Fanni o'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari. Ozuqalarning to‘yimliligini kimyoviy tarkibiga qarab baholash. Reja


Download 339.39 Kb.
bet44/47
Sana07.04.2023
Hajmi339.39 Kb.
#1339927
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
1-mavzu kirish, fanni o\'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazif

Aniqlash tartibi.
1. Oldindan quritilgan byuks idishiga bir tekislikda 5 g atrofida ozuqa namunasi solinadi va texnik tarozida tortiladi (og’irligi 0,01 g gacha aniqlanishi kerak).
2. Quritgich shkafida harorat 130±2 0C ga yetkazilganidan so’ng unga byuks idishlari solinib, qopqog’i ochiq holatda 40 daqiqa davomida quritiladi. Namligi yuqori bo’lgan ozuqalar 1 soat davomida quritiladi.
3. Ko’rsatilgan vaqt o’tganidan so’ng, byuks idishining qopkog’i ushlagich yordamida yopiladi va 20-30 daqiqa sovutish uchun eksikatorga joylashtiriladi.
4. Eksikatorda sovutilgan ozuqa namunasining og’irligi tarozida aniqlanadi. Oxirgi va birinchi og’irligi ayirmasi bilan umumiy namlik miqdori aniqlanadi va quyidagi formula yordamda hisoblab chiqariladi:

Bunda:
UN - umumiy namlik, %;
m1- byuks idishi bilan qopqoq va ozuqaning quritishdan oldingi og’irligi, g;
m2 - byuks idishi bilan qopqoq va ozuqaning quritilgan dan so’nggi og’irligi, g;
a - ozuqaning og’irligi, g;
100 - foizga o’tkazish koeffitsienti.
Ozuqa tarkibidagi quruq moddani aniqlash (% hisobida) uchun 100 dan umumiy namlik miqdorini (%) ayirish kerak bo’ladi.


5-MAVZU: OZUQA TARKIBIDAGI UMUMIY AZOT VA XOM PROTEINNI KELDAL USULI BO’YICHA ANIQLASH

Mashg’ulot maqsadi: ozuqa tarkibidagi umumiy azot va xom proteinni K’yeldal usuli bilan aniqlashni o’rganish.


Azot saqlaydigan moddalar guruhi xom protein deb nomlanadi va uning tarkibiga oqsil va oqsilsiz xususiyatiga ega bo’lgan amidlar kiradi. Amidlar guruhi erkin aminokislotalar, aminokislota amidlari, azot saqlovchi alkoloidlar, organik ishqorli va ammoniy birikmalar, shu jumladan nitrat va nitritlardan tashkil etadi. Ayrim amidlar o’simlik organizmida oqsil sintezi to’lig’icha hosil bo’lmagan yoki ferment va bakteriyalari yordamida parchalanish jarayonida bo’lgan mahsulotlardir.
Protein hayvon organizmi uchun asosiy energiya manbai bo’lib, barcha hayvonlar ratsionida nazorat qilinishi kerak.
Ozuqa tarkibidagi xom protein miqdori ko’p tarqalgan K’yeldal usuli bo’yicha aniqlanadi. Bu usul ozuqadagi umumiy azot miqdorini aniqlash usuliga asoslangan.
Ozuqa namunasidagi azot miqdorini aniqlash uchun uni kuchli sulfat kislotasi bilan aralashtiriladi va qizdiriladi, buning natijasida kislota yog’ va uglevodlarga ta’sir etib, ular karbonad angidrid va suvga parchalanib bug’lanadi. Azot saqlovchi oqsillar esa ammiakga (NH3) parchalanadi va sulfat kislotasi bilan bug’lanmaydigan tuz - ammoniy sulfatni hosil qiladi. Bu jarayon quydagi reaksiya bilan ifodalanadi:
2NH3+H2SO4 (NH4)2SO4 (ammoniy sulfat)
Bundan keyin, ammoniy sulfat tuziga kuchli natriy ishqorini haydash usuli bilan ta’sir etib ammiak ajratiladi:
(NH4)2SO4 + 2NaOH Na2SO4 + 2NH4OH
2NH4OH 2NH3 + 2H2O
Bu reaksiya natijasida hosil bo’lgan ammiak bor kislotasi yordamida qabul qilgich kolbasiga ammiakni haydash usuli bilan (otgonka) olinadi. Buning natijasida kolbada hosil bo’lgan tuzga indikator bilan ta’sir etib 0,1 n. xlorid kislotasi eritmasi bilan titrlanadi. Xlorid kislotasi sulfat ammoniy ionlari bilan birikib xlorid ammoniyni hosil qiladi va bor kislotasini siqib chiqaradi.
Titrlash uchun sarf bo’lgan 0,1 n. xlorid kislota eritmasi bo’yicha ozuqa tarkibidagi azot miqdori aniqlanadi, chunki 0,1 n. xlorid kislotasining 1 ml hajmi 0,0014 g azot miqdoriga teng keladi.
Refaol, asbob va uskunalar:

  1. Kuchli sulfat kislotasi - H2SO4 (zichligi 1,84 g/sm3, GOST 4204-77 kimyoviy toza) va uning 0,1 n. eritmasi.

  2. Bor kislotasi - H3BO3 (GOST 9656-61 kimyoviy toza) va uning 2 % eritmasi.

  3. Xlorid kislotasi - HCl (kimyoviy toza).

  4. Natriy ishqori - NaOH (33 % li eritma).

  5. Kaliy sulfat tuzi - K2SO4 (GOST 4145-65, kimyoviy toza).

  6. Selen katolizatori (100 g kaliy sulfat tuzi, 10 g mis sulfat tuzi va 2 g selen aralashmasidan tayyorlanadi yoki kaliy sulfat va mis sulfat tuzlaridan foydalanish mumkin).

  7. Indikatorlar: Toshiro, kogorot yoki metil oranj.

  8. Distillangan suv.

  9. Qizil lakmus qog’ozi.

  10. Pemza, shisha yoki farfor tayoqchalari.

  11. Analitik tarozi.

  12. Silindr (hajmi 10 ml).

  13. K’yeldal kolbalari ( kuydirish uchun 200-250 ml li, haydash uchun 500-700 ml li).

  14. K’yeldal apparati (ammiakni haydab olish uchun elektroplita yoki gaz asbobi, 25-50 ml li byuretka idishlari, 25-50 ml li o’lchov silindri).

  15. Shtativ.

  16. Titrlash uchun asbob.

  17. O’lchov kolbalari (250-500 ml li).

  18. Idishlarni yuvish asboblari.


Download 339.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling