Fanning geografiya fanlari ichida tutgan o’rni


Download 155.98 Kb.
bet12/18
Sana30.01.2024
Hajmi155.98 Kb.
#1816855
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
Topografiya oraliq nazorat javoblari

Kartometriya bu Kartometriya – kartalarda maydon, masofa, past va balandliklarini hamda boshqa miqdor ko‘rsatkichlarini kartada hisoblash usullarini o‘rgatadi. Kartani loyihalash va tahrir qilish ham kartografiyaning asosiy qismlaridan biri bo‘lib kartaning dastlabki nusxasini tuzish va nashrga tayyorlashgacha bo‘lgan hamma jarayonlarni o’z ichiga oladi. Kartani chizish va jihozlash ham alohida o‘rganilib, unda kartani chizish yo‘llari, kartani nashrga tayyorlash jarayonlari o‘rganiladi. Kartani nashr qilish kartografiyaning eng asosiy qismlaridan biridir. Bu qismda kartani nashr qilish jarayoni, ishlatiladigan poligrafiya mashinalari, rang berish va tayyorlash maxsulotni sifatini aniqlash ishlarini o’z ichiga oladi. Kartografik korxonalarni tashqil qilish va iqtisodiyotini o‘rganish ham alohida qismga bo‘lib o‘rganilmoqda.

  • Geodeziya fani to’g’risida ma’lumot Geodeziya – (yunoncha “geo” - yer, “dio” - o’lchash so’zlaridan olingan bo’lib “erni o’lchash” ma’nosini beradi) yerning shakli va kattaligini o’lchash, yer yuzasida har xil injenerlik, loyihalash ishlari va topografik karta hamda plan olish uchun zarur bo’lgan geodezik tayanch punktlarini tashkil qilish usullarini, geodezik asboblarning tuzilishini va u bilan ishlash yo’llarini o’rgatadi. Geodeziya oliy, quyi va injinerlik geodeziyaga bo’linadi: Oliy geodeziya – yerning shaklini, uning o’lchamlarini aniqlash, kartalar tuzish uchun geodezik nuqtalarni barpo etish maqsadida katta hududlarda olib boriladigan o’lchash ishlari va ularni tashkil qilish bilan shug’ullanadi. Quyi geodeziya – yer yuzasining ayrim qismlarini plan, karta va profillarda chizib tasvirlashdagi o’lchash va geodezik asboblar bilan ishlash usullarini o’rganadi. Injenerlik geodeziyasi - injenerlik inshoatlarining o’rnini qidirib topish, uni planda, kartada va profilda loyihalashda bajariladigan ishlar bilan shug’ullanadi.Geodezik ishlar mazmuni va tavsifiga ko’ra ikki bosqichga bo’linadi:

    - zamonaviy, yangi, takomillashgan geodezik asboblardan foydalanib, geodezik dala
    o’lchash ishlarini bajarish;
    - o’lchash natijalarini hisoblab chiqish, plan va kartalarni grafik tuzish hamda
    rasmiylashtirish. Mamlakatimizda qishloq xo’jaligini rivojlantirishda planli-kartografik mahsulotlar katta hamiyatga ega bo’lib, yer tuzish tashkilotlari yerdan oqilona foydalanish masalalarini yechishda ulardan keng foydalanadi. Barcha yer toifalarining doimiy hisobini olib borish, yer tuzish loyihalarini ishlab chiqish, yerdan foydalanish hamda almashlab ekish dalalari chegaralarini belgilash, aholi turar joylari, yo’llar, sug’orish tarmoqlari va boshqalarni joylashtirishda plan hamda kartalar asos bo’lib xizmat qiladi. Yerlarni sug’orish va ularning zaxini qochirish, tuproq eroziyasiga qarshi kurash tadbirlarini va boshqa shu kabi masalalarni planli-kartografik hujjatlar yordamida amalga oshiriladi. Agrotexnik qoidalarga oid ko’p masalalarni yechish uchun ham tuproq, relef, o’simlik qoplami, suv havzalari tasvirlangan planli-kartografik hujjatlar bo’lishi lozim. Planli-kartografik hujjatlar mamlakat mudofaasi uchun ham zarur. Shuning uchun geodeziya fanini chuqurroq o’rganish natijasida oliy, amaliy va kosmik geodeziya kabi sohalar muhim ahamiyatga ega.


    1. Download 155.98 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling