Fanni o'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari. Ozuqalarning to‘yimliligini kimyoviy tarkibiga qarab baholash. Reja
Download 339.39 Kb.
|
1-mavzu kirish, fanni o\'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazif
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asbob, uskuna va idishlar.
- Aniqlash tartibi.
3-LABORATOIYA MASHG’ULOTI. OZUQALARNI TAHLILGA TAYYORLASH VA BOSHLANG’ICH NAMLIGINI ANIQLASH
Mashg’ulot maqsadi: ozuqalarni tahlilga tayyorlash va boshlang’ich namligini aniqlash usullarini o’rganish. Ozuqalar tarkibida namlik yoki suv miqdori ularning vegetativ fazasi, pishiqlik darajasi va to’yimligini belgilaydigan muhim ko’rsatgich hisoblanadi. Suv o’simlik ho’jayralarining bir qismini tashkil etib, erkin va bog’langan murakkab holatlarida bo’ladi. Erkin holatdagi suv ozuqa tarkibida harakatda bo’lib, u qandlar, aminokislotalar, organik kislotalar va boshqa moddalarni eritish xususiyatiga ega. Bog’langan suv kam xarakatchan bo’lib, u ho’jayra tarkibidagi gidrofil kolloidlarining mitseliya tarkibiga kiradi. Ozuqa tarkibidagi erkin holatidagi suv 60-65 0C issiqlikda bug’lanadi va boshlang’ich namlik deyiladi. Bog’langan suv 100-105 0C haroratda bug’lanadi va gigroskopik namlik deyiladi. Ozuqalar tarkibida boshlang’ich namlikni aniqlash namunalarini 60-65 0C issiqlikda ma’lum bir vaqt ichida quritgich shkafi yoki termostatda quritish usuliga asoslangan. Boshlang’ich namligi aniqlangan ozuqa havo-quruqlik holatidagi ozuqa deyiladi. Ozuqalarning boshlang’ich namligini aniqlash uchun ozuqa namunalarining turiga qarab tahlilga tayyorlash zarur. Asbob, uskuna va idishlar. Analitik tarozi; Farfor kosachalari; Kyuvet idishchalari; Quritgich shkaf yoki termostat; Pichoq. Tahlil qilish uchun ozuqalarni tayyorlash. Laboratoriyaga qabul qilingan ozuqalar tarkibida darhol boshlang’ich namligini aniqlash zarur bo’ladi. Shuning uchun ozuqalar tarkibini qulay aniqlash uchun ularni maydalash kerak bo’ladi. Pichan va boshqa dag’al poyali ozuqalardan 1,5-2,0 kg namuna olinadi va 1-2 sm uzunligigacha kesib maydalanadi. Silos va senajni tahlil qilish uchun 0,8-1,0 kg atrofida ozuqa maydalanadi. Donli, tegirmon qoldiqlari, shrot, kunjara va boshqa konsentrat ozuqalardan 150-200 g o’rtacha namuna olinib maydalanadi. Yuqorida ko’rsatilgan ozuqalar tarkibida boshlang’ich namlikni aniqlash uchun kvadratni bo’lish usuli bo’yicha 150-200 g ozuqa namunasi olinadi. Ildizmevali va ildiz tuganak ozuqalar loy va tuproqdan yuvib quruq latta bilan tozalanadi. Keyin katta kichikligiga qarab ko’ndalang kesiladi va har bir mevadan 1/4 yoki 1/8 qismi olinadi va aralashtirish yo’li bilan 1,0-1,2 kg o’rtacha namuna olinadi. Aniqlash tartibi. Kyuvet idishi kimyoviy qalam bilan raqamlanadi va quritgich shkafida 30 daqiqa davomida 90–100 0S issiqlikda quritiladi, so’ngra sovutiladi, analitik tarozida tortilib og’irligi qayd etiladi. Sovutilgan idishga ozuqa namunasi olinadi, yana tarozida tortiladi va ozuqaning idish bilan og’irligi aniqlanadi. So’ngra, idishdagi namuna o’lchami quritgich shkafida 60-65 0C issiqlikda quritiladi. Quritishda avval 6-8 soat, so’ngra har 3-4 soatda tortilib oxirgi ikki og’irlik bir biriga to’g’ri kelguncha yoki ular o’rtasida 0,5 g farq bo’lguncha quritiladi. Keyin, idish bilan ozuqaning og’irligi aniqlanib, natijalar quyidagi shaklga yoziladi va ozuqa tarkibidagi boshlang’ich namligi hisoblab chiqiladi. Boshlang’ich namlikni aniqlash shakli
Ildizmevali va tuganak ozuqalarning boshlang’ich namligini aniqlashda, o’rtacha namuna uchun olingan mevalarni ko’ndalang nozik va yupqa qavat-qavat bo’laklarga kesilib, shisha tayoqchalari yoki ipga o’tkaziladi. Bunda shisha tayoqchasi yoki ipning og’irligi oldindan aniqlangan bo’lishi kerak. Bu ozuqa namunalarida fermentativ jarayonlarning oldini olish uchun avval quritgich shkafida 90 0C issiqlikda 30-60 daqiqa davomida quritib, so’ngra xarorat 60-65 0C gacha tushiriladi. Qolgan ishlar yuqorida qayd etilganidek olib boriladi. Ozuqa namunalari quritilgandan so’ng idishning og’zi qog’oz bilan berkitilib, laboratoriya sharoitida sovutiladi. Bu holatda ozuqa havo tarkibidagi namlikni ma’lum bir darajada shimib oladi va u havo-quruqlik holatidagi ozuqa hisoblanadi. Kelgusida ozuqa namunasining namligi o’zgarmasligi va aniqlanadigan gigroskopik namligi hisobiga ta’sir etmasligi uchun shu holatda saqlanadi. Ozuqadagi boshlang’ich namlik quyidagi formula yordamida aniqlanadi. Bunda: BN - ozuqa tarkibidagi boshlang’ich namlik, %; a - bug’langan namlik, g; b - ozuqa og’irligi, g; 100 - foizga o’tkazish koeffitsiyenti. Download 339.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling