiq uchida pemza (farfor bo’laklari yoki tayoqchasi) olinadi va haydash kolbasiga ko’yiladi.
14. O’lchov silindri yordamida 60-70 ml 33 % li Na ishqor eritmasi o’lchab olinadi.
15. K’yeldal kolbasiga asta-sekin ehtiyotkorlik bilan silindrdagi ishqor quyiladi.
16. Kolbaning og’zi darhol tomchi ushlagich qopqog’i bilan berkitiladi.
17. Kolbadagi eritma aralashtiriladi. Bunda hosil bo’lgan ammiak qabul qiluvchi kolbadagi bor kislotasiga tushadi.
18. Apparatning qizdirish uskunasi ishga solinadi.
19. Ammiakni haydab bo’lishi va to’xtatilishi lakmus qog’ozi bilan aniqlanadi. Agar tomchilayotgan eritmasiga lakmus qog’ozini tekkizib ko’rilganda, uning rangi ko’karmasa haydash to’xtatiladi. Arlashma yaxshi qaynasa ammiakni 1 soat davomida haydab olish mumkin bo’ladi.
20. Kolbadagi eritma 0,1 n. xlorid kislotasi bilan titrlanadi. Titrlash jarayonida Toshiro indikatori ta’sirida eritma och-ko’k rang beradi, ph muhiti 5,5 ga teng bo’lganidan eritma rangi qizil-siyoh rangga o’tadi. Bunda titrlash uchun sarf bo’lgan har 1 ml 0,1 n. xlorid kislotasi 0,0014 g azotga teng keladi.
Olingan barcha natijalar quyidagi shaklga qayd etiladi.
Ozuqa tarkibidagi umumiy azot va xom
protein miqdorini aniqlash shakli





Ko’rsatgichlar

Namunalar

1-chi

2-chi

1

Silindr bilan ozuqa o’lchamining og’irligi, g







2

Bo’sh idishning og’irligi, g







3

Ozuqa og’irligi, g







4

Titrlash uchun sarf bo’lgan 0,1 n. HCl, ml







5

Ozuqa tarkibidagi azot: g%







6

O’rtacha ko’rsatgich, %







7

Ozuqa tarkibidagi xom protein miqdori,%
1) havo-quruqlik holatidagi ozuqada
2) boshlang’ich namligini saqlaydigan ozuqada*
3) quruq modda tarkibida*







Azot va xom protein miqdori quyidagi tartibda hisoblanadi:
1) Ozuqa tarkibidagi azot miqdori quyidagi formula bilan hisoblab chiqariladi:

Bunda;
X - ozuqa tarkibidagi azot miqdori, %;
a - titrlash uchun sarf bo’lgan xlorid kislotasi, ml;
k - azot koeffitsienti (0,0014 g);
b - ozuqa og’irligi, g;
100 - foizga o’tkazish koeffitsiyenti.
2) Ozuqa tarkibidagi xom protein miqdorini (%) hisoblash uchun, azot miqdori (%) ozuqaning mos koeffitsiyentiga ko’paytiriladi. Masalan makkajo’hori doni, dukkakli donlar, go’sht va tuxum uchun bu koeffitsiyent 6,25 ga teng, chunki bu mahsulotlardagi xom protein tarkibida 16 % azot bor, demak 1 % azot 6,25 % oqsilni hosil qiladi.
Bug’doy, javdar va arpa donlari uchun bu koeffitsiyent 6,83 ga teng, sut - 6,38, soya, kungaboqor va turli hil kunjaralar uchun - 5,8.
*Ozuqalar tarkibidagi to’yimli moddalar miqdorini boshlang’ich namligini saqlaydigan holatida va quruq modda tarkibida qayta hisoblash usuli "Kimyoviy tahlil natijalarini qayta hisoblash" mavzusida keltirilgan.

Download 339.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling