Iqtisodiyot nazariyasi
Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy jarayonlarni o`rganish natijasida yaqin kelajakda jamiyatning ilmiy-texnik, sotsial-iqtisodiy rivojlanishi istiqbollarini ilmiy asoslab beradi. Mikromiqyosda esa har bir xo`jalik yurituvchi sub`ekt o`z manfaatidan kelib chiqib, kelajakda qanday faoliyat yuritish masalalari bo`yicha ma`lum bir qarorga keladi. Boshqa fanlarga ilmiy-uslubiy asos bo`lib xizmat qilish. Boshqa fanlar nazariya asoslab bergan kategoriya va qonunlarga tayangan holda o`z predmetini o`rganadi. Ayni vaqtda nazariya boshqa fanlar xulosasiga asoslanib, iqtisodiy hodisalarni umumlashtiradi. Amaliy tavsiyalar berish. Iqtisodiyot nazariyasi tavsiyalari xo`jalik yuritishning oqilona uslublari, asosiy printsiplarini ishlab chiqishga xizmat qiladi. Umumiqtisodiy mazmundagi tavsiya-lar iqtisodiy siyosatga tegishli bo`ladi. Haqiqiy fanning amalda vujudga kelishi faqatgina tadqikot predmetining shakllanishi bilan emas, shu bilan birga uning bilish usulining qaror topishi bilan ham bog’liqdir. Uslubiyat - bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo’llari, qonun-qoidalari va aniq hadislaridir. Bu ob’ektiv reallikni bilish dialektikasi, mantiqi va nazariyasini o’z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir. Uslubiyat umumilmiy tavsifga ega, lekin har bir fan o’zining predmetidan kelib chiqib, o’zining ilmiy bilish usullariga ega bo’ladi. Shuning uchun uslubiyat umumilmiy va ayni vaqtda xususiy bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |