Fanning ishchi o‘quv dasturi namunaviy o‘quv, ishchi o‘quv reja va o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi


Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma


Download 234.5 Kb.
bet4/14
Sana29.08.2023
Hajmi234.5 Kb.
#1671270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
«NUTQ MADANIYATI VA MUTOLAA SAN’ATI »

Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

«Nutq madaniyati va mutolaa san’ati» fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, 3-semestrda o‘qitiladi. «Nutq madaniyati va mutolaa san’ati» dasturini amalga oshirish o‘quv rejasida keltirilgan «Tilshunoslik va tabiiy fanlar», «Sotsiolingvistika», «Tilshunoslik nazariyasi», «Falsafa», «Psixologiya» fanlarida o‘rganiladigan muammolar borasida yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab etadi.


Asosiy qism sifatiga qo‘yiladigan talab mavzularning dolzarbligi, ularning ish beruvchilar talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy va demokratik o‘zgarishlar, iqtisodiyotni erkinlashtirish, iqtisodiy-huquqiy va boshqa sohalardagi islohotlarning ustuvor masalalarini qamrab olishi hamda fan va texnologiyaning so‘nggi yutuqlari e’tiborga olinishi tavsiya etiladi.


Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Fanning asosiy maqsadi bo’lajak mutaxassislarga madaniy nutq haqida to’la tasavvur berish, ularda adabiy nutq malakalarini shakllantirishdan iborat.
Mazkur maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar hal etiladi: nutq madaniyatini o’rganish tarixiga oid ma’lumotlar berish; madaniy nutq, unga qo’yiladigan talablar haqida to’la ma’lumot berish; nutqning asosiy sifatlari (to’g’riligi, mantiqiyligi, aniqligi, sofligi, ta’sirchanligi) to’g’risida ma’lumot beish; olingan nazariy bilimlar asosida adabiy nutq malakalarini shakllantirish


Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
«Nutq madaniyati va mutolaa san’ati» fanini o‘zlashtirishda o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Dasturda ko‘rsatilgan mavzular ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, seminar mashg‘ulotlari shaklida olib boriladi, shuningdek, fanning dolzarb masalalari talabalarga mustaqil ta’lim sifatida o‘zlashtirish uchun beriladi. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, texnik vositalardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari zamonaviy pedagogik texnologiyaning «Klaster», «Bumerang», «Keys-stadi», «Matbuot konferetsiyasi» singari metodlari orqali hamda slaydlar, multimedia namoyishlari bilan o‘tkaziladi.



Download 234.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling